Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hisobiga polimer mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, neftkimyo tarmog‘ining xomashyo va ishlab chiqarish bazasini yanada kengaytirish hamda Ustyurt gazkimyo kompleksi qurilishi loyihasini amalga oshira boshlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Surgil konining zaxiralari tasdiqlandi;
dastlabki qiymati 1,84 mlrd. dollarga teng, yiliga 4,0 mlrd. kub. m tabiiy gazni qayta ishlash va 362 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen hamda 3,7 mlrd. kub. m tovar holatidagi tabiiy gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda Surgil konini kompleks obodonlashtirish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi;
Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte Daesan Petrochemical Corporation”, “LG International Corporation”, “SK Gas va STX Energy” kompaniyalaridan iborat Koreya kompaniyalari Konsorsiumi tuzildi;
loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida “O‘zbekneftgaz” MXK bilan Koreya kompaniyalari Konsorsiumi o‘rtasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona — bosqichma-bosqich uch yil davomida shakllantiriladigan ustav jamg‘armasi ekvivalenti 600 mln. dollardan kam bo‘lmagan, ta’sischilar o‘rtasida ulushlar teng miqdorda, 50 foizdan taqsimlanadigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tashkil qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda Koreya kompaniyalari Konsorsiumi bilan jumladan, tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va ularni bajarish kafolatlarini, qo‘shma korxona hisob raqamlaridagi mablag‘lar harakatini, shuningdek, investitsiya davrida qo‘shma korxona mablag‘larining maqsadli va samarali sarf etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutadigan Investitsiya shartnomasini tuzsin.
3. “O‘zbekneftgaz” MXK 2008-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda loyiha moliyalashtirilishini tashkil etish va xorijiy qarz mablag‘larini jalb etishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va xalqaro talablarga muvofiq holda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tgach bir oy muddatda, qo‘shma korxona taqdim etgan zarur materiallarga muvofiq, obyektlar, jumladan gaz quduqlari qurish, quvurlar va tegishli muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun yerlarni ajratsin.
5. Qo‘shma korxonaga loyihaning TIAsi uzil-kesil tasdiqlanguncha ish chizmalariga muvofiq barobar ravishda loyihalashtirgan va ularni amalda bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha moliyalashtirgan holda Surgil konida jumladan, “nulinchi sikl” bo‘yicha yer ishlarini bajarishga, quduqlarni obodonlashtirish, tashqi infratuzilma obyektlari va muhandislik kommunikatsiyalarini qurishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda qo‘shma korxonaga gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish, shuningdek gaz quvuri va gaz kondensati quvuri yotqizishni loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) bersin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Surgil konidagi foydali qazilmalarni chiqarib olish uchun belgilangan tartibda qo‘shma korxonaga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi qo‘shma korxona, uning pudratchilari va subpudratchilarining murojaatnomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari va yuqori chastotali moslamalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
korxonani qurish, ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga muvofiq olib kelinadigan uskunalar va materiallar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), shuningdek loyiha doirasida xorijiy kompaniyalar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar hajmlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
Ustyurt GKKda mahsulot ishlab chiqarilishidan boshlab o‘n yil muddat, ammo Konsorsiumning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini qaytarish muddatidan oshmaydigan davrda foyda solig‘i, mulk solig‘i hamda ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qo‘shma korxonaning “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qo‘shma korxonaning “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga ko‘p martalik vizalar berish, shuningdek muvaqqat yashash joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin, ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qo‘shma korxonaga soha mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishi, shuningdek uning buyurtmanomalariga ko‘ra — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini yuritish huquqini beruvchi tasdiqnomalar taqdim etilishi (muddati uzaytirilishi)ni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.