Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 11.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1747
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.10.00 Vrachlik-mehnat ekspertizasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIAKORXONALARIDA TIBBIY-UCHISH EKSPERT KOMISSIYALARINI TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-dekabrda 1747-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 30-yanvardagi 13-n-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1747-3, 09.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalari (Chikago konvensiyasiga 1-ilova “Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish”) ni inobatga olgan holda parvoz xavfsizligini tibbiy taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H.O. TROBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 15-noyabrdagi 167-son buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) ctandartlari talablariga (“Aviatsiya xodimlariga guvohnoma berish” Chikago konvensiyasiga 1-ilova) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiradigan tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatsiya xodimlari — faoliyatlari uchishni tashkil qilish, bajarish va taʼminlash, shuningdek havo qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUEK — fuqaro aviatsiyasi tibbiy muassasalari huzurida tashkil etiladigan Tibbiy-uchish ekspert komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy-uchish ekspertizasi (TUE) — salomatliklarining ahvoli boʻyicha uchish xavfsizligini kafotlaydigan shaxslarni tanlab olish va ularni uchish ishlarida saqlab turish hamda kasbiy omillarning inson organizmiga taʼsirini oʻrganish maqsadiga ega boʻlgan aviatsiya tibbiyotining yetakchi yoʻnalishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaviatsiya” agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — guvohnoma olishni (muddatini uzaytirishni) soʻrab “Oʻzaviatsiya” agentligiga yozma ariza taqdim qilgan TUEK;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XFAT — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma — “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan, belgilangan talablarga muvofiq arizada koʻrsatilgan sohada faoliyat olib borishga qodirligini va belgilangan muddat davomida tibbiy ekspertizani amalga oshirish qobiliyatini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi rasmiy hujjat;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MTUEK — “Oʻzaviatsiya” agentligi huzurida tashkil etiladigan Markaziy tibbiy-uchish ekspert komissiyasi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUEK aʼzosi — aviatsiya tibbiyoti sohasida tayyorgarlikdan oʻtgan, amaliy malakaga va aviatsiyada ish tajribasiga ega boʻlgan guvohnoma olish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish boʻyicha talablar belgilangan aviaxodimlarning sogʻliqlari holati boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tayinlanadigan shifokor;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MOK — malaka oshirish kurslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. MTUEK qarori bilan tayinlanadigan TUEK Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. TUEK tayinlash toʻgʻrisida qaror mazkur Nizomda belgilangan tartibda guvohnoma berish yoʻli bilan TUEK tayinlash jarayonini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TUEKni tayinlash jarayonidan oʻtmagan va tegishli guvohnomaga ega boʻlmagan tibbiy muassasalar TUEK vakolatiga kiruvchi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. TUEKni tayinlash jarayoni majburiy boʻlib, bepul oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tayinlangan TUEK faoliyati ustidan nazorat rejali va rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari oʻtkazib turish orqali TUEK tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. TUEK faoliyatining belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilishni amalga oshirish uchun guvohnoma egasi guvohnomaning amal qilish muddati davomida guvohnoma berilgan paytdagi sharoitlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida MTUEKni xabardor qilib turishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. TUEK ni tayinlash bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. TUEK tayinlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ariza beruvchi tomonidan zarur hujjatlar toʻplamini ilova qilgan holda ariza taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) arizaning qabul qilish va mazkur Nizom talablariga muvofiq ariza beruvchini tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) inspeksiya tekshiruvi natijalarini tahlil qilish va guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) guvohnomani rasmiylashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayinlashning har biri ijobiy natija bersagina, keyingi bosqichga oʻtilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Guvohnoma olish uchun ariza berish va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Guvohnoma olish uchun ariza va zarur hujjatlarning toʻplami xat bilan birga ariza beruvchi tomonidan MTUEKga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ariza beruvchi ariza berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) muvofiq muayyan talablar belgilangan aviamutaxassislarga tibbiy xulosa berish uchun oʻzining imkoniyatlarini tasdiqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza MTUEK raisi nomiga beriladi va quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) guvohnoma olish uchun ariza (birinchi marta berilayotganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda uni uzaytirish uchun ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) amaldagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun ariza.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Guvohnoma birinchi marta olinayotganda, uzaytirilayotganda va unga oʻzgartirishlar kiritilayotganda arizaning shakli oʻzgarishsiz qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzgartishlar kiritilayotganda arizada faqatgina oʻzgartirilayotgan maʼlumotlar va hujjatlar yoki hujjatlarning alohida qismlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida aviakorxona maʼmuriyati bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) TUEK toʻgʻrisidagi Nizomning tasdiqlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) amaldagi sanitariya normalariga muvofiq xodimlarni va zarur jihozlarni joylashtirishga mulk huquqi asosida yoki ijara yoxud boshqa asoslarda tegishli boʻlgan binolarning mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) boʻlinmalar va xonalarning aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirishni taʼminlaydigan asboblar, jihozlar, tibbiy texnika va boshqa mulklar bilan jihozlanganligi roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tibbiy muassasa rahbari tomonidan imzolangan va tasdiqlangan, aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ushbu Nizomning 2-ilovasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tasdiqlangan shtatlar jadvali, mutaxassislarning amaldagi soni va egallagan lavozimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan birga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) oxirgi 3 yil uchun belgilangan shakldagi yillik hisobot (ilgaridan faoliyat koʻrsatayotgan TUEK uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) koʻrsatilgan faoliyat turlarini bajaruvchi funksional boʻlinmalar boʻyicha oldingi yil ishi toʻgʻrisida hisobot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUEK tayinlashga guvohnoma berish haqida qaror qabul qilishning umumiy muddati ariza “Oʻzaviatsiya” agentligida roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Guvohnoma olish uchun arizani dastlabki baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Arizani va zarur hujjatlarni dastlabki baholash zarur hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini baholash va MTUEK tomonidan inspeksiya tekshiruvi oʻtkazilgunga qadar bartaraf etilishi zarur boʻlgan nomuvofiqliklarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hujjatlar sifatsiz tayyorlanganda, zarur hujjatlar kamchiliklari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kamchiliklar tuzatilgach, ariza beruvchi zarur hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqish uchun topshiradi. Bunday holda, TUEK tayinlash boʻyicha ishlarni boshlash sanasini hisoblash arizani va asoslovchi hujjatlarni MTUEKga qaytadan topshirish vaqtidan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Arizaning koʻrib chiqilishi va asoslovchi hujjatlarning ekspertiza qilinish natijalari ijobiy boʻlganda MTUEK inspeksiya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ariza beruvchining arizasi va zarur hujjatlarini koʻrib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. MTUEKning inspeksiya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan komissiya tarkibi va uni oʻtkazish muddatlari aniqlanadi. Tekshiruv “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadigan namunaviy dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishdan maqsad ariza beruvchi belgilangan talablarga javob berishi va arizaga ilova qilingan zarur hujjatlarning amaldagi holatini toʻgʻri aks ettirishidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ariza beruvchining inspeksiya tekshiruvi tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishda apparatlar va uskunalar, tibbiy hujjatlar va ish yuritish koʻrikdan oʻtkaziladi, aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlaydigan har bir boʻlinma va xona faoliyati tahlil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Apparatlar va uskunalar, tibbiy hujjatlar va ish yuritishni koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha ariza beruvchi va bir vaqtning oʻzida komissiya aʼzosi hisoblanadigan ekspert tomonidan imzolangan ushbu Nizomning 3-4-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha muassasa apparatlari va jihozlarini tekshirish dalolatnomasi va tibbiyot hujjatlari va ish yuritishni tekshirish dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Inspeksiya tekshiruvi natijalari har bir yoʻnalishdagi inspeksiya tekshiruvi boʻyicha hisobotlar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomuvofiqliklar aniqlanganda, hisobotlarning nusxalari nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish uchun ariza beruvchiga beriladi. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻtkazilgan ishlarning natijasi, komissiyaning xulosalari va bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalari aks ettirilgan kompleks xulosasi inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha yakuniy hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks xulosa inspeksiya komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va MTUEK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kompleks xulosaning bir nusxasi ikki ish kunidan kechiktirmasdan ariza beruvchiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosaga kelingan boʻlsa, qayta ariza berish oldingi inspeksiya tekshiruvi tugagandan soʻng olti oy oʻtgach ariza beruvchi tomonidan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. TUE ning tashkil qilinishi va oʻtkazilish sifatini, parvozlarni va sogʻlomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlarining taʼminlanishini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Uchuvchilar va dispetcherlar tarkibini, bortkuzatuvchilarni, kursantlarni va fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tibbiy-uchish ekspertizasi boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda oʻtkazilayotgan faoliyatning amalga oshirilish sharoitlari ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlari talablariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. TUEK faoliyatini baholashda terapevtik, nevrologik, otolaringologiya, oftalmologiya, xirurgik, ginekologik ekspertizalarining va aviatsiya mutaxassislarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda qatnashuvchi klinik-diagnostika boʻlimlari (xonalari)ning hajmi va sifati aniqlanadi, shuningdek zarur mutaxassislar (endokrinolog, urolog, dermatolog, psixolog va b.) tomonidan qoʻshimcha malakali maslahatlar oʻtkazish imkoniyati tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. TUEKning faoliyatini baholashda aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari va davolash-profilaktika tadbirlarining bajarilishi, shuningdek ish yuritishning holati tahlil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. TUEK aʼzolarining va boshqa aviatsiya shifokorlarining kasbiy tayyorgarlik darajasi klinik mutaxassisliklar, aviatsiya tibbiyoti va aviatsiyadagi ish tajribasi boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Xodimlarning malakasiga va TUEK ishini tashkil etilishiga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. TUEK tarkibi rais, shifokor-ekspertlar (terapevt, nevropatolog, otolaringolog, oftalmolog, xirurg) hamda kotibdan iborat boʻladi. TUEK tarkibiga kiruvchi shifokor-ekspertlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “kasb patologiyasi” ixtisosligi boʻyicha qayta tayyorlashdan oʻtgan boʻlishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 8-apreldagi 74-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-1, 04.05.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 207-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oxirgi ekspert qarorini chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) nazarda tutilgan psixolog, stomatolog, ginekolog, endokrinolog va dermatovenerologning tibbiy tekshiruvi talab qilinadi. Ayrim hollarda, TUEK tarkibida ishlash uchun FA korxonalari TSQ va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash muassasalarining malakali mutaxassislarini TUE qoʻllanma hujjatlari bilan tanishtirgandan keyingina, MTUEK bilan kelishgan holda jalb etishga ruxsat etiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ekspert lavozimiga tibbiyot oʻquv muassasasining davolash fakultetini tugatgan oliy maʼlumotli va mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil, FA da kamida 2 yil ish stajiga, 1-malaka toifasiga ega boʻlgan shifokor tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Shifokor-ekspert 5 yilda kamida bir marta oʻz mutaxassisligi boʻyicha malakasini oshirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Shifokor-ekspertlar uchun aviatsiya tibbiyoti boʻyicha oʻquvni oʻtash majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. TUEK mutaxassislari ularning rahbari tomonidan tasdiqlangan shifokor-ekspertning mansab yoʻriqnomasiga ega boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. TUEK tarkibi toʻliq boʻlmaganda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish man etiladi. TUEK raisi boʻlmagan vaqtda uning vazifalari boshqa tajribali ekspertga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifokor-ekspertlarning va TUEK raisining bir necha lavozimlarda va oʻrindoshlik asosida ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Har bir ekspert oʻz funksional majburiyatlarini, javobgarligini bilishi kerak va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirish maqsadida uni oʻtkazish tizimini takomillashtirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Har bir ekspert FA faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning FA aviaxodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga taalluqli qoʻllanma hujjatlarini, tibbiy hujjatlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirishni (aviaxodimning tibbiy kitobchasi, dispanser kuzatuvi daftari, 30 L shakli) bilish, shuningdek kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirishni tashkil etish uchun binolarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. TUEK sanitariya normalari va mehnatni muhofaza qilishning talablariga muvofiq xodimlarni va zarur jihozlarni joylashtirish uchun, mulk huquqi asosida yoki ijara yoxud boshqa asoslarda tegishli boʻlgan yetarlicha miqdordagi binolarga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Har bir shifokor-ekspert alohida xonaga (oftalmolog va otolaringolog shifokorlarining xonalari uzunligi 5 metrdan kam boʻlmasligi va maxsus tekshiruv oʻtkazish uchun oftalmolog — qorongʻilashtirilgan, otolaringolog esa — tashqi tovushdan izolyatsiyalangan qoʻshimcha xonalarga) ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. TUEK kotibi alohida kabinet va aviaxodimlarning shaxsiy ish jildlarini saqlash uchun xonaga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Binoning old tomonida tibbiy muassasaning nomi va uning ish tartibi yozilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. TUEK ishi uchun statsionar, klinik-bioximik laboratoriya, funksional diagnostika boʻlinmasiga ega boʻlgan diagnostik baza mavjud boʻlishi kerak, zaruriyat boʻlganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan muassasalari va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan shartnoma asosida oʻrnatilgan tartibda foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Texnik jihozlanishga talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. TUEK oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy apparatlar va uskunalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) talablariga javob berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tibbiy apparatlar va uskunalar roʻyxati asoslangan holda kengaytirilishi mumkin. Eskirgan apparatlar zamonaviylariga almashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Ariza beruvchiga TUEK guvohnomasini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ushbu Nizomning IV—IX-boʻlimlari talablariga javob beradigan TUEKga belgilangan namunadagi guvohnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror MTUEK tomonidan arizani baholash va oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilinadi va “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Guvohnoma qatʼiy hisobda turuvchi blankalarda ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomalarning berilishi “Guvohnomalar berilishini hisobga olish jurnali”da qayd qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Guvohnoma kompleks xulosa asosida faqat unda ijobiy natijalar boʻlsa va guvohnoma berish mumkinligi toʻgʻrisida qayd etilgan boʻlsa, kompleks xulosada koʻrsatilgan barcha shartlar (talablar) bajarilgan boʻlib va uning amal qilish muddati koʻrsatilib, guvohnoma rasmiylashtiriladi va topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Guvohnomaning amal qilish muddati MTUEK qaroriga koʻra tekshirishning amaldagi natijalarini hisobga olgan holda, lekin 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Guvohnoma “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan imzolanadigan va gerbli muhr bilan tasdiqlanadigan TUEK aʼzolarining tayinlangan tarkibi va TUEK tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ruxsat etilgan aviaxodimlar roʻyxati TUEK tayinlash toʻgʻrisidagi guvohnomaga ilova qilinadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. TUEK aʼzolari tarkibining oʻzgarishi guvohnoma egasining nomzodlarga taalluqli zarur hujjatlar arizaga ilova qilingan holda yozma murojaati boʻyicha kiritiladi. MTUEK qarori ijobiy boʻlganda, guvohnomaning ilovasini almashtirish yoʻli bilan unga oʻzgarishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ariza beruvchiga guvohnomaning asl nusxasi beriladi, “Oʻzaviatsiya” agentligida esa uning nusxasi saqlanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Guvohnoma yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelganda, uning egasining arizasiga koʻra guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy oldin guvohnomaning egasi tomonidan guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Guvohnomani navbatdagi muddatga uzaytirish va rasmiylashtirish jarayoni birinchi marotaba TUEK tayinlash jarayoni singari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Guvohnomaning amal qilish muddati davomida oʻzgarishlar boʻlmagan hujjatlarni qaytadan topshirmaslikka ruxsat etiladi. Bunday holda tegishli hujjat umumiy reyestrga izoh (“oʻzgarishsiz”, “oldin taqdim etilgan”) bilan birga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Istisno tariqasida “Oʻzaviatsiya” agentligi guvohnomaning amal qilish muddatini bir oygacha boʻlgan muddatga uzaytirishi mumkin. Bunday holda guvohnomaning amal qilish muddatining uzaytirilishi MTUEK qarori bilan va guvohnomaga tegishli yozuvni kiritgan holda rasmiylashtirilib, “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Navbatdagi muddatga guvohnoma yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligiga ilgari berilgan guvohnomaning asl nusxasini qaytarishi shart.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XII. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash), tugatish yoki bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish TUEK tomonidan ushbu Nizomda belgilangan talablar buzilgan hollarda, TUEK inspeksiya tekshiruvi natijalarining xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror MTUEK raisi tomonidan tasdiqlangan TUEK inspeksiya tekshiruvi dalolatnomasi asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan qabul qilinadi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ikki kunlik muddat ichida tibbiy muassasa rahbariga (agar TUEK uning tarkibida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa) yoki TUEK raisiga (agar mustaqil faoliyat olib borayotgan boʻlsa) va tegishli aviakorxonalar rahbarlariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Guvohnoma egasi guvohnomani amal qilishini toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar olganda, oʻz faoliyatini toʻxtatishi va uch kunlik muddat ichida guvohnomaning asl nusxasini “Oʻzaviatsiya” agentligiga qaytarib berishi shart.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Amal qilishi toʻxtatilgan guvohnomaning tiklanishi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatishga sabab boʻlgan nomuvofiqliklar bartaraf etilib, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasi taqdim etilgandan soʻnggina MTUEK qaroriga koʻra TUEK guvohnomasining asl nusxasini qaytarib berilishidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Nomuvofiqliklar haqiqatan ham bartaraf etilganligini tekshirish maqsadida MTUEK tomonidan rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIII. TUEK faoliyati ustidan nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. TUEK faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida MTUEK bir yilda bir marta oʻtkazilishi mumkin boʻlgan inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. TUEK ish sifati ustidan shikoyatlar va ushbu Nizom talablari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar tushgan hollarda “Oʻzaviatsiya” agentligi rahbariyatining qaroriga binoan TUEK faoliyatini rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Inspeksiya tekshiruvi vaqtida TUEK raisi (u boʻlmaganda uning vazifasini bajaruvchi rais) kerakli hujjatlarni taqdim etishi va uni oʻtkazish uchun sharoitlarni taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Oʻtkazilgan nazorat natijasi boʻyicha TUEK faoliyati tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosalar va tavsiyalar bilan birga dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIV. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F.G. Nazirov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 9-noyabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga
Aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlashni oʻtkazish uchun ARIZA __________________________________________________________________ (TUEK nomi)
aviatsiya xodimlarining amaldagi normativ talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun TUEK tayinlashni soʻraydi. TUEK faoliyatiga qoʻyiladigan barcha shartlar va talablarni bajarishni oʻz zimmamga olaman. TUEK tayinlash kerak boʻlgan TUEK faoliyati doirasining tavsifi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Qoʻshimcha maʼlumotlar_______________________________________________ __________________________________________________________________ Quyidagi zarur hujjatlar ilova qilinadi: 1. ___________________________________ 2. ___________________________________ 3. ___________________________________ 4. ___________________________________ 5. ___________________________________ 6. ___________________________________
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka toifasi, ilmiy darajasi (qaysi yilda berilgan yoki tasdiqlangan)
Aviatibbiyot boʻyicha ixtisosligi (qaysi yilda)
Asosiy ishi boʻyicha MOK (qaysi yilda, qachon)
Ish staji (umumiy va FA)
Tibbiyot oʻquv muassasasining va fakultetning nomi, diplom raqami va berilgan sanasi
TUEK raisi _______________________________________________________
(imzosi va F.I.O.)
M.Oʻ.
200___y. “____”__________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassasaning apparatlari va jihozlarini tekshirish dalolatnomasi
TUEK tibbiy muassasaning nomi: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ Ekspert____________________________________________________________
T/r
Faoliyat mezonlari
Baho +/–
1.
Tibbiy uskunaning texnik hujjatlari mavjudligi: texnik taʼrif, pasport, texnik xizmat koʻrsatish jurnali va b.
2.
Tibbiy uskunaning texnik holati: sozligi, imkoniyatlaridan qay darajada foydalanib boʻlishi, foydalanish muddatlari, maʼnaviy eskirish.
3.
Normativlarga nisbatan tibbiy uskunalar bilan taʼminlanganlik.
4.
Metrologik nazorat va uning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, metrologik tashkilotlar bilan shartnomalar mavjudligi.
5.
Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning tashkil etilganligi, taʼmirlovchi tashkilotlar bilan shartnomalar mavjudligi.
6.
Xavfsizlik texnikasining holati: ekspluatatsiya huquqini beruvchi guvohnoma va yoʻriqnomalarning mavjudligi, xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish va navbatdagi oʻrganishlarning oʻtkazilganligi, maxsus kiyim va himoya vositalari bilan taʼminlanganlik.
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ariza beruvchining imzosi)
(F.I.O.)
Ekspertning xulosasi:
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ekspertning imzosi)
(F.I.O.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot hujjatlari va ish yuritilishini tekshirish dalolatnomasi
TUEK tibbiy muassasaning nomi: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ Ekspert____________________________________________________________
T/r
Faoliyat koʻrsatkichlari
Baho +/–
1.
Hisobga olish-hisobot hujjatlarining mavjudligi.
2.
Hisobga olish hujjatlarining olib borilish sifati: shikoyat va anamnez, obyektiv status, qoʻshimcha tadqiqotlar, maslahatlar, tashxis, davolash, dinamik kuzatuv va kasallik boʻyicha epikriz.
3.
Ish yuritishning belgilangan normativ qoidalariga rioya etish.
4.
Tibbiy hujjatlarning arxivda saqlanishi: shartlari va muddatlariga rioya etish; hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarning mavjudligi.
5.
Hisobotlarning oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishi.
6.
Hisobga olish-hisobot hujjatlari sifatini nazorat qilish.
7.
Orgtexnikadan foydalanish.
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ariza beruvchining imzosi)
(F.I.O.)
Ekspertning xulosasi:
Sana: 20___y. “______”__________________
_______________________
____________________
(ekspertning imzosi)
(F.I.O.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi TUEK GUVOHNOMASI
Ushbu guvohnoma orqali _________________________________________TUEK
(tashkilot nomi va manzili)
guvohnomaning ajralmas qismi hisoblangan maxsus ilovadagi shartlar va cheklovlarga muvofiq aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tibbiy-uchish ekspert komissiyasi sifatida tasdiqlanadi. Ushbu guvohnoma boshqalarga berilishi mumkin emas. Uning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Kuchga kirish vaqti _____________ ______________gacha haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori __________________________
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
Birinchi marta guvohnoma berilgan sana: 200___y. “_____”_________________
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
V qism. TUEKga quyidagi aviaxodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat etilgan _____________________________________________________.
(aviaxodimlar ism-sharifi)
Kuchga kirish vaqti _____________
“Oʻzaviatsiya” agentligi direktori ___________________________
M.Oʻ.
(F.I.O., imzo)
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 525-modda; 2016-y., 18-son, 207-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son)