LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq hamda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy-ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 27-son, 283-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 305-modda)
Tibbiy tekshirishdan qayta o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan nogironlik guruhi belgilanadigan kasalliklar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
bir oy muddatda tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tuzilmasini va uni boshqarish mexanizmini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularda nogironlar bilan ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi vrachlariga malaka toifasi berish (ularni tasdiqlash) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiya o‘tkazilishini tashkil etsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari” to‘g‘risida 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) hamda mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 23-iyundagi 317-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 6-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda qarorga 1-ilovasi;
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining respublikada tibbiy-mehnat ekspertizasi sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Moliya vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiyaning moddiy-texnika ta’minoti budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari Inspeksiya xodimlariga joriy etiladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi va mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga, boshqa muhrlar va shtamplarga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlikning guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlash;
ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirish natijalarini doimiy ravishda o‘rganish asosida nogironlikning holatini, o‘zgarishini va nogironlikka olib kelgan omillarni tizimli tahlil qilish;
nogironlikning oldini olish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha reabilitatsiya va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish;
TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya etish bo‘yicha malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilish, tasarrufidagi TMEKlarga TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida uslubiy yordam ko‘rsatish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq nogiron deb hisoblash maqsadida fuqarolarni tibbiy tekshirish uchun barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi;
hayot faoliyati cheklanganligini, mehnatga layoqatning yo‘qolgani darajasini, ijtimoiy himoya choralariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashni tashkil etadi;
nogironlikning holati va sabablarini tizimli tahlil qiladi, nogironlikka olib kelgan omillarni o‘rganishda ishtirok etadi hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga nogironlikning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
nogironlik ko‘rsatkichlari, fuqarolarni tibbiy tekshirish va qayta tekshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi;
TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
TMEK vrachlariga malaka toifalarini berish (tasdiqlash) yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
TMEKlarni joylashtirish, ularni zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashni tashkil etadi, shuningdek qat’iy hisobda turadigan blankalar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga TMEKlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
7. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy, malakali reabilitatsiya qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga kiritish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida tarkibiy bo‘linmalari tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatlari rahbarlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tavsiyanomalar berish, ularni amalga oshirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
o‘z vakolatlari doirasida tegishli vazirliklar va idoralardan Inspeksiya faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
TMEKda tekshiruvdan o‘tgan shaxslarni, shuningdek xulosasi barcha darajadagi TMEK qarorlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladigan bosh TMEK qaroridan norozi bo‘lgan shaxslarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish uchun komissiyalar, zaruriyat bo‘lganda esa maxsus komissiyalar tashkil etish;
nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish sohasidagi muammolarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
fuqarolarning nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish.
8. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Inspeksiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Inspeksiya boshlig‘ining bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Boshliq o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaxsan javob beradi;
o‘z vakolatlari doirasida TMEK xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktoriga tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlari raislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli bosh TMEK raisi taqdimnomasiga binoan bosh TMEK vrach-ekspertlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga TMEKlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tizimidagi mustaqil tarkibiy bo‘linmalar hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish Respublika inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosalari kollegial, TMEK a’zolarining mutlaq ko‘pchilik ovoz berishi asosida qabul qilinadi hamda uning tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. TMEKlarning moddiy-texnika ta’minoti budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
bosh TMEK raislari va ularning o‘rinbosarlariga — sog‘liqni saqlash muassasalari III tipi rahbar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari bo‘yicha;
vrachlar va boshqa tibbiyot xodimlariga — sog‘liqni saqlash muassasalari I guruhiga mansub xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari bo‘yicha;
qolgan xodimlarga — davlat boshqaruvi organlari tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
8. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuridik shaxs hisoblanadi hamda mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va o‘z nomi yozilgan shtampga ega bo‘ladi.
9. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar va fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida hayot faoliyatining cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlik guruhini, sabablarini, uning boshlangan vaqtini va nogironlik muddatlarini, mehnatga layoqatning yo‘qolishi foizini belgilash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarishga ko‘maklashish hamda nogironning hayot faoliyatini yoki organizmi funksiyalarini to‘liq yoki qisman tiklash, nogironlik guruhini pasaytirish yoki barqarorlashtirish asosida ushbu tadbirlarning samaradorligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironlikning holatini, o‘zgarishini va unga sabab bo‘lgan omillarni tizimli tahlil qilish, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-mehnat ekspertiza, reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEK ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, ularga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish, TMEK faoliyatining yangi metodlari va shakllarini joriy etish;
tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEKlarga va davolash-profilaktika muasssasalariga tibbiy-mehnat ekspertizasi, shu jumladan TMEK yo‘llanmasi bo‘yicha nogironlar va bemorlarni maslahat tekshiruvidan o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahat yordami ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati vrachlari va xodimlarini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoyat sodir etganlikda shubhalanilayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, jazoga hukm qilingan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularni malaka toifasiga loyiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni va o‘z vaqtida malaka oshirini tashkil etish;
TMEKlarni joylashtirishni tashkil etish, zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlash, hujjatlar blankalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar, tumanlararo, shaharlar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarning nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga va harakatlanish vositalariga muhtojligi bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
tumanlar, tumanlararo, shaharlar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarning yuqori darajada reabilitatsiyaga muhtoj nogironlar kontingentini aniqlash va nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini belgilangan tartibda to‘g‘ri ishlab chiqish masalalari bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
TMEKning Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, tumanlar (shaharlar) Bandlikka va aholini ijtimoiy muhofaza qilishga ko‘maklashish markazlari, shuningdek ish beruvchilar bilan birgalikdagi ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, nogironlarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturlarining bajarilishi ahvolini belgilangan tartibda kuzatib borish;
(11-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
nogironlikning ahvoli va sabablarini tahlil qilish, davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlikning oldini olish va nogironlikni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va ularning bajarilishini nazorat qilishda qatnashish, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sog‘liqni saqlash organlariga nogironlikning dolzarb masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborotlar taqdim etish;
davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish;
mintaqadagi TMEK faoliyati, nogironlikning ahvoli va sabablari to‘g‘risida Inspeksiyaga o‘z vaqtida hisobotlar taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
fuqarolarning hayot faoliyati cheklanganligini, uning vaqtinchalik yoki barqaror yo‘qotilganligini, nogironlikning boshlangan vaqti va nogironlik muddatlarini ekspertiza qilish;
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan yoki sog‘lig‘i boshqacha tarzda shikastlangan xodimlarning kasbi bo‘yicha mehnatga layoqatini yo‘qotganlik darajasini va qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligini aniqlash;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga, reabilitatsiyaning texnik vositalariga muhtojligini aniqlash;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish, reabilitatsiya tadbirlarining turlari, shakllari, muddatlari va hajmlarini belgilash, davolash-profilaktika muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda dasturlarning bajarilishi holatini kuzatish, o‘tkazilgan reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini aniqlash;
nogironlarning sog‘lig‘i holatiga hamda imkoniyatlariga muvofiq bo‘lgan aniq mutaxassisliklar va kasblarni ko‘rsatgan holda ularni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyanomalar berish;
xizmat ko‘rsatiladigan hududda nogironlikning ahvoli va o‘sishini o‘rganish va bosh TMEKga tegishli ma’lumotlar taqdim etish;
nogironlikka sabab bo‘layotgan omillarni o‘rganishda va nogironlikning oldini olish kompleks dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
aholi o‘rtasida tibbiy-mehnat ekspertizasi, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish.
13. Bosh TMEKlar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar ishini, shu jumladan tekshirilganlarning barcha tibbiy-ekspert hujjatlarini, zarurat bo‘lganda, nogiron deb e’tirof etilgan shaxslarni shaxsan tekshirish uchun chaqirgan holda tekshirish yo‘li bilan ekspert xulosalari sifati va asoslanganligini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish, ularni amalga oshirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
zarurat bo‘lganda, sog‘liqni saqlash organlari vakillari bilan birgalikda davlat profilaktika muassasalari tomonidan berilgan tibbiyot hujjatlarining asoslanganligini tekshirish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
tekshirilgan shaxslar tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar qaroridan norozi bo‘lgan hollarda takroriy tekshiruv o‘tkazish, ularning qarorlarini belgilangan tartibda o‘zgartirish va bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
bosh TMEKning qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun xulosasi asos hisoblanadigan bosh TMEK qaroriga rozi bo‘lishmagan hollarda shaxslarni maxsus tashkil etilgan komissiyalarda qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazish;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
14. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davolash-profilaktika muassasalaridan, mehnat va aholini muhofaza qilish organlaridan, ish beruvchilardan TMEK ishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shu jumladan tekshiruvdan o‘tayotgan shaxslarning mehnati xarakteri va shart-sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
davolash-profilaktika muassasalaridan TMEKga taqdim etilgan tibbiy hujjatlarning sifatli rasmiylashtirilishini talab qilish, ularning xolisonaligini va haqqoniyligini tekshirish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
klinikada ekspert tashxis qo‘yishga, birkitilgan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan tekshiriluvchilarni Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga, mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
ish beruvchilarga nogironlikning oldini olish va nogironlarni ishga oqilona joylashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish;
bosh TMEKga TMEKlar ishini yaxshilash, nogironlikning oldini olish va nogironlarni ishga oqilona joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
15. TMEK raisi va vrachlari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shu jumladan ekspert xulosalarining sifati va asoslanganligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
16. TMEKni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi lavozimiga tibbiy-mehnat ekspertizasi bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan vrach tayinlanadi.
18. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari va ularning o‘rinbosarlari Inspeksiya taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi taqdimnomasiga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
22. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibi 4 nafar vrach-terapevt, xirurg va nevropatologdan iborat tarkibda tashkil etiladi, to‘rtinchi vrachning mutaxassisligi mintaqaviy xususiyatlarni, kasallanish va nogironlik tarkibini hisobga olgan holda belgilanadi. Zaruriyat bo‘lganda to‘rtinchi vrach o‘rniga psixolog, sotsiolog va boshqa mutaxassislar kiritilishi mumkin. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibida ishlash uchun mehnatga soatbay haq to‘lagan holda tibbiy, texnik masalalar va boshqa masalalar bo‘yicha maslahatchilar jalb etilishi mumkin. Vrachlardan biri bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibining raisi etib tayinlanadi.
23. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi uch nafar vrachdan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibiga terapevt, xirurg, nevropatolog kiradi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibiga ikki nafar vrach kiradi, ularning mutaxassisligi TMEK yo‘nalishiga muvofiq bo‘lishi kerak, uchinchi a’zo etib terapevt yoki nevropatolog tayinlanadi.
TMEK raisi etib uch vrachdan biri, ixtisoslashtirilgan TMEK raisi etib mutaxassisligi TMEK yo‘nalishiga muvofiq bo‘lgan ikki vrachdan biri tayinlanadi.
24. Barcha darajalardagi TMEKda ishlash uchun mutaxassisligi bo‘yicha ish staji 3 yildan kam bo‘lmagan vrachlar jalb qilinadi.
25. TMEK vrachlari mutaxassisligi va tibbiy-mehnat ekspertizasi bo‘yicha kamida besh yilda bir marta malaka oshirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
26. TMEKlar majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalari, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
27. TMEK faoliyatini muvofiqlashtirish va tibbiy-mehnat ekspertizasi sifatini yaxshilash maqsadida bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasida ekspert-metodik kengash tashkil etiladi.
Ekspert-metodik kengashga bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi boshchilik qiladi, barcha vrachlar — TMEK ekspertlari kengash a’zolari hisoblanadi. Ekspert-metodik kengash har oyda majlis o‘tkazadi, o‘tgan oyda amalga oshirilgan ishlar tahlili masalalarini muhokama qiladi, metodik tavsiyalar ishlab chiqadi, tibbiy-mehnat ekspertizasining dolzarb mavzulari bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.
28. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o‘z faoliyatini Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan rejalar va jadvallar bo‘yicha amalga oshiradi. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o‘z faoliyatini tegishli bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan rejalar va jadvallar bo‘yicha amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 27-son, 283-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 305-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 305-modda)
1. III bosqich gipertonik kasallik (markaziy asab tizimi, ko‘z tubi, yurak, buyrak mushagi tomonidan organik o‘zgarishlar).
2. Mioakard infarktini boshdan kechirgan shaxslarda keskin ifodalangan, yurak mushagi ancha o‘zgargan va III bosqich qon aylanishi buzilgan yurak (koranar) yetishmovchiligi.
3. III bosqich qon aylanishi barqaror buzilganda yurak nuqsoni (so‘l atrioventrikulyar yoriq torayishi, aortal qopqoqchalar nuqsoni, kombinatsiyalashgan nuqsonlar).
4. Barqaror III bosqich nafas yetishmovchiligi va yurak yetishmovchiligi bilan birga kechadigan surunkali o‘pka kasalliklari.
5. Barqaror ifodalangan buyrak yetishmovchiligida surunkali nefrit (shish, izostenuriya, arterial bosim oshishi, ko‘z tubining o‘zgarishi, qonning qoldiq azoti oshishi).
7. Qandli diabet — atsetonuriya va komatoz holatga moyillikdagi og‘ir shakli. Itsenko-Kushengo kasalligi (AKTGga bog‘liqlik).
1. Xotira va psixikadagi buzilishlar aniq ifodalangan sharoitda III bosqich bosh miya tomirlari aterosklerozi.
2. Keng suyak nuqsoni yoki miya moddasidagi o‘zga tana holatida bosh miyaning jarohatli shikastlanishi oqibatlari.
3. Orqa miyaning progressiv va neoperabel o‘smasi bilan aniq ifodalangan funksional buzilishlar bilan birga bosh miyaning neoperabel o‘smalari.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bolalar tserebral falaji, nasliy-degenerativ kasalliklarning og‘ir oqibatlari, yaqqol ifodalangan qo‘pol gemisindrom, total hamda harakatlanish, sensor va oliy po‘stloq funksiyalari buzilishi (apraksiya, agnoziya, demensiya) kabi barqaror turg‘un asoratlarga ega bo‘lgan ikki yildan ortiq davom etgan bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari hamda og‘ir jarohatlarda.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yaqqol ifodalangan harakatlanish, po‘stloq osti, miyacha va statodinamik buzilishlar bosqichidagi markaziy asab tizimining surunkali kuchayib boruvchi kasalliklari.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 1, 3 va 4.2-bandlarda ko‘rsatilgan kasalliklar holatida nogironlikning birinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilmasdan belgilanadi. 4.1-banddagi kasalliklar holatida nogironlikning ikkinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilmasdan belgilanadi. Muddatning uzoqligi ushbu funksional yetishmovchilik aniqlangan paytdan boshlab hisoblanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 27-son, 283-modda)
1. Organning bir qismi yoki juftli organlarning biri olib tashlangandan keyingi holat: operatsiya yo‘li bilan olib tashlangandan keyin hiqildoq bo‘lmasligi, qizilo‘ngach operatsiya yo‘li bilan olib tashlangandan keyin pulmonektomiya, nefrektomiya, 1/2 rezeksiyadan keyin va ingichka ichak qismi total oshqozon rezeksiyasi, yo‘g‘on ichak gemikolektomiyasi, to‘g‘ri ichakning total ekstirpatsiyasi (organlar va tizimlar funksiyasi buzilishi aniq ifodalanganda).
2. Qo‘l nuqsonlari va deformatsiyasi: yelka cho‘ltoqligi, bilak cho‘ltoqligi, panja yo‘qligi; yelkaning yoki bilakning har ikki suyagi soxta bo‘g‘imi; 60 gradusdan kam yoki 150 gradusdan ortiq burchakli funksional noqulay holatda yoki bilakning so‘ng darajadagi pronatsiya yoki so‘ng darajadagi supinatsiyasi qayd etilganda tirsak tomirining keskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankilozi; rezeksiyadan keyin shalvirab turgan yelka yoki tirsak tomiri; birinchi barmoqdan tashqari panjaning to‘rtta barmog‘i barcha suyaklari yo‘qligi; panjaning uch barmog‘i yo‘qligi, birinchisi bunga kirmaydi; funksional noqulay holatda ushbu barmoqlarning ankilozi yoki keskin ifodalangan kontrakturasi; birinchi va ikkinchi barmoqlarning yoki har ikki panja uch barmog‘ining yo‘qligi.
3. Oyoq nuqsonlari va deformatsiyasi: turli darajalarda bel yoki boldir cho‘ltoqligi; suyak-plastik amputatsiyadan keyin oyoq panjasi cho‘ltoqligi (Pirogov tipi); Lisfrank tomiri darajasida nuqsonli cho‘ltoqlik; oyoq panjasining nuqsonli holati hamda yurish va turish funksiyalari ancha buzilgan holda boldir panjasi tomirining keskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankelozi; belning yoki boldirning har ikki suyagining soxta bo‘g‘imi; rezeksiyadan keyin shalviragan tizza yoki tos-bel tomiri; tos-bel tomirining keskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankelozi; 180 gradusdan kam burchakli yoki tomir rezeksiyasidan keyin oyoqning 7 santimetrdan kamga qisqarishining funksional jihatdan noqulay holatda tizza tomirining ankelozi.
5. Davolashga qaramay bartaraf etib bo‘lmaydigan oqma: najas, siydik natijasida vujudga keluvchi ifloslik.
7. O‘tkazilgan operatsiya oqibatlari munosabati bilan ko‘krak qafasi deformatsiyasi — nafas olish yetishmovchiligi holatida beshta yoki undan ortiq qovurg‘a rezeksiyasi.
8. IV darajali xavfli o‘sma metastazlar va (yoki) retsidivlar mavjud bo‘lganda xavfli inkurabel o‘smalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: 4, 6, 7 va 9-bandlarda ko‘rsatilgan kasalliklar holatida nogiron ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin nogironlikning faqat uchinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilmasdan belgilanadi. Shikastlanishning og‘irroq shakllarida va kombinatsiyali (ko‘p sonli) shikastlanishlarda nogironlik guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda belgilanadi. 8-bandda ko‘rsatilgan kasalliklar holatida birinchi va ikkinchi guruh nogironlik ikki yil mobaynida nogiron TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin belgilanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 27-son, 283-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)
1. Har ikki ko‘zning to‘liq ko‘rligi, har ikki ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi pasayishi va eng yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,03 gacha korreksiya yoki barqaror va tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar natijasida har ikki ko‘zning ko‘rish maydoni 10 gradusgacha konsentrik torayishi.
2. Bir ko‘zning to‘liq ko‘rmasligi, korregirlash mumkin bo‘lmaganda bir ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi 0,02 gacha pasayishi yoki ko‘rish maydonining 5 gradusgacha torayishi.
Agar ushbu Ro‘yxatga muvofiq belgilangan, qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilmagan nogironlik guruhi qo‘shilgan boshqa kasalliklar munosabati bilan oshsa, qayta tibbiy tekshirishdan o‘tish Fuqarolarni TMEKda tibbiy tekshirishdan o‘tkazish va nogironlikni belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan muddatga tayinlanadi.
2. Keyingi 5 yil va undan ortiq yil mobaynida nogironlikning I yoki II guruhi belgilangan, 5 yil mobaynida DPMda to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tgan, reabilitatsiya dasturlari bajarilgan, shuningdek reabilitatsiyaning barcha turlari istiqbolsiz bo‘lgan, tiklab bo‘lmaydigan anatomik-funksional buzilishlar yoki zo‘rayuvchi kasalliklarga duchor bo‘lgan nogironlarga.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablardan hech bo‘lmasa biri bajarilmaganda, shu jumladan bemor reabilitatsiya, davolash yoki operatsiyani, o‘qishni rad etgan taqdirda nogironlik guruhi muddatsiz belgilanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oxirgi 7 yil mobaynida nogironlik guruhi o‘zgarmagan va ko‘rsatib o‘tilgan davr mobaynida davolash-profilaktika muassasalarida to‘laqonli dispanserizatsiyadan o‘tgan, reabilitatsiya qilish individual dasturining barcha bandlari bajarilgan hamda keyingi reabilitatsiya tadbirlarining barcha turlarining o‘tkazilishi istiqbolsiz bo‘lgan III guruh nogironlariga.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablardan hatto birortasi bajarilmagan taqdirda ham muddatsiz nogironlik belgilanmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 387-modda)