Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2026 02.07.1992 yildagi 635-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ DEPUTATLARINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 8-MODDASIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasida xalq deputatlarining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotishi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida xalq deputatlari maaqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “SSJI” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modda quyidagi mazmundagi IV qism bilan toʻldirilsin: “Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatining maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan muddatidan ilgari toʻxtatilishi mumkin. Xalq deputati degan yuksak nomni obroʻsizlantiruvchi xatti-harakatlari, uning davlat tuzilishi asoslarini qoʻporishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining qonunga muvofiq qabul qilingan qarorlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan gʻayrikonstitutsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etishi yoki shunday xatti-harakatlarga daʼvat etishi shunday masalaning qarab chiqilishi uchun asos boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Deputatlik odobi komissiyasi va Inson huquqlari qoʻmitasining fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 2-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
635-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 341-modda)