1-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi”;
2) 9-modda ikkinchi qismining “z” bandidagi “harbiy” degan so‘z “davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 16-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgarlikka tortiladilar” degan so‘zlar “belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qo‘nishi, jo‘nashi va shu sath bo‘ylab harakatlanishi uchun to‘liq yoki qisman mo‘ljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb e’tirof etiladi”;
“Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiq bo‘lsa, aerodromdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi”;
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini ko‘plab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”;
“Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq bo‘lsa, foydalanishga qo‘yiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari va havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin.
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq bo‘lgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati amalga oshiradi.
Davlat havo kemalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi”;
Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatdir.
Havo kemasi turining sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin”;
“Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb e’tirof etiladi”;
ikkinchi qismidagi “guvohnomasi” va “guvohnomani” degan so‘zlar tegishincha “sertifikati” va “sertifikatni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi yoki ekspluatant sertifikati olib qo‘yilishi mumkin. Ekspluatant sertifikatini boshqa shaxsga berish mumkin emas”;
Xorijiy davlat tomonidan berilgan ekspluatant sertifikati yoki unga o‘xshash hujjat O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etilishi mumkin”;
“Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga yoxud ekspluatant sertifikatining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga yoki uni olib qo‘yishga haqli.
Havo kemasi ekspluatanti ekspluatant sertifikatining amal qilishini to‘xtatish yoki uni olib qo‘yish haqidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishga haqlidir”;
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga ko‘ra beriladigan va mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi”;
ikkinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik ta’minlash qo‘llanmasiga” degan so‘zlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Havo kemalarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi”;
15) 63-modda ikkinchi qismining “b” bandidagi “parvozga yaroqliligi to‘g‘risida guvohnoma (sertifikat)” degan so‘zlar “uchishga yaroqlilik sertifikati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 66-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga” degan so‘zlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 71-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan so‘zlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 73-moddadagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan so‘zlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi”;
“Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
21) 93-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar” degan so‘zlar “belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ichki hamda xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha havo transportida tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat uchun hamda aviatsiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
“Ichki hamda xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga, aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha havo transportida tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga hamda aviatsiya ishlarini bajarishga doir litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“Chipta va qo‘l yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qog‘ozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi”;
“Tashuvchi xavfsizlikni ta’minlash yoxud parvoz boshlanayotgan, qo‘nish, tranzit yoki uchib o‘tish mo‘ljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib, yo‘lovchi va qo‘l yuki, pochta va yuk tashish shartnomasini bekor qilishi mumkin”;
“Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qo‘llash, yig‘imlar to‘lash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
“Portlovchi moddalar, qurollar, o‘q-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa xavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi”;
“Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘l yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan e’tiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yo‘qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi”;
nomidagi va birinchi qismidagi “Tijorat hujjatlari”, “tijorat hujjati”, “Tijorat hujjati” degan so‘zlar tegishincha “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnomalar”, “havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma”, “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, og‘irligi yoki yuk va pochtaning o‘rinlari soni tashish hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga nomuvofiq bo‘lganida;
d) hujjatsiz yuk, qo‘l yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qo‘l yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida”;
“Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yo‘lovchini va qo‘l yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning yo‘qligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sog‘lig‘ining holati tashuvchiga nisbatan talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘atish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplatish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar talab qo‘yishi yoki da’vo qo‘zg‘atishi mumkin”;
O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan havo kemalaridan yoki O‘zbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi”.
LexUZ sharhi