Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING GʻAZNACHILIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-mart,
53-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Gʻaznachilik oʻzining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) gʻazna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tizimiga bevosita unga boʻysunadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari kiradi.
4. Gʻaznachilik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda oʻz faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. Gʻaznachilik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bevosita va oʻzining hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Gʻaznachilik faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Gʻaznachilik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) Gʻaznachilik boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Gʻaznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar hisoblanadi.
II. Gʻaznachilikning asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagilar Gʻaznachilikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan, Davlat budjeti Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish;
budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
davlat xaridlari boʻyicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
xarajatlar smetalarida va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va ishlash.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Gʻaznachilikning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gʻaznachilik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun Gʻaznachilikning bank hisob raqamlariga mablagʻlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori boʻyicha yagona gʻaznachilik hisobvaragʻidan yoki Gʻaznachilikning boshqa hisob raqamlaridan mablagʻlar oʻtkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona gʻaznachilik hisob raqamida mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarga ular uchun moliya organlarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
manbalar boʻyicha tegishli budjet tizimi budjetlari daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
Davlat budjeti ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi;
moliya organlarining topshirigʻi boʻyicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan dotatsiyalar, subvensiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa toʻlovlarni quyi budjetlarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazadi;
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan va topshirigʻi boʻyicha budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan mablagʻlar uchun roʻyxatga olingan shartnomalarda yoki budjet mablagʻlarini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar)ning bevosita bank hisob raqamlariga toʻlovlarni amalga oshiradi;
budjet tashkilotlarini va budjet mablagʻlari oluvchilarni, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda qoidaga koʻra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga soliqlar, yigʻimlar hamda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar uchun budjet mablagʻlarini oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi;
birlamchi hujjatlar asosida Davlat budjeti gʻazna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;
budjet tizimi budjetlarining ijro etilishi haqida axborotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzlariga xizmat koʻrsatadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini ijro etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzining hududiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni, shu jumladan, Gʻaznachilik hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi budjet hisobini va hisobotlarni takomillashtirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va metodologik materiallarni ishlab chiqishda qatnashadi;
kichik biznes subyektlari unda keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartib-taomillarini takomillashtirish va ularni qoʻllashni kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalarning toʻliq va tizimli hisobini yuritadi;
davlat xaridlari boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlari boʻyicha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi;
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
IV. Gʻaznachilikning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. Gʻaznachilik quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida Gʻaznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur boʻlgan hisobot maʼlumotlarini soʻrab olish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan ular tomonidan Gʻaznachilikka roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;
belgilangan tartibda Davlat budjeti boʻsh mablagʻlarini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga oʻtkazish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlarida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablagʻlari hisobiga haq toʻlanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning toʻlov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar zimmasiga budjet mablagʻlarini oʻtkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun pul toʻlamaslik;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan Gʻaznachilikda (uning hududiy boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari toʻlovi boʻyicha toʻlov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;
narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovni budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar shartnomalari predmetiga muvofiq boʻlmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda toʻlovni toʻxtatib turish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari toʻlovini moliya organlari topshirigʻiga binoan toʻxtatib qoʻyish, bu toʻgʻrida tegishli budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarni xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning Gʻaznachilikda (uning boʻlinmalarida) roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar boʻyicha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilardan toʻlov muddati oʻtgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan koʻchirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar toʻgʻrisida hisobotlar va axborotlar olish;
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish;
davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
11. Gʻaznachilik quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti xarajatlarini yagona gʻazna hisob hisobvaragʻidan yoki Gʻaznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga berish.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻziga berilgan huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish hamda oʻz faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Gʻaznachilik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Javobgarligi
12. Gʻaznachilik xodimlari:
oʻzlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada ijro etmaganligi;
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
boshqa qonun buzilishlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Gʻaznachilik tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
13. Gʻaznachilik tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
14. Gʻaznachilikni lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadigan boshliq boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gʻaznachilik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosarlari Gʻaznachilik boshligʻining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
16. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Gʻaznachilik boshligʻi taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
17. Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
18. Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga boʻysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat koʻrsatadi.
19. Gʻaznachilik oʻziga berilgan vakolatlarga muvofiq oʻz hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 109-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/262/0516-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)