O‘zbekiston Respublikasining qonuni
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda):
7-1-moddasining ikkinchi qismidan, 23-moddasi to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisidan, 23-1-moddasi birinchi qismining 2-bandidan va 169-moddasining birinchi qismidan tegishincha “aybni og‘irlashtiradigan holatlarda qilingan chayqovchilik (175-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari)”, “chayqovchilik bilan aybni og‘irlashtiruvchi holatlarsiz shug‘ullanganlik (175-moddaning birinchi qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
175-moddasi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda):
78-moddasining ikkinchi qismidan “114-moddasining 2, 3, 4-qismlarida, 115-moddasining 2, 3, 4-qismlarida, 116-moddasida, 117-moddasining 2 va 3-qismlarida, 118-moddasining 2 va 3-qismlarida, 119-moddasining 2 va 3-qismlarida, 119-1-moddasida, 121-moddasining “b” va “v” bandlarida, 122-moddasining 2-qismida; 175-moddasining “b” va “v” bandlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
108-moddasining: birinchi qismidan “175-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlarida”, uchinchi qismidan “130-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida”, to‘rtinchi qismidan “130-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida; 175-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ushbu moddaning beshinchi qismi “78-1” raqamidan so‘ng “130” raqami bilan to‘ldirilsin;
379-moddasidagi “104, 114-1-moddalarida” degan so‘zlar “104-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin va “122-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi Kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda):
21-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridan, 232-moddasidan, 273-moddasining uchinchi qismidan, 278-moddasining ikkinchi qismidan, 288-moddasining ikkinchi qismidan, 295-moddasidan, 305-moddasining birinchi qismidan va 231-moddasining ikkinchi xatboshisidan “171” raqami chiqarib tashlansin;
171-moddasi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi Kodeksining ayrim moddalarini qo‘llanish tartibi to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axbortnomasi, 1993-yil, № 1, 35-modda) chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-dekabr,
1009-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 18-modda)