26.02.2007 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMI XODIMLARI UCHUN YAGONA TARIF SETKASI TARMOQ KOEFFITSIYENTLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga muvofiq hamda ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ijodiy-ishlab chiqarish va muhandis-texnik xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish, shuningdek, ularning kasb darajasini va malakasini oshirishi uchun ragʻbatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasiga binoan hisoblab chiqilgan lavozim maoshlariga (koʻpaytiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda):
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi”, “Maʼrifat” ijodiy birlashmasi”, “Sport” ijodiy birlashmasi”, “Oʻzbektelefilm” davlat muassasalari, shuningdek, “Yoshlar” ijodiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparati xodimlari uchun — 1,15 miqdorida;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga va professional talablarga muvofiq Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun — 1,1 miqdorida tarmoq koeffitsiyentlari joriy etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-oktabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 43-son, 495-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlariga tarmoq koeffitsiyentlarini joriy etish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, uning tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek, hududiy boʻlinmalariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shtatdagi xodimlar sonini maqbullashtirish va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-oktabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 43-son, 495-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va professional talablarni hisobga olib xodimlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 83-modda; 2012-y., 43-son, 495-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)