Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.07.2006 yildagi PQ-420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 27.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010 YILGAChA DAVRDA JEROY-SARDARA KONI NEGIZIDA TARKIBIDA FOSFOR BOʻLGAN OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARISh VA EKSPORTGA YETKAZIB BERIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda respublikada fosforit xomashyosining mahalliy bazasini shakllantirish boʻyicha amaliy ishlar olib borildi. Bu oʻz navbatida uni import qilishdan voz kechish imkonini berdi. Jeroy-Sardara koni fosforit xomashyosidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarishning muqobil texnologiyasi yaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinishiga qaramay, hozirgi kungacha Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini foydalanishga topshirish taʼminlanmagan, buning natijasida fosforli oʻgitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda uskunalar va kommunikatsiyalarning eskirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi va energiya sarfini kamaytirishni taʼminlaydigan texnologik jarayonlarni takomillashtirishga, ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga, mashina- uskunalarni yangilashga, shuningdek konsentratlangan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ularning yigʻilib qolgan uyumlarini qayta ishlashning sanoat usullarini tadbiq etishga yetarli eʼtibor berilmayapti. Tarkibida fosfor boʻlgan mineral oʻgʻitlarni eksportga yetkazib berish hajmlarini oʻstirish surʼatlari yetarli darajada emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jeroy-Sardara koni zaxiralari negizida tarkibida fosfor boʻlgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmlarini yanada oshirish va eksport potensialini oʻstirish, shuningdek fosfor ishlab chiqarishidagi texnogen chiqindilarni qayta ishlashga jalb etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevga, Navoiy KMK Bosh direktori N.I.Kucherskiyga Qizilqum fosforit kombinatida fosfor rudasidan xloridlarni yuvish qurilmasini oʻz vaqtida foydalanishga topshirishni taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar qabul qilinmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bir hafta muddatda vazirliklar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosiga masʼuliyatsizlarcha yuzaki munosabatda boʻlish faktlarini koʻrib chiqsin va prinsipial baho bersin. Zarurat tugʻilganda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy choralarni qoʻllash boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy KMK tomonidan 2006-yilning VI choragida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibida 30 foizgacha R2O5 boʻlgan yiliga 400 ming tonna yuvilgan kuydirilgan fosfor konsentrati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibida 18-19 foiz R2O5 boʻlgan yiliga 200 ming tonna yuvilgan fosfor konsentrati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibida 16-18 foiz R2O5 boʻlgan yiliga 200 ming tonna fosfor uni hajmida fosforit mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlar ishga tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” DAKning “Samarqandkimyo” OAJda boyitilmagan Jeroy fosforitlarini azot kislota usuli bilan qayta ishlash orqali tarkibida azot-fosfor-kalsiy boʻlgan yangi oʻgit (nitrokalsiyfosfat) sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan yiliga 250 ming tonna quvvatga ega korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 250 ming tonna nitrokalsiy fosfat oʻgʻiti (NKFOʻ) ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan yangi korxona 2008-yil oxirida ishga tushirilishini taʼminlash yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2010-yilgacha davrda Jeroy-Sardara koni negizida tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish chora-tadbirlari Dasturining asosiy yoʻnalishlari hamda 2006—2010-yillarda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli parametrlari 1—3-ilovalarga muvofiq* maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” DAK rahbariyati zimmasiga Dasturda belgilangan asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5–7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-iyuldagi PQ-677-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 316-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlasin hamda Dasturning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining har chorakdagi majlislarida muntazam tinglab borishni amaliyotga tadbiq qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” DAKning fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalar manziliga fosforit xomashyosi ortilgan yoʻnalishlarda harakatlanish, shuningdek tarmoq korxonalaridan boshqa xomashyo va mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda yetkazib berishning normativ muddatlariga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoʻqon superfosfat zavodi” OAJga fosforit xomashyosini yetkazib berish uchun Tojikiston temir yoʻlining Soʻgʻd uchastkasini kesib oʻtish kodlari Navoiy KMKga zarur miqdorda milliy valyutaga sotilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun toʻlovlar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 1-maydagi 199-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“j) mineral oʻgʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida keyinchalik yana qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻgʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAK hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan birgalikda ikki hafta muddatda amaldagi hukumat qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 18-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-420-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 400-modda; 2007-y., 31-32-son, 316-modda)