OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BARChA TURDAGI MAKTABLAR OʻQITUVChILARI, BOLALAR UYLARI TARBIYAChILARIGA BERILADIGAN QOʻShIMChA IMTIYOZLAR, YUQORI SINFLAR OʻQITUVChILARINING ISh HAQINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 1990-YIL 13 NOYABRDAGI PF-93-SONLI FARMONINI QISMAN OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablar oʻqituvchilari, bolalar uylari tarbiyachilariga beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar, yuqori sinflar oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi PF-93-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-fevral,
PF-3962-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 24-modda)