O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1823-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi bo‘yicha 2008-yil 2-iyundagi xulosaga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son va “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2008-yil 28-apreldagi 33/383-son va 2008-yil 16-maydagi 33/464-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 16-noyabrda 537-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sanitariya militsiyasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga mazkur hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Xasanov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyun,
134-mh-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 234-modda)