Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-aprel,
PQ-324-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 1 va 3-ilovalarining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK” nomli boʻlimlardagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻziga almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qarori 3-ilovasining “Tasarrufga olingan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi:
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻziga almashtirilsin;
“Davkimyokomissiyaning ekspert guruhi” soʻzi olib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-son qarorining 12-1-ilovasidagi “Tovarlar nomi” jadvalidagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” soʻzi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻziga almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 132-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)