15.08.2007 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN KREDITLAR BERAYOTGAN TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZLARNI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 15-avgustdagi 174-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar berayotgan tijorat banklari tomonidan daromad (foyda) soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorining 3-bandida belgilangan va tijorat banklariga 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqini berishni nazarda tutadigan soliq imtiyozini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarori bilan alohida soliq imtiyozi berilgan tijorat banklarining respublikamiz korxonalariga uch yildan ortiq muddatga investitsiya kreditlari berishdan olingan va banklarning oʻz kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan daromadi (foydasi)ga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini oʻzgartirishga, ularning unumdorligini oshirishga yoki boshqa sifat tavsiflarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnaviy eskirgan va fizik jihatdan yaroqsiz boʻlib qolgan asbob-uskunalarni unumliroq yangi asbob-uskunalarga almashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar. Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish va ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklarining kreditlar berishdan olgan daromadi (foydasi) deganda quyidagilar tushuniladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jalb etilgan mablagʻlar hisobiga berilgan kreditlar boʻyicha — bankning kreditlardan olgan foizli daromadi bilan ushbu jalb etilgan mablagʻlar boʻyicha foizli xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy tafovut (marja);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalpi kreditlar boʻyicha — yalpi kreditlash har bir qatnashchisining ushbu kreditlardan olgan foizli daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz mablagʻlari hisobiga berilgan kreditlar boʻyicha — ushbu kreditlardan olingan foizli daromad.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maqsadli dasturlar va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari investitsiya loyihalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Daromad (foyda) soligʻi yuzasidan hisob-kitoblarni tuzishda soliq solinadigan baza kamaytiriladigan daromad summasi belgilangan namunadagi hisob-kitob shaklining “Amaldagi soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan daromadni (foydani) kamaytirish (imtiyozlar boʻyicha maʼlumotnoma ilova qilinadi)” satrida aks ettiriladi. Imtiyozlar boʻyicha maʼlumotnomada ushbu summa alohida satrda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kredit berish fakti, kredit shartnomasidan tashqari, loyihaning biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asoslanishi bilan ham tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan kreditdan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchi koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalangan taqdirda kredit boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash boshqa maqsadlarda foydalanish sanasidan boshlab toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditdan maqsadli foydalanilganligi sotib olingan asbob-uskunalar qarz oluvchiga kelib tushgandan yoki modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlari tugallangandan keyin tijorat banki bilan qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan tegishli hujjat bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tijorat banklari mazkur Nizomning toʻgʻri qoʻllanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Nizomning toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.