O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mustaqillik yillarida respublikada ichki bozorni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash ta’minlanmoqda, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Avtotransport vositalarining bir qismini suyultirilgan va siqilgan gazga o‘tkazish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng tarmoqli infratuzilma tashkil etildi.
Iqtisodiyotning o‘sishi va unga bog‘liq ravishda avtotransport vositalari sonining ko‘payishi avtomobil yonilg‘isiga, shu jumladan suyultirilgan va siqilgan gazga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda, suyultirilgan va siqilgan gazdan foydalanish hajmini tegishli ravishda ko‘paytirish, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarini va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq strategiya belgilanmagan.
Avtotransport vositalarini ekologik toza yonilg‘i turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, avtomobil benzinini ular bilan almashtirish, respublikaning transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va ushbu maqsadlarda investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarini xalqaro va viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘ylab maqbul joylashtirishning loyiha sxemalarini kiritsinlar.
6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘zdavneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga 3, 3a, 4 va 4a-ilovalarga muvofiq prognoz parametrlar bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan avtotransport vositalari konstruksiyasining loyiha hujjatlariga va yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2007-yil 10-fevral,
30-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 64-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)