Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 29.10.2007 yildagi PF-3932-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 05.02.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini barpo etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda qishloq aholisining daromadlarini koʻpaytirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, sugʻoriladigan yerlarning hozirgi meliorativ holati qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini yanada oʻstirishga va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini oshirishga toʻgʻanoq boʻlmoqda. Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuningdek ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirishda tizimli ravishda kompleks yondoshilmayotganligi, suv xoʻjaligi tuzilmalari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining sust ishlashi keyingi yillarda melioratsiya ishlari hajmlarining kamayishiga, sizot suvlarning darajasi koʻtarilishiga va minerallashuvi oshib ketishiga olib keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning oqibatida hozirgi vaqtda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻprogʻini turli darajada shoʻr bosgan, ayni vaqtda fermer xoʻjaliklariga qarashli sugʻoriladigan yerlarning 16 foizidan ortigʻi qoniqarsiz holatdadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini koʻpaytirish, shuningdek melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash 2008—2012-yillar davrida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya ishlarining buyurtmachilari va ijrochilari oʻrtasida vazifalarni qatʼiy taqsimlash hamda ularning javobgarligini oshirish asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishga yondoshuvlarni tubdan oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ishlarni moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya shohobchalarining samarali ishlashini, drenaj va oqava suvlarning kollektor-drenaj tarmogʻi orqali normativga muvofiq chiqarilishini taʼminlaydigan ushbu shoxobchalarni saqlash mexanizmini sifat jihatidan takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing operatsiyalarini keng joriy etish yoʻli bilan suv xoʻjaligi tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, melioratsiya texnikasi saroyini yangilash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tuzilmasini, uning Kengashi tarkibini, shuningdek uning ijro etuvchi organi — Jamgʻarmani boshqarish Departamenti tuzilmasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar mazkur Jamgʻarmaning asosiy vazifalari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan melioratsiya ishlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan mablagʻlarni toʻla hajmda Jamgʻarma hisobvaragʻida jamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning uzoq muddatli va oʻrta muddatli Davlat dasturlarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq melioratsiya ishlarini, magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va tiklash maqsadida joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish hamda tizimli asosda aniq, maqsadli moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hisobiga ularning unumdorligini oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga davlat madadini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya texnikasini, jumladan, lizing shartlari asosida sotib olish uchun qaytarib berish asosida mablagʻlar ajratish yoʻli bilan suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ajratib berilgan moliyaviy mablagʻlaridan maqsadli, aniq va samarali foydalanilishi ustidan doimiy asosda qattiq nazoratni amalga oshirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushadigan mablagʻlarga teng boʻlgan Davlat budjetiga mablagʻlari.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-fevraldagi PF-3963-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 6-7-son, 25-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xorijiy grantlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻ manbalari va daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlaridan faqat quyidagi maqsadlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral (viloyatlararo), tumanlararo va xoʻjaliklararo ochiq kollektorlar, vertikal drenaj quduqlar, meliorativ nasos stansiyalar va kuzatish tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tozalash, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturlari doirasida yopiq gorizontal drenaj shoxobchalaridagi taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturiga kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining melioratsiya texnikasi saroyini yangilashga mablagʻni qaytarib berish asosida, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlarida moliyalashtirish tadbirlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa ishlarga yoʻnaltirilgan holda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 15-noyabrigacha boʻlgan muddatda 2008-yilda birinchi navbatda rekonstruksiya qilinadigan va quriladigan obyektlarni belgilab bergan holda 2008—2012-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008-yilning 1-yanvarigacha ixtisoslashtirilgan qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini melioratsiya texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi — barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar, bojlar va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan, yagona ijtimoiy toʻlov, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2012-yillar mobaynida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha pudrat va boshqa xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi besh yil muddatga — boʻshaydigan mablagʻlarni melioratsiya texnikasi yetkazib berilishini moliyalashtirish manbalarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda umumdavlat va mahalliy soliqlar toʻlashdan, shuningdek sotib olinadigan melioratsiya texnikasi uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 29-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3932-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 440-modda; 2008-y., 6-7-son, 25-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2013-y., 17-son, 221-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 23-son, 449-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)