O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “MEHNATGA HAQ TO‘LAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 26 OKTYABRDAGI 218-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 5 MARTDAGI PF-3972-SON FARMONI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2008-yil 5-martdagi PF-3972-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarorining 1-bandidagi “oyiga 18630 so‘m” so‘zlari chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
65-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 104-modda)