Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.07.2008 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish, uning subyektlarini institutsional jihatdan mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ularning faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining 2011-yildan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi institutlari faoliyatini va ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishni, hisobga olish tizimini soddalashtirishni, shuningdek qimmatli qogʻozlarga oid bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatishni takomillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining dasturiy-texnik taʼminotini birxillashtirish va standartlashtirishni, elektron hujjat aylanishini keng koʻlamda joriy etishni va undan foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarga oid operatsiyalarda, shu jumladan qimmatli qogʻozlarning plastik kartochkalardan foydalangan holda oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirokini soddalashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni taʼminlaydigan Qimmatli qogʻozlar bozorining Yagona dasturiy taʼminot kompleksini (keyingi oʻrinlarda matnda Yagona dasturiy taʼminot kompleksi deb yuritiladi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Qimmatli qogʻozlar markaziy davlat depozitariysi, “Toshkent” respublika fond birjasi va “Elsis-kliring” hisob-kitob-kliring palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda, ishlab chiqish va joriy etishning bosqichliligini, uning sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini taʼminlash chora-tadbirlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorida ilgʻor axborot texnologiyalarini qoʻllash sohasida mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutuvchi Yagona dasturiy taʼminot kompleksini joriy etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar markaziy davlat depozitariysi Yagona dasturiy taʼminot kompleksini ishlab chiqish va joriy etishning muvofiqlashtiruvchisi va buyurtmachisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona dasturiy taʼminot kompleksi Qimmatli qogʻozlar markaziy davlat depozitariysi, “Toshkent” respublika fond birjasi, “Elsis-kliring” hisob-kitob-kliring palatasi, ikkinchi daraja depozitariylari hamda qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa manfaatdor professional ishtirokchilarining oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobiga ishlab chiqiladi va joriy etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona dasturiy taʼminot kompleksini ishlab chiqish va joriy etish uchun mablagʻlar qimmatli qogʻozlar bozorining manfaatdor tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi doirasida Qimmatli qogʻozlar markaziy davlat depozitariysi tomonidan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Yagona dasturiy taʼminot kompleksining oʻz vaqtida joriy etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Toshkent” respublika fond birjasi aksiyadorlarining uning ustav fondini 1 mlrd. soʻmgacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklariga qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni xarid qilish yoʻli orqali “Toshkent” respublika fond birjasi ustav fondini koʻpaytirishda belgilangan tartibda ishtirok etish tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, ushbu birjaning ustav fondidagi davlat ulushini 26 foizgacha yetkazgan holda, qoʻshimcha ravishda chiqarilgan aksiyalarni ishtirokchi aksiyadorlar uchun joylashtirish narxidan oshmaydigan narx boʻyicha xarid qilish yoʻli bilan “Toshkent” respublika fond birjasi ustav fondini koʻpaytirishda ishtirok etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi investitsiya institutlari birlashmalari, “Toshkent” respublika fond birjasi hamda reyting agentlari bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori amaliyotiga qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlarini reyting baholash hamda uni keng targʻib qilish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi moliya-iqtisodiyot, huquqshunoslik ixtisosliklari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga qimmatli qogʻozlar va korporativ boshqaruv boʻlimlari kiritilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlari tizimi toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarini ichki nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 28-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2012-y., 21-son, 230-modda)