02.09.1993 yildagi 913-XII-son
Hujjat 17.08.2021 sanasi holatiga
Hujjat 19.12.2023 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati

Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.

Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi boʻlib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi.

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladilar.

2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshligʻini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.

Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi boʻyicha farmon qabul qiladi.

Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.

Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga boʻysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega boʻlib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

4-modda. Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda oʻzini oʻzi boshqarishni rivojlantirishga koʻmaklashadilar, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini yoʻnaltirib turadilar.

Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur boʻlgan hollarda oʻz faoliyati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi.

5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasi boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatishga haqlidirlar.

6-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda oʻzga tartib belgilanmagan boʻlsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xalq deputatlari Kengashi va hokim oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

II BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSI

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud boʻlib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq Oʻzbekiston Respublikasi mulkida boʻlgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga koʻra yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.

Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xoʻjalik yuritish uchun berilgan davlat mulki obyektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yoʻlga solinadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi oʻzlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyatini erkin yuritishga toʻsqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.

8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki
8-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida oʻziga berilgan yoki qonunchilikka muvofiq oʻzi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini toʻliq amalga oshiradi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol-mulki, mahalliy budjetlarning mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega boʻlgan muhandislik infrastrukturasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablagʻi hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qogʻozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki boʻlishi mumkin.

81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:

fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar.

Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalarining mablagʻlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turadi, olib qoʻyilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga koʻra sarflanadi.

9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish

Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan doirada boshqaradi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida boʻlgan obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
Viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga boʻlgan huquqini bekor qilishga haqli.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yer munosabatlariga doir boshqa masalalarni hal qiladilar.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyat va Toshkent shahar hokimi yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishga, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini bekor qilishga haqli.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuman, shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yer uchastkasini yoki uning bir qismini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Xalq deputatlari Kengashi, hokim qonunchilikka muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal qiladi.
IV BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARINING STRUKTURASI VA ULAR FAOLIYATINING TASHKILIY ASOSLARI

16-modda. Xalq deputatlari Kengashini saylash

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat boʻladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq viloyat, tuman, shahar aholisi tomonidan saylanadigan xalq deputatlaridan iborat boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari Kengashlariga saylov oʻtkazilmaydi.
17-modda. Xalq deputatlari Kengashining sessiyalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy ish shakli sessiyadir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin xabardor qilinadi.

Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi va u keksa deputatlardan biri tomonidan ochiladi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u yoʻqligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning topshirigʻiga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qiladi.

Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini oʻtkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi.

Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyasida muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan masalalar boʻyicha esa deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
18-modda. Xalq deputatlari Kengashining Ish tartibi

Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni qarab chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni tinglash, deputatlar soʻrovlarini, qaror loyihalarini qarab chiqish, ovoz berish, qarorlarni eʼlon qilish, sessiyaga taklif etiladigan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning masʼuliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining Ish tartibiga muvofiq belgilanadi.

19-modda. Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, vakolatlari doirasida nazorat oʻrnatish maqsadida xalq deputatlari Kengashi oʻz vakolati muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi. Komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan taʼminlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs boʻlib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bogʻliq boʻlmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan uning vakolati muddatiga tayinlanadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻz nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega boʻladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

V BOB. MAHALLIY IJROIYA HOKIMIYATI ORGANLARI

21-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati

Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega boʻladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosarlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi.

Tuman, shahar hokimining oʻrinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi.

Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimining oʻrinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning oʻrinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yoʻqligida yoki u zimmasidagi vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda uning vakolatlarini birinchi oʻrinbosar yoki hokimning topshirigʻiga binoan uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.

Hokim, uning oʻrinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.

22-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining strukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qoʻyiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy strukturasi va shtatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilab qoʻyiladi.

23-modda. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning oʻzga tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oraligʻidagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga kiritiladi.

Basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning oʻzga tartibi belgilanmagan boʻlsa, tumanga boʻysunadigan shahar ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.

VI BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI VA HOKIMLARNING VAKOLATLARI

24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:

hokimning taqdimiga binoan, hududni rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda qabul qilish;

viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini maʼlumot uchun qabul qilish;

viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorlarni tasdiqlash;

tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;

viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;

hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning oʻrinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;

xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini oʻzgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini eʼtirof etish va muddatidan oldin toʻxtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

ijroiya hokimiyati boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

tegishli prokurorlarning hisobotlarini eshitish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

tegishincha sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining axborotini eshitish;

xalq deputatlarining soʻrovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va olib qoʻyilgan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta oʻz majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining tegishli sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi. Xalq deputatlari Kengashining mazkur masala yuzasidan qarori Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga yuboriladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir oʻz vakolatlariga berilgan masalalarni, tashkiliy masalalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat etishga doir boshqa masalalarni hal etadi.

25-modda. Hokimning vakolatlari
25-modda. Hokimning vakolatlari
Viloyat, tuman va shahar hokimi:
Viloyat, tuman va shahar hokimi:
qonunlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjet soʻrovini tuzish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;

viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;

tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

oʻz oʻrinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;

hokimlik devoni boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining ishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish koʻradi;

qonunchilikda belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.

Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlashga doir talablarni qoʻpol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq daʼvolar bilan sudga murojaat qiladi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:
navbatdagi yil uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun;
oʻtgan moliya yili uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun yuboradi.
Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xoʻjaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonunchilikda oʻz vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish

Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatlarda va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.

Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.

Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart.

252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, ularning oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini taʼminlash holati toʻgʻrisida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.
253-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari boshliqlarining axborotini eshitish

Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.

Hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.

Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.

254-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini cheklash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin.
255-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
VII BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGASHI VA HOKIMNING FAOLIYATIDA QONUNIYLIKNING KAFOLATLARI

26-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari oʻzining amal qilishini tugatadi.

Hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻxtatiladi va bekor qilinadi.

27-modda. Yuqori turuvchi hokimiyat organlari qarorlarining quyi organlar uchun majburiyligi

Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir.

28-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish va protest keltirish

Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

29-modda. Hokimning prokuror protest bildirgan qarorlari qayta koʻrib chiqilishi majburiyligi

Hokimning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning oʻzi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
1993-yil 2-sentabr,
913-XII-son
913-XII-son