Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022 07.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1785
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 07.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1785
Дата вступления в силу
17.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2022
Hujjat 17.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI

BIRJA SAVDOLARIDA KOʻMIRNI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-aprelda 1785-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 8-iyuldagi 57-sonli va Moliya vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 29-sonli ““Birja savdolarida koʻmirni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1785-1, 25.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Birja savdolarida koʻmirni sotish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Koʻmir” AJ, “Oʻzdavenergonazorat” va Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining 2004-yil 8-apreldagi “Birja savdolarida koʻmirni sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 27, 01/24-19, 59, 01-12/56, BT-01-02/464, 42-01/171-sonli qarori (2004-yil 11-may, roʻyxat raqami 1351 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 224-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2008-yil 12-mart,

41-son

Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 12-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-son

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 12-martdagi 41, 21-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja savdolarida koʻmirni sotish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) koʻmirni tovar xomashyo birjalari birja savdolarida (bundan keyingi oʻrinlarda Birja deb yuritiladi) sotish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining koʻmirni qazib oluvchi, yetkazib beruvchi va undan foydalanuvchi korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan koʻmir faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻmirni sotish Tovar-xomashyo birjalarida elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot — ishlab chiqarish va foydalanishning tasdiqlangan balansiga muvofiq birja savdolarida isteʼmolchilarga sotiladigan koʻmir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolari elektron tizimi — birja aʼzolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib Birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi Birjaning tuzilmaviy boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi — mahsulotni birja savdolariga chiqarish va sotishni amalga oshiruvchi “Oʻzbekkoʻmir” OAJ va boshqa koʻmir qazib oluvchi korxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor — ulgurji savdo bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan koʻmirni aholiga sotuvchi korxona va tashkilotlar va koʻmirdan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi respublikadagi boshqa isteʼmolchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha beriladigan, sotuvchi, xaridor vakili va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi boʻyicha birja savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlar bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga kiritiladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkazilgan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotga oʻrtacha narx;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlangan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq qoplanilishini taʼminlaydigan miqdordagi mablagʻlarning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Koʻmir hajmlarini shakllantirish va uni sotish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Koʻmirni sotish hajmlari har yili tasdiqlanadigan koʻmir qazib chiqarish va foydalanish koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sotuvchilar keyingi yil uchun koʻmir qazib chiqarish va foydalanish moddiy balanslarini olganlaridan soʻng 10 kundan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda mahsulot sotish uchun uni birja savdolariga chiqarishning har oylik jadvallarini tasdiqlaydilar va Birjaga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jadval tasdiqlangandan soʻng sotuvchilar Birja bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida sotuvchilarning birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnomalar tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdolar ish kunlarida muntazam oʻtkazib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Birja savdolari Oʻzbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Birja savdolarining oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmi hamda mahsulot turgan joy, uni qazib chiqaruvchi korxona, shuningdek, boshlangʻich (start) narxi toʻgʻrisidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda brokerlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning hududiy joylashishidan qatʼi nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini taʼminlab berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Savdolarni oʻtkazish, qoʻyilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Savdoda sotilmay qolgan mahsulot hajmi keyingi savdolarga koʻchiriladi. Bunda, sotuvchilar mahsulotni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja savdolariga qoʻyilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan oʻrtacha narxlar boʻyicha sotish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Birja xizmatlari tariflariga muvofiq oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mahsulotni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar boʻyicha sotish oldindan toʻlovni toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish sharti bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Koʻmir narxlarini aniqlash va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mahsulotning boshlangʻich narxi tartibga solinadigan narx darajasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Birja savdolarida shakllangan mahsulot narxi uning boshlangʻich narxidan oshishi natijasida sotuvchi tomonidan olingan qoʻshimcha daromad uning ixtiyorida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini taʼminlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Birja HKKP orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash va birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda birjaning ikkilamchi depozit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (bundan keyin FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvaragʻi doirasida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. HKKP birja savdolari ishtirokchilarini ularga xizmat koʻrsatish shartlari, ularning mablagʻlari holati toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilib turishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvaragʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Birja mijozlarning soʻrovlariga koʻra ularni birja kliringi natijalari, ular mablagʻlarining holati va joriy kunida belgilangan savdolar limitlari toʻgʻrisida xabardor qilib turishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sotuvchilar va xaridorlar Birjaga xizmat qiluvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja savdolariga qoʻyilgan mahsulot umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizigacha boʻlgan miqdoridagi zakalatni depozitga qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xaridorlar Birjada deponentga qoʻyilgan zakalat hisobga olingan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlaridan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitishuvlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi, xarajat qismida va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishilgan muddat davomida, bitishuv amalga oshirilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, oʻrnatilgan tartib asosida HKKPdagi hisobvaraqning egasi — mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobidan Birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Birja bitishuvi roʻyxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi shart. Bunda, mablagʻni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. HKKP xaridordan mablagʻ kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga toʻlangan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agar xaridor ushbu Nizomning 27-bandida belgilangan muddatda birja shartnomasiga muvofiq mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlamasa, HKKP koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida darhol maʼlum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvaragʻiga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.

30. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab joʻnatish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizigacha miqdordagi mablagʻni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga kiritadi va xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. HKKP tomonidan taqdim etilgan toʻlangan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot sotuvchi tomonidan xaridor oʻzining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan joʻnatilgan taqdirda, Birja roʻyxatdan oʻtkazilgan birja shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mahsulot joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda mahsulot joʻnatilganligi faktini temir yoʻl yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP uchun bir bank ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq ochilgan ikkilamchi talab qilib olgungacha hisobvaraqdan sotuvchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻiga, sotuvchining shaxsiy hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda oʻtkazish, shuningdek bitishuvni yopish uchun asos va majburiyat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mahsulotni birja savdolari gʻoliblariga yuklab joʻnatish oldi-sotdi shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Tomonlarning javobgarligi va nizolarning hal etilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Xaridor bilan sotuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar undirilishi man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Axborot taʼminoti va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Birja kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha Birjaning birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkalarini aniqlaydi va ularni har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi sahifalarida eʼlon qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sotuvchilar va Birja hisobot oyining keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasiga mahsulotning birja savdolariga chiqarish, sotish va ushbu Nizomga muvofiq sotilgan mahsulotning haqiqatda yetkazib berilgan hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Birja har kuni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasiga savdoga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot hajmlari, shuningdek, savdolarda shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, Oʻzdavenergonazorat, “Oʻzbekkoʻmir” OAJ va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-mart

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzdavenergonazorat boshligʻi B. GULYAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekkoʻmir” OAJ Bosh direktori v.b. U. ABDULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-mart
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻzRMB” OAJ boshqaruv raisi T. TOʻXTABOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 10-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 109-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)