13.08.2004 yildagi 392-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.08.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FARGʻONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARINI ISHGA QOʻSHISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining faoliyat koʻrsatib turgan ishlab chiqarish quvvatlarini ishga qoʻshishni taʼminlash, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan toʻldirish va neft mahsulotlarini sotishda birja savdolarida raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasi va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi oʻrtasida 2004-yilda va 2005-yilning birinchi choragida 400 ming tonna neftni ulushli xom ashyo tarzida qayta ishlash yuzasidan kontrakt tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodiga 1 tonna neftni qayta ishlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun kamida 15 AQSH dollari miqdorida, lekin qaror topgan xarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (Azizov) “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda “ZEROMAX LLC” AQSH kompaniyasi tomonidan keltiriladigan neftdan neft mahsulotlari ayrim turlari chiqishi normalarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta ishlanayotgan neftdan neft mahsulotlari chiqishi amaldagi koʻrsatkichlarining tasdiqlangan normalarga muvofiqligi ustidan qatiy nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida ulushli xom ashyo tarzida qayta ishlangan neftdan olingan avtomobil benzini va yoqilgʻi mazuti “ZEROMAX LLC” AQSH kompaniyasining “Oʻzgazoyl” (Oʻzbekiston) shuʼba korxonasi tomonidan sotib olinadi hamda tegishli soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻliq hajmda toʻlangan holda respublika ichida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil benzini — ulgurji isteʼmolchilarga sisternalarda toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib berilgan holda, shuningdek oʻzining yoki ijaraga olingan avtoyoqilgʻi quyish shaxobchalari orqali aholiga (belgilangan narxlarga rioya qilgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgi mazuti — Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi — ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq ulushli xom ashyodan ishlab chiqarilgan tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasining “Oʻzgazoyl” (Oʻzbekiston) shuʼba korxonasi — avtomobil benzini va yoqilgʻi mazuti uchun bojxona boji va aksiz soligʻi, shuningdek ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxonada rasmiylashtirishda yoqilgʻi mazuti uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va “ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasi oʻrtasidagi kontrakt boʻyicha ulushli xom ashyo tarzidagi neftni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari belgilangan tartibda kelishib olinishini, shuningdek mazkur kontraktning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va “ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasi oʻrtasida ulushli xom ashyo tarzidagi neftni qayta ishlash yuzasidan tuzilgan kontraktning hisobga qoʻyilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaga keltirilayotgan neft va uning tashqarisiga chiqarilayotgan neft mahsulotlarining toʻgʻri tashilishi ustidan tegishli nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi va “ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasining “Oʻzgazoyl” (Oʻzbekiston) shuʼba korxonasi tomonidan ushbu qarorga muvofiq neft va neft mahsulotlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” neftni qayta ishlashda hamda ushbu qarorga muvofiq neft mahsulotlarini sotishda qonun hujjatlarida belgilangan texnologik va boshqa normalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “ZEROMAX LLC” (AQSH) kompaniyasining “ZEROMAX Logisitics I№c” shuʼba kompaniyasiga 2004-yilda va 2005-yilning birinchi choragida ulushli xom ashyo shartlarida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida qayta ishlash uchun Sariagach-Bekobod, Konibodom-Oxunboboyev yoʻnalishi boʻyicha 400 ming tonna neftni tashish uchun (YET MDH 201005 pozitsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllari xalqaro yoʻllarda yuk tashish boʻyicha tarif siyosati stavkalariga 30 foiz miqdorida chegirma bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 13-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
392-son