28.03.2008 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.03.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OZIQ-OVQAT BUGʻDOYINING SUGʻURTA FONDINI GʻAMLASH, SAQLASH, YANGILASH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat bugʻdoyining barqaror sugʻurta fondini shakllantirish, davlat resursidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan qatʼiy maqsadli foydalanilishini taʼminlash va ichki isteʼmol bozorini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2008-yilning birinchi yarim yilligida davlat resursidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanishning belgilangan balansi hajmlarida hamda Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda 2008-yil 20-aprelgacha 2007-yil hosilidan oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlashni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tarmoq korxonalarida joylashtirilgan sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining hajmi zarur tarzda hisobga olinishi va sifatli saqlanishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavdoninspeksiya” rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 28-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 54-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish (keyingi oʻrinlarda matnda sugʻurta fondi deb ataladi) masalalarini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondi daxlsiz hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorisiz sarflanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondiga oʻz vaqtida gʻamlanishini, uning zarur tarzda saqlanishini va sugʻurta fondi daxlsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini oʻz vaqtida yangilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sugʻurta fondiga gʻamlanadigan oziq-ovqat bugʻdoyi sifatiga koʻra belgilangan koʻrsatkichlar va standartlarga qatʼiy muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi qatʼiy belgilangan don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida (keyingi oʻrinlarda don mahsulotlari korxonalari deb ataladi), roʻyxati va joylashgan joyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan elevator sigʻimlarida (siloslarda) saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari rahbarlari sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining miqdorini va sifatli saqlanishini muntazam ravishda tekshirishlari kerak, bunda korxonalar har yili, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan donni “nulli” tozalash va xatlovdan oʻtkazish jadvali boʻyicha tortib koʻrish yoʻli bilan tekshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzdavdoninspeksiya” har yili 10-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga tekshirish natijalari, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil axborot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq ushbu qarorlarda belgilangan hajmlarda, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining naryadlari boʻyicha qatʼiy belgilangan korxonalarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlash naryadlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonaning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻamlanadigan oziq-ovqat bugʻdoyining miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat bugʻdoyining klassi va uni gʻamlash muddatlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Don mahsulotlari korxonasi rahbari oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlash yuzasidan naryad olgandan keyin unda sugʻurta fondiga gʻamlash uchun oziq-ovqat bugʻdoyining tegishli partiyalarini tanlash toʻgʻrisida bosh buxgalterga, ishlab chiqarish-texnika laboratoriyasi boshligʻiga topshiriqni qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Gʻamlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki nusxada ishlab chiqarish-texnika komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oziq-ovqat bugʻdoyini sugʻurta fondiga gʻamlash har xil moddiy javobgar shaxslarning javobgarligi ostida amalga oshirilsa, u holda dalolatnomalar har qaysi moddiy javobgar shaxs uchun alohida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Dalolatnomalar (har ikkala nusxasi) korxona rahbari, bosh buxgalter, laboratoriya mudiri, elevator va (yoki) ombor (moddiy javobgar shaxs) mudiri tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi korxonada qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona rahbari yoki moddiy javobgar shaxs oʻzgargan hollarda dalolatnomalar korxona rahbarining buyrugʻi asosida darhol yangi shaxs uchun qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sugʻurta fondiga gʻamlanadigan oziq-ovqat bugʻdoyi sifati jihatidan davlat zaxiralariga gʻamlanadigan oziq-ovqat bugʻdoyi uchun belgilangan konditsiyalar talablariga yetkazilishi va gʻamlash uchun naryadda koʻrsatilgan muddatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Gʻamlanadigan bugʻdoyning sifati quyidagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof vazni, g/l —‎ 710 dan kam emas;
iflosligi, % —‎ 1,0 dan ortiq emas;
don aralashmasi, % —‎ 3,0 dan ortiq emas;
namligi, % —‎ 14,0 dan ortiq emas;
bugʻdoyning holati —‎ qizimagan, sogʻlom holatda;
hidi, rangi —‎ sogʻlom bugʻdoyga xos.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Don zaxiralarining zararkunandalar bilan zararlanganligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurta fondiga gʻamlanadigan oziq-ovqat bugʻdoyi sifati jihatidan uzoq vaqt saqlash uchun yaroqli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Toksin elementlar, mikotoksinlar va pestitsidlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatining tibbiy-biologik talablari hamda sanitariya normalarida belgilangan yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini miqdor va sifat jihatidan hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don mahsulotlari korxonalarida sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi kirimi, unga ishlov berish, uni sarflash boʻyicha barcha operatsiyalar belgilangan tartibda dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan (maxfiy emas) rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Miqdori boʻyicha (omborda) hisobga olishni oʻziga ishonib topshirilgan don saqlash joylaridagi sugʻurta fondi oziq-ovqat bugʻdoyining saqlanishi uchun javob beradigan moddiy javobgar shaxslar yuritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyiga doir operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlar bir kilogrammgacha aniqlikdagi fizik massada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Miqdor-sifat boʻyicha hisobni don mahsulotlari korxonasining buxgalteriyasi yuritadi, miqdor-sifat boʻyicha hisobning toʻgʻri yuritilishi, fizik massadagi kamayishning qonuniyatini aniqlash, shuningdek saqlash paytida tabiiy kamayishning asoslanganligi ustidan nazoratni esa “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining nazorat-taftish boshqarmasi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Elevator siloslarida saqlanayotgan sugʻurta fondi oziq-ovqat bugʻdoyining har bir partiyasi uchun shaxsiy hisob raqamlari bilan birga miqdor va sifat boʻyicha hisobga olishning alohida daftari yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Korxonalarda sugʻurta fondi oziq-ovqat bugʻdoyining mavjudligi va uning harakatini hisobga olish belgilangan shakl boʻyicha har oyda yuritiladi va u korxona rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyiga doir operatsiyalar oʻtkazishning amaldagi shartlari bilan oldindan tanishtirilgan don mahsulotlari korxonasi tegishli boʻlimining malakali xodimiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu xodimlar korxonaning rahbari va bosh buxgalteri bilan birgalikda hisobga olish toʻgʻri yuritilishi uchun toʻliq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini saqlash va uning miqdor va sifat jihatidan saqlanishini taʼminlash uchun saqlash yuzasidan masʼul boʻlgan don mahsulotlari korxonasi tomonidan sanitariya normalariga javob beradigan va yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlangan, texnik jihatdan soz omborlar, sigʻimlar va silos ajratilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi partiyalarini shakllantirish va joylashtirish sugʻurta fondiga gʻamlash uchun moʻljallangan oziq-ovqat bugʻdoyi sifatining amaldagi standartlari va talablariga muvofiq sifat koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi don mahsulotlari korxonasiga tushirilgan paytdan boshlab va uni saqlashning butun davri mobaynida har bir partiyaning sifati va holati ustidan muntazam nazorat tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat bugʻdoyning harorati, namligi, don zaxiralarining zararkunandalar bilan zararlanganligi, hidi, rangi va amaldagi standartlar bilan normalanadigan boshqa sifat koʻrsatkichlari yuzasidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Don mahsulotlari korxonasi tomonidan, bugʻdoyning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda va uning saqlanishini taʼminlash maqsadida bugʻdoyning joyini oʻzgartirish, shamollatish, quritish, bugʻdoyni saqlashning qishki rejimiga oʻtkazish, zararsizlantirish boʻyicha operatsiyalar va saqlashning belgilangan rejimini taʼminlashga doir boshqa operatsiyalar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini qayta gʻamlash va joyini oʻzgartirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini qayta gʻamlash va joyini oʻzgartirish umuman tizim boʻyicha saqlash hajmini oʻzgartirmasdan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini qayta gʻamlashda dastlab bugʻdoy sugʻurta fondiga gʻamlanadi va faqat gʻamlanganlikni tasdiqlaydigan dalolatnomalar olingandan keyin sugʻurta fondidagi oziq-ovqat donining tegishli miqdori chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oziq-ovqat bugʻdoyini qayta gʻamlash va joyini oʻzgartirish faqat nihoyatda zarur hollarda (tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar, miqdor va sifat jihatidan saqlanishiga xavf tugʻilganda) sugʻurta fondini oqilona joylashtirishga zarar yetkazilmasdan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini mintaqalararo yoki mintaqa ichida qayta gʻamlash va joyini oʻzgartirishga limit ajratish toʻgʻrisida buyurtmanomalar taqdim etishda bunday qayta gʻamlash yoki joyini oʻzgartirish zarurligi batafsil asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini yangilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini yangilash Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda har yili yangi hosildan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini yangilash korxonalar tomonidan, uni sugʻurta fondidan chiqarish va sugʻurta fondiga qoʻyish oraligʻidagi vaqtda uzilishsiz amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi hosildan oziq-ovqat bugʻdoyi sugʻurta fondiga toʻliq hajmda gʻamlangungacha ilgari gʻamlangan bugʻdoy sotilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan faqat Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozor ehtiyojini qondirish, birinchi navbatda, aholining un va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarga boʻlgan talabini qondirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat resurslaridagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanish balansining boshqa moddalari boʻyicha foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) Vazirlar Mahkamasiga sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyidan muayyan miqdorda bugʻdoy ajratish zarurligi toʻgʻrisida takliflar kiritishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tashabbuskorlarning murojaatnomalarini xulosa tayyorlash uchun Iqtisodiyot vazirligiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Iqtisodiyot vazirligi ikki kun muddatda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda tashabbuskorlarning murojaatnomalarini oʻrganadi, bunda bugʻdoy, unning qoʻshimcha hajmlariga ehtiyojning asoslanganligi, ulardan foydalanishning maqsadi, ehtiyojning hisob-kitoblari, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari masalalarini hal etish boʻyicha erishiladigan natijalarni tahlil qilish va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Iqtisodiyot vazirligi tashabbuskorlarning murojaatnomalarini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra sugʻurta fondidan bugʻdoy ajratishning maqsadga muvofiq ekanligi yoki emasligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Iqtisodiyot vazirligining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan taklifi Departament tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departament Iqtisodiyot vazirligining taklifini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra ikki kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qaror qabul qilish uchun taklif kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ijobiy qarorga kelingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tegishli Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda tayyorlash yuzasidan topshiriq beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish yuzasidan bir kun muddatda korxonalarga buyruq (naryad)lar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruq (naryad)larda korxonaning nomi, oziq-ovqat bugʻdoyining miqdori (soʻz bilan), sifati, foydalanishning maqsadi va bajarish muddati koʻrsatilishi kerak. Sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish yuzasidan naryadlar ularda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi, ushbu muddat tugagach ular oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Korxona rahbari sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish yuzasidan buyruq (naryad) olingach sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida bosh buxgalterga va ishlab chiqarish-texnika laboratoriyasi boshligʻiga tegishli topshiriq beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish boʻyicha barcha hujjatlar faqat korxona rahbari tomonidan, u boʻlmaganda — uning vazifalari tegishli buyruq asosida zimmasiga yuklangan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sugʻurta fondidan oziq-ovqat bugʻdoyi sotish bajarganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi esa korxonada qoladi hamda oziq-ovqat bugʻdoyining mavjud miqdori va harakati toʻgʻrisida belgilangan shakldagi har oylik hisobot tarkibida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyiga doir operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish va hisob-kitoblarni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi qiymatini toʻlash boʻyicha moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini saqlash xarajatlari korxonalar hisobidan amalga oshiriladi hamda un va don uchun ulgurji — sotish narxlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini qiymati boʻyicha hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan ulgurji — hisob narxi boʻyicha alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini qayta gʻamlash, bugʻdoyning joyini oʻzgartirish va yangilash boʻyicha operatsiyalar qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar jalb etmasdan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyini saqlash va unga doir operatsiyalarni amalga oshirishning belgilangan tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyi sifatining yomonlashishiga, uning oʻzboshimchalik bilan, buyruq (naryad)larsiz yoki muddati oʻtgan buyruq (naryad)lar boʻyicha sotilishiga, yuklab joʻnatilishiga va foydalanilishiga, buyruq (naryad)lardagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan sifat bilan boshqa joyga yuklab joʻnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) don mahsulotlari korxonasi rahbari — sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining toʻliq va sifatli saqlanishi, toʻgʻri va ishonchli hisobga olinishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moddiy javobgar shaxslar — bugʻdoy vaznining toʻgʻri aniqlanishi, bugʻdoyga doir barcha operatsiyalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi, shuningdek bugʻdoy harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tarozibonlar — sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining toʻgʻri tortib koʻrilishi va tortib koʻrilgan miqdorining hujjatlarda toʻgʻri aks ettirilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) korxonaning bosh buxgalteri va unga boʻysunuvchi, bugʻdoyning miqdori va sifati boʻyicha hisobini bevosita yurituvchi xodimlar — bugʻdoyni hisobga olish, operatsiyalarni rasmiylashtirish va nobud boʻlgan bugʻdoyni hisobdan chiqarish tartibi buzilganligi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ishlab chiqarish — texnika laboratoriyasi boshligʻi va laborantlar — oziq-ovqat bugʻdoyi sifatining toʻgʻri aniqlanishi hamda daftarlar va hujjatlarda sifat koʻrsatkichlarining toʻgʻri aks ettirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Sugʻurta fondidagi oziq-ovqat bugʻdoyining miqdor va sifat boʻyicha saqlanishi taʼminlanmagan taqdirda aybdor shaxslar yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oziq-ovqat bugʻdoyining sugʻurta fondini gʻamlash, saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ishlab chiqarish-texnika komissiyasining
‎DALOLATNOMASI
‎200___ yil “___”____________

‎‎
‎Qayerdan _______________________________

(korxonaning nomi)

‎‎Kimga _________________________________

(vazirlik, idora, tashkilot)

T/r Don mahsulotlarining nomi Miqdori Klassi Hosil olingan yil Iflosligi, % Namligi, % Sof vazni, g/l Don aralashmasi, %

‎‎
‎____________________________


‎________________‎‎

(korxona rahbari)

(imzo, muhr)

____________________________

________________‎‎

(bosh buxgalter)

(imzo)

____________________________

________________‎‎

(laboratoriya mudiri)

(imzo)

____________________________

________________‎‎

(elevator mudiri)

(imzo)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 100-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)