Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 08.07.2008 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUGʻDOY, UN, GURUCH VA NON-BULKA MAHSULOTLARINI OLIB CHIQIB KETISH HOLLARI USTIDAN NAZORATNI KUCHAYTIRISH VA ULARNING OLDINI OLISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat mahsulotlarining muhim turlari bilan barqaror va kafolatli taʼminlashga yoʻnaltirilgan shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tekshirishlar bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish taqiqlanishiga qaramasdan, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketishga urinish hollari mavjudligini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan olib chiqib ketish hollari ustidan nazorat va ularning oldini olish zarur darajada taʼminlanmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish ustidan nazoratni kuchaytirish va oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son Farmoni talablarining soʻzsiz bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralari boʻyicha joylashgan chegara yonidagi temir yoʻllar va avtomobil oʻtish joylari hamda aylanma yoʻllar orqali bugʻdoy, un, guruch, ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish hollarini bartaraf etish va ularning oldini olish yuzasidan qattiq tezkor chora-tadbirlar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish holatlarini bartaraf etish boʻyicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har oʻn kunda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketishga uringan shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketayotgan shaxslarni oʻz vaqtida qatʼiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga soʻzsiz rioya qilinishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari radio, televideniye va matbuotda respublika tashqarisiga oziq-ovqat tovarlarining muhim turlarini olib chiqib ketishga urinish hollari fosh qilinishini har tomonlama yoritsinlar hamda bugʻdoy, un, guruch va ayniqsa non-bulka mahsulotlarini respublika tashqarisiga olib chiqib ketganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 8-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 271-modda; 2017-y., 28-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)