16.08.2007 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIMOR OʻYINLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-martdagi PQ-608-son qaroriga muvofiq, shuningdek qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, noqonuniy qimor oʻyinlarini tashkil etishga hamda ularga oʻsmirlar va yoshlarni jalb etishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish, qimor biznesining rivojlanishi salbiy oqibatlarining oldini olish, noqonuniy qimor oʻyinlari tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2007-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni (shu jumladan totalizatorlar) tashkil etish va oʻtkazish (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladigan Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, bukmekerlik faoliyati va lotereyalardan tashqari);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, mazkur faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etish hollari bundan mustasno;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutugʻiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutugʻiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, noqonuniy tarzda qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish holatlari aniqlangan taqdirda oʻyin anjomlari, shu jumladan oʻyin avtomatlari, oʻyinda stavka va yutuq boʻlgan boyliklar, shuningdek bunday oʻyinlarda qatnashish natijasida olingan boshqa daromad belgilangan tartibda olib qoʻyiladi va davlat daromadiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda respublika hududida taqiqlangan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishning, shuningdek ularga balogʻatga yetmaganlarni jalb qilishning oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish, ularga balogʻatga yetmaganlarni jalb qilganlik, shuningdek bunday oʻyinlarni tashkil etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlar koʻrsatganlik, dasturiy taʼminotni nashr qilganlik, koʻpaytirganlik, tarqatganlik uchun javobgarlikni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 16-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176 -son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2, 3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 344-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)