Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 17.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1794
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 17.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1794
Дата вступления в силу
27.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 27.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUPER ELITA, ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK GʻALLA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 290-sonli qaroriga asosan buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2008-yil 22-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-son

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklarga super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tumanda urugʻlik gʻalla yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻalla navlari va kutiladigan urugʻlik gʻalla hajmlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti, tuman davurugʻnazorat boʻlimi, tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, tuman davlat texnika nazorati boʻlimi va tumanda joylashgan don mahsuloti korxonasi hamda boshqa tegishli tashkilot rahbar mutaxassislari kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tender tanlovi har yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida fuqarolar tanishish imkoni qulay boʻlgan joylarga qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati hamda tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin tanlov oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tanlovda gʻalla yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ishtirok etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan jadval boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tanlov yakunlari boʻyicha Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Urugʻlik gʻalla yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi talabgorlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Talabgorlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya suvli va lalmi yerlar boʻyicha muayyan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlovda ishtirok etuvchilarni arizalari toʻliqligi va mazmuni jihatidan birinchi bosqichda tekshirilgandan soʻng, ikkinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyatlari asoslanganligi oʻrganib chiqilib, reyting ballari qoʻyiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichi quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yer maydonlari suvli yerlarda 10 gektardan, lalmi yerlarda 20 gektardan kam boʻlmasligi hamda xoʻjaliklarning yer unumdorligi (tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumoti)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) suvli yerlarda xoʻjaliklarning suv taʼminoti (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotlari)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi (lalmi yerlarda bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerlarning shoʻrlanganlik darajasi gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi maʼlumotlari boʻyicha hamda suv yoʻllariga mosligi, sizot suvlarning joylashuvi (lalmi yerlarda bundan mustasno), ilmiy asoslangan xulosaga koʻra, tuzilgan agroximkartogramma asosida kelgusida tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliyni hisobga olib, yaqin yillarda sarflanadigan mineral oʻgʻitlar talabi boʻyicha maʼlumotnomasi nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi 3 yilda gʻalla kasalliklari va zararkunandalariga chalinmaganligi va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) talabgorning mutaxassisligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, shahodatnoma, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari taʼlim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning maʼlumoti (oliy yoki oʻrta maxsus)dan qatʼi nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega boʻlgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha mutaxassislik boʻyicha maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat urugʻchilik sohasida oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank boshqaruvchisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) talabgor soʻnggi uch yilda gʻalla sotish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumot asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan suvli va lalmi yerlar uchun mazkur Nizomning 2-3-ilovalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Eng koʻp ball toʻplagan talabgorlar tanlov gʻoliblari deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tanlovga talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) komissiyaning har bir ariza boʻyicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan, asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarning toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlgan fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar qaysi navdan necha gektar ekishi va qancha hajmda urugʻlik yetishtirishi viloyat hokimining kelgusi yil hosili uchun talab etiladigan urugʻlik tayyorlash hajmlari va navlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan belgilab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) asosiy vazifalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ehtiyojini qondirish uchun navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik, texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlarni yetishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻliklarni yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
urugʻlik maydonlari yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
almashib ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzadi va ularning hisobini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir gektar superelita urugʻi ekilgan maydonga, elita va keyingi avlodli urugʻlar ekilgan maydonga bir mutaxassis hisobida bittadan yuqori malakali urugʻchi-mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlik maydonlarini ixcham qilib joylashtiradi, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga ruxsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urugʻlarni ekadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigi va oʻtogʻini eng kamida ikki marta oʻtkazishni tashkillashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilgan holda xoʻjaliklar oʻrnatilgan tartibda urugʻlik yetkazish huquqidan mahrum etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-mart

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. QUDRATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvli va lalmi yerlarda super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish
JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Suvli yerlar tanlovida ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Baholash mezonlari ‎ Reyting koʻrsatkichlari ‎ Reyting ballari‎ Taqdim etiladigan hujjatlar‎
1.‎‏ Ekin maydoni holati‎‏ 60 ball bonitetdan yuqori 10 ball Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti‎‏
‎50 dan 60 gacha ‎ ‎8 ball‎
‎40 dan 50 gacha‎‎ ‎4 ball‎‎
2. Suv taʼminoti‎‏ Yaxshi 10 ball Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining maʼlumoti‎‏
‎Oʻrta ‎ ‎8 ball‎
‎Yomon‎‎ ‎1 ball‎‎
3.‎‏ Shoʻrlanganlik darajasi Kuchli shoʻrlangan 1-2 % 1 ball Gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasining maʼlumotlari ‎‏
‎Oʻrta shoʻrlangan 0,5—1,0 %‎ ‎ ‎6 ball ‎
‎Kam shoʻrlangan 0,3—0,5 % ‎ ‎8 bal ‎
Shoʻrlanmagan ‎ ‎10 ball‎‎
4.‎‏ Talabgorning mutaxassisligi‎‏ Agronom, 10 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‏
iqtisodchi, ‎
‎yurist, injener, ‎
‎9 ball‎ ‎
hisobchi, mexanik, ‎ ‎8 ball ‎
zootexnik, veterinar,‎ ‎7 ball ‎
boshqa mutaxassis ‎ ‎5 ball‎‎
5.‎‏ Talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish staji‎‏ 15 yil va undan yuqori 10 ball Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‏
‎10 yildan 15 yilgacha‎ ‎9 ball‎
‎5 yildan 10 yilgacha ‎ ‎8 ball‎
‎3 yildan 5 yilgacha ‎ ‎7 ball‎
‎1 yildan 3 yilgacha‎‎ ‎6 ball‎‎
6.‎‏ Talabgorning maʼlumoti‎‏ Oliy 10 ball Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
‎Oʻrta maxsus ‎ ‎7 ball‎
‎Oʻrta ‎‎ ‎5 ball‎‎
7.‎‏ Talabgor hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki‎‏ 10 mln. soʻmdan yuqori 10 ball Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat
5 mln. — 10 mln. soʻmgacha‎ ‎8 ball ‎
‎1 mln. — 5 mln. soʻmgacha‎ ‎6 ball‎
‎500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha‎‎ ‎4 ball‎‎
8.‎‏‏ Talabgorga tegishli yaroqli texnika‎‏ Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi 10 ball Texnik pasport‎‏
‎Ekish seyalkasi‎ ‎9 ball‎
‎Transport traktori‎ ‎8 ball ‎
‎Yuk mashinasi ‎ ‎2 ball‎
‎Yengil mashinasi ‎ ‎1 ball ‎
‎Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi‎‎ ‎1 ball‎‎
9.‎‏ Talabgorning soʻnggi uch yil davomida gʻalla sotish boʻyicha shartnomalarning bajarishi‎‏ 3 yil surunkali bajarganda 10 ball Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma‎‏
‎3 yildan 2 yil bajarganda‎ ‎8 ball‎
‎3 yildan 1 yil bajarganda‎‎ ‎6 ball‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Lalmi yerlar tanlovida ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Baholash mezonlari ‎ Reyting koʻrsatkichlari ‎ Reyting ballari‎ Taqdim etiladigan hujjatlar‎
1.‎‏ Ekin maydoni holati‎‏ 40 balldan yuqori‎ 10 ball‎ Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti‎‏
30 dan 40 gacha‎ 8 ball‎
20 dan 30 gacha‎ 4 ball‎
2.‎‏ Talabgorning mutaxassisligi‎‏ Agronom, 10 ball Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‏
iqtisodchi,
‎yurist, injener,‎
‎9 ball‎
hisobchi, mexanik, ‎ ‎8 ball‎
zootexnik, veterinar,‎ ‎7 ball‎
boshqa mutaxassis ‎ ‎5 ball‎‎
3.‎‏ Talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish staji 15 yil va undan yuqori‎ 10 ball‎ Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
10 yildan 15 yilgacha‎ 9 ball‎
5 yildan 10 yilgacha‎ 8 ball‎
3 yildan 5 yilgacha‎ 7 ball‎
1 yildan 3 yilgacha‎ 6 ball‎
4.‎‏ Talabgorning maʼlumoti‎‏ Oliy‎ 10 ball‎ Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‏
Oʻrta maxsus‎ 7 ball‎
Oʻrta‎ 5 ball‎
5.‎‏ Talabgor hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki 5 mln. soʻmdan yuqori‎ 10 ball‎ Bank maʼlumotnomasi.
‎Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat‎‏
2,5 mln. — 5,0 mln. soʻmgacha‎ 8 ball‎
0,5 mln. — 2,5 mln. soʻmgacha‎ 6 ball‎
250 mingdan — 0,5 mln. soʻmgacha‎ 4 ball‎
6.‎‏ Talabgorga tegishli yaroqli texnika‎‏ Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi ‎ 10 ball‎ Texnik pasport‎‏
Ekish seyalkasi‎ 9 ball‎
Transport traktori‎ 8 ball‎
Yuk mashinasi‎ 2 ball‎
Yengil mashinasi‎ 1 ball‎
Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi ‎ 1 ball‎
7.‎‏ Talabgorning soʻnggi uch yil davomida gʻalla sotish boʻyicha shartnomalarning bajarishi‎‏ 3 yil surunkali bajarganda‎ 10 ball‎ Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma‎‏
3 yildan 2 yil bajarganda‎ 8 ball‎
3 yildan 1 yil bajarganda‎ 6 ball‎
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎______________ viloyati ______________ tumani
‎__________________________ komissiyasi yigʻilishining

‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎____________ - SONLI BAYoNNOMASI

‎‎
_____________ viloyati ____________ tumani “___” __________ 200_ yil

‎‎Raislik qildi: _____________________________________________________‎‎‎

‎‎(komissiya raisi F.I.Sh.)

‎‎Qatnashdilar: ______________________________________________________

‎‎(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)

‎‎
‎‎Kun tartibi

_____________________________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida.
‎Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _______________________
‎_________________________________________________ axboroti eshitildi.
‎__________________________________________________________________
‎Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya

‎‎
‎QAROR QILADI:

___________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.
T/r‎ Tanlov gʻoliblarining nomi‎ Maydoni, ga‎ Toʻplagan bali‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

Komissiya raisi‎

__________________‎

____________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzolari:‎

__________________‎

____________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎

Kotib‎

__________________‎

____________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎