OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI BOSHLIGʻINING
Buyrugʻi
CHIPTA-HISOB VA YOʻL VARAQALARINI TOʻLDIRISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyunda 1282-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 29-martdagi 7-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3615, 29.03.2025-y.) asosan 2025-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 1-bandiga asosan buyuraman:
1. “Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma”ning (2003-yil 9-oktabr, roʻyxat raqami 1282 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) 1-bandining oʻn ikkinchi xatboshidagi “yoki jismoniy” soʻzlari olib tashlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-may,
48-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 214-modda)