Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 06.02.2008 yildagi PQ-788-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrini yoʻlovchi avtobuslar bilan qoʻshimcha taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish hajmlari ortib borayotganini hisobga olgan holda yoʻlovchi transporti tizimini yanada rivojlantirish hamda avtobuslar parkini zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2008-yilda 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Gʻloor” shahar yoʻlovchi avtobuslarini xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va “EvoBus Gmbx” (Germaniya) kompaniyasi oʻrtasida 2008-yilda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har biri uchun 132,0 ming yevrodan umumiy miqdori 26,4 mln. yevroga teng boʻlgan, shartnoma qiymatining 50 foizi (13,2 mln. yevro)ni oldindan toʻlash, qolgan qismini esa — avtobuslar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinishiga qarab akkreditiv ochish orqali toʻlash sharti bilan 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Gʻloor” rusumli shahar avtobuslarini yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasining “Mersedes-Bens” servis xizmati koʻrsatish markazi” shuʼba korxonasini jihozlash uchun bepul asosda 400,0 ming yevro miqdorida uskunalar va maxsus asboblar yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaning toʻliq qiymatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasining 3 yil imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda 10 yil muddatga beriladigan kredit mablagʻlari hisobidan, yillik 2 foizli stavka va qayta moliyalashtiruvchi “Oʻzsanoatqurilishbank”ning yillik 0,25 foizli marjasi boʻyicha amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasining asosiy qarzini uzish, kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari, shuningdek, oladigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda avtobus parklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi belgilangan tartibda mazkur shartnoma boʻyicha ekspert xulosasini bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, istisno tariqasida, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni koʻrib chiqish va tasdiqlashdan avval qarz bitimlarini rasmiylashtirsin hamda “EvoBus Gmbx” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni ochsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda 200 dona shahar avtobuslarini sotib olishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqishni va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni jamlash uchun “Oʻzsanoatqurilishbank”da maxsus jamgʻarish hisob raqamini ochsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasining jalb etiladigan krediti boʻyicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslangan holda 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Gʻloor” avtobuslarini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi “EvoBus Gmbx” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha olib kelinadigan 200 ta avtobus, asbob-uskunalar va maxsus jihozlar, shuningdek avtobuslardan foydalanishning kafolat muddati davrida ishdan chiqqan qismlari oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 6-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-788-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 26-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda)