O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI UChUN YAGONA YER SOLIG‘INI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 10 OKTYABRDAGI PF-2086-SON FARMONIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-sonli Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ini joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etiladigan bog‘dorchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklari ularni davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab yagona yer solig‘i to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Soliq solishdan bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga, bog‘ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni kengaytirishga yo‘naltiriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-aprel,
PF-3741-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 16-son, 131-modda)