“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom diniy ta’lim muassasalari (diniy o‘quv yurtlari)ning faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiyaning ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar diniy ta’lim sohasida faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan talablarga javob beruvchi mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan unga tegishli bo‘lgan binolar (xonalar) mavjud bo‘lishi;
diniy fanlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan o‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq o‘qitilishi;
voyaga yetmagan shaxslarni ularning irodasiga, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiylar)ning xohishiga xilof ravishda o‘qitishga, ta’lim jarayonida urush, zo‘ravonlik, prozelitizm va har qanday missionerlik faoliyati targ‘ib qilinishiga, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslari, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlik buzilishiga, O‘zbekiston to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarning diniy ma’lumotga hamda diniy tashkilotlarni boshqarish tegishli markaziy organining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘qitilishi;
bitiruvchilari diniy fanlarni o‘qitishga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan diniy ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxatini ishchi organ bilan kelishish;
diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan muddatlarda davriy attestatsiyadan o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan davlat ta’lim standartlari va talablariga muvofiq dunyoviy fanlarni o‘qitish;
o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur moddiy mablag‘lar (yoki ularning aniq manbalari) mavjud bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga, uning talabiga ko‘ra, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlar berish;
o‘quv jarayonida chet elda nashr etilgan, belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tgan diniy adabiyotdan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazilganda litsenziyani nazorat organlariga ko‘rsatish.
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida sanab o‘tilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanadigan faoliyat turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan binolar (xonalar)ga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risida yong‘indan saqlash va sanitariya-epidemiologiya organlarining xulosalari;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy mablag‘lar (yoki ularning aniq manbai)ning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
bitiruvchilari diniy fanlarni o‘qitishga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan diniy ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati;
diniy fanlarni o‘qituvchi shaxslarning diniy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning va mazkur faoliyatni amalga oshirishga diniy tashkilotlarni boshqarish markaziy organi ruxsatnomalari nusxasi;
ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
10. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
12. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Litsenziya talabgori arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziatning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi hamda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taklif taqdim etadi.
Komissiya ishchi organning taklifi olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi hamda qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan tegishli qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
15. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankasi namunasi ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat ishchi organ rahbariga yuklanadi.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori ishchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin yetti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taklif taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin uch kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish haqidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga taklif kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
34. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar ular bilan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular to‘lov asosida ishchi organdan aniq litsenziatlar to‘g‘risida litsenziyalar reyestridan ko‘chirmalar sifatida axborot olishlari mumkin.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
35. Diniy ta’lim muassasalariga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.