Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.12.2007 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 11.07.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek meliorativ texnikaning koʻp profilli mavjud parkini yangilash va shakllantirishni ragʻbatlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladigan qismi hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga ularning topshirigʻiga koʻra xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib berish yuzasidan buyurtmanomalarini umumlashtirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar hamda tender savdolari asosida mamlakatimiz korxonalarida va xorijiy korxonalarda melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashtirilgan buyurtmanomalarga muvofiq ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasi mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari uchun avans toʻlovlarini va uzil-kesil hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing shartnomalari tuzish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklariga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya texnikasi mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari xarid qilishga moʻljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlarning, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini imtiyozli asosda jalb etish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi bir oy muddatda Kompaniya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining qarori asosida 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xoʻjaligi qurilish tashkilotlari uchun, shuningdek suv isteʼmolchilari uyushmalariga va fermer xoʻjaliklari uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 15 foizi avans shaklida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 85 foizi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyatini amalga oshiradigan suv xoʻjaligidan foydalanish tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari qiymatining 100 foizi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan, unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi sugʻurta polisi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Lizingga beruvchining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomalari tuzilishi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-1. Belgilansinki, “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan oʻz mablagʻlari, boshqa jalb qilingan mablagʻlar (unga qarz asosida Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mablagʻlardan tashqari) yoki boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berishda lizing muddati va “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining daromad stavkasi (marjasi) lizing shartnomasida belgilanadi”;
(6-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki — kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga xizmat koʻrsatish, toʻlovlarning va lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari boʻyicha, melioratsiya texnikasini, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha oʻzaro moliyaviy majburiyatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining moliyaviy agenti etib;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi — lizingga beriladigan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining sugʻurta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashiga “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilab qoʻyilsinki, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan tender asosida xarid qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Maʼmuriy bino maxsus servis” davlat shuʼba korxonasining Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 21-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 209-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 322-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 21-dekabrdagi 266-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Najimov N.E.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya rahbari ‎
Xamrayev Sh.R.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari‎
Tursunov Y.E.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Salimov A.X.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
lavozimiga koʻra —‎ “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Yusupov A.A.‎ —‎ Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori ‎
Lavozimiga koʻra ‎ —‎ “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 539-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)