Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.06.2014 20.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1731
ONLINE TRANSLATE
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 20.10.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1731
Дата вступления в силу
30.10.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.06.2014
Hujjat 30.10.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-oktabrda 1731-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 3-iyundagi 5-sonli “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1731-2, 05.06.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan “Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2007-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144-son

“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining
2007-yil 17-sentabrdagi 144-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi obyektlarini elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, elektr energiyasi isteʼmolchilarining yangidan ishga tushirilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarini ishlashining ishonchliligini, xavfsizligini va texnikaviy shartlarga muvofiqligini taʼminlash maqsadida elektr taʼminoti loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda elektr taʼminoti loyihalari deb yuritiladi) kelishuvini oʻtkazishning tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Elektr taʼminoti loyihalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish xavfsizligini taʼminlash borasidagi kelishuvini oʻtkazish isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirayotgan va rekonstruksiya qilinib, elektr taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga ulanayotgan obyektlari, texnologiyalari va uskunalarini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb yuritiladi) uchun majburiydir va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Oʻzdavenergonazorat deb yuritiladi) hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Faoliyati elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan isteʼmolchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlari ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari boʻyicha barpo etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalarini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” va “Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 3-4-son, 26-modda), “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, qurilish meʼyorlari va qoidalarining (keyingi oʻrinlarda QMQ deb yuritiladi) elektr taʼminotiga taalluqli qismini va boshqa normativ hujjatlarning talablarini eʼtiborga olgan holda bajarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazish energetika sohasidagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan isteʼmolchi obyektlarining elektr taʼminoti loyihalari kelishuvi oʻtkazilganidan soʻng ularga xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Isteʼmolchilarning 750 kVA gacha ruxsat etilgan quvvatli obyektlariga elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosa “Oʻzdavenergonazorat”ning hududiy boʻlimlari tomonidan, 750 kVA dan yuqori ruxsat etilgan quvvatli obyektlarining elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosasi “Oʻzdavenergonazorat” tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari “Oʻzdavenergonazorat” bilan kelishuvdan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekenergo” DAK obyektlarining elektr taʼminoti loyihalari kelishuvi elektr taʼminoti tashkilotining vakili (eksperti) bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Isteʼmolchida elektr taʼminoti loyihasi boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan berilgan xulosa boʻlmagan taqdirda, obyektni elektr tarmoqlariga ulash man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 2. Loyihalarni kelishuvga taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosani olish uchun “Oʻzdavenergonazorat”ga yoki uning hududiy boʻlimlariga isteʼmolchi yoki loyihani ishlab chiqqan loyiha tashkiloti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr taʼminoti loyihasini kelishish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr taʼminoti loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr taʼminoti tashkilotining tashqi elektr taʼminoti loyihasini kelishilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdan ortiqcha qoʻshimcha materiallar soʻrab olish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Elektr taʼminoti loyihalari kelishuvini oʻtkazish muddati loyiha hujjatlarining hajmiga qarab belgilanadi va 30 kundan oshmasligi kerak. Juda katta va murakkab obyektlarning loyihalari kelishuvini oʻtkazishda, ushbu muddat istisno tariqasida, “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻi tomonidan bir oyga, lekin undan ortiq boʻlmagan muddatga arizachini xabardor qilgan holda uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 3. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosalar berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari boʻyicha xulosa Oʻzdavenergonazorat va uning hududiy boʻlimlarining qarorlari koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Obyektlarning elektr taʼminoti loyihalari, ularning kelishuvni oʻtkazish davomida quyidagi hollarda qayta ishlab chiqilishi uchun qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishuvni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar toʻla hajmda taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarning talablari bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va isteʼmol qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”, “Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari” hamda “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, QMQ hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nomuvofiqliklar aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Oʻzdavenergonazorat” yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan birlamchi koʻrib chiqishda berilgan eʼtirozlar bartaraf etilib, loyiha qayta ishlab chiqilganidan soʻng, obyektlarning elektr taʼminoti loyihasi takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qayta ishlab chiqilgan obyektning elektr taʼminoti loyihasining takroriy kelishuvini oʻtkazish muddati ularning murakkabligidan qatʼi nazar, 15 kundan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi kamchiliklar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Isteʼmolchi obyektlarining elektr taʼminoti loyihalarining kelishuvini oʻtkazishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 4. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Nizom “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari B. ABDURAXMANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 5-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 29-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOʻXTAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 14-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 436-modda; 2011-y., 51-son, 547-modda)