Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 31.10.1990 yildagi 152-XII-son
Дата вступления в силу
23.11.1990
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 25.10.2023 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKCHILIK TOʻGʻRISIDA |
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR”, “Qoraqalpogʻiston MSSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR”, “Qoraqalpogʻiston MSSJ” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. |
Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. | Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. | Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. |
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR | I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR |
1-modda. Mulkiy huquq | 1-modda. Mulkiy huquq |
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi. |
2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. | 2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. |
Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. | Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. |
3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin. | 3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin. |
4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. | 4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻgʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir. |
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan taʼminlanadi. | Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan taʼminlanadi. |
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. | 5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. |
2-modda. Mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunchilik |
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi. | 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi. |
3-modda. Mulkiy huquq obyektlari | 3-modda. Mulkiy huquq obyektlari |
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir: | 1. Quyidagilar mulk obyektlaridir: |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati. | Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati. |
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi. | 2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, sanʼat asarlari, axborot, ilmiy gʻoyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi. |
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi. | 3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi. |
4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir. | 4. Mol-mulkdan xoʻjalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir. |
4-modda. Mulkiy huquq subyektlari | 4-modda. Mulkiy huquq subyektlari |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin. |
5-modda. Mulk shakllari | 5-modda. Mulk shakllari |
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi: | 1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi: |
xususiy mulk; | xususiy mulk; |
shirkat (jamoa) mulki; | shirkat (jamoa) mulki; |
maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki; | maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (munitsipal mulkdan) iborat davlat mulki; |
aralash mulk; | aralash mulk; |
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki. | boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi. |
6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish | 6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish |
1. Yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. | 1. Yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin. |
Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno. | Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaxslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaxslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno. |
2. Jismoniy shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar. | 2. Jismoniy shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar. |
Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar daʼvolariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. | Jismoniy shaxslarning qarz beruvchilar daʼvolariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. |
II BOʻLIM. XUSUSIY MULK | II BOʻLIM. XUSUSIY MULK |
7-modda. Xususiy mulk | 7-modda. Xususiy mulk |
1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin. | 1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin. |
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin. | 2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin. |
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablagʻlaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi. | 3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablagʻlaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi. |
4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi. | 4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi. |
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qoʻlga kiritadi. | 5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qoʻlga kiritadi. |
“Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaxs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi; | “Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaxs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi; |
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir. | Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir. |
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir. | Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir. |
6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi. | 6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi. |
7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qoʻyiladi. | 7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qoʻyiladi. |
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin. | 8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin. |
III BOʻLIM. SHIRKAT (JAMOA) MULKI | III BOʻLIM. SHIRKAT (JAMOA) MULKI |
8-modda. Umumiy qoidalar | 8-modda. Umumiy qoidalar |
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi. | 1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi. |
2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar va boshqa xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan taʼminlanadi. | 2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini kooperativlar, boshqa xoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy ravishda birlashtirish bilan taʼminlanadi. |
3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi. | 3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi. |
9-modda. Oilaviy mulk | 9-modda. Oilaviy mulk |
Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. | Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. |
Oilaviy mulk huquqi oʻz subyektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan xususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin. | Oilaviy mulk huquqi oʻz subyektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan xususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin. |
10-modda. Mahalla mulki | 10-modda. Mahalla mulki |
1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlangʻich boʻgʻinlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yoʻsinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat. | 1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlangʻich boʻgʻinlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yoʻsinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat. |
2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar — mahalla mulkini toʻla xoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi. | 2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subyektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar — mahalla mulkini toʻla xoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi. |
11-modda. Kooperativ mulk | 11-modda. Kooperativ mulk |
1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir. | 1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugʻullanish uchun aʼzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir. |
2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi. | 2. Kooperativ mulk uning aʼzolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi. |
3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. | 3. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. |
12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki | 12-modda. Ijaraga olingan korxona mulki |
Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablagʻi hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir. | Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablagʻi hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir. |
Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi aʼzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻgʻrisidagi qonunchiligi asosida belgilanadi. | Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi aʼzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻgʻrisidagi qonunchiligi asosida belgilanadi. |
13-modda. Kollektiv korxonasining mulki | 13-modda. Kollektiv korxonasining mulki |
1. Kollektiv korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi aʼzolarining mulkiga oʻtgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda koʻzda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. | 1. Kollektiv korxonasining mulki ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda yuzaga keladi. |
Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir. | Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir. |
2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qoʻshgan hissalar belgilab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi. | 2. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qoʻshgan hissalar belgilab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan ijaraga olingan korxona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi. |
Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korxona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi. | Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korxona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi. |
Korxona bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi. | Korxona bilan mehnat munosabatlarini toʻxtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi. |
Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi. | Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) budjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi. |
14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki | 14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki |
1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi. | 1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi. |
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin. | 2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin. |
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin. | 3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin. |
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir. | 4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir. |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin. |
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi. | |
15-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki | 15-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki |
1. Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. | 1. Korxona va tashkilotlarning xoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va hududiy birlashma) unga korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir. |
2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. | 2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korxona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. |
3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻxtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) eʼtiborga olgan holda taqsimlanadi. | 3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻxtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korxona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) eʼtiborga olgan holda taqsimlanadi. |
16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki | 16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki |
1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan taʼminlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin. | 1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan taʼminlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy maʼrifiy va sogʻlomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin. |
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablagʻlari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham boʻlishi mumkin. | Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablagʻlari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham boʻlishi mumkin. |
Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari aʼzo boʻlish va aʼzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; oʻtkazilgan lotereyalardan tushgan mablagʻlar; ishlab chiqarish-xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. | Jamoat birlashmalarining pul mablagʻlari aʼzo boʻlish va aʼzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; oʻtkazilgan lotereyalardan tushgan mablagʻlar; ishlab chiqarish-xoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. |
Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi. | Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin. |
Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzga davlatlardan keladigan pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. | Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzga davlatlardan keladigan pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. |
Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olishga haqli emaslar. | Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va oʻzga moddiy yordam olishga haqli emaslar. |
2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi. | 2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi. |
17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki | 17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki |
1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin. | 1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin. |
Diniy tashkilotlar oʻz mablagʻiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. | Diniy tashkilotlar oʻz mablagʻiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. |
Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. | Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi. | Oʻzbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi. |
Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. | Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. |
2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi. | 2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi. |
IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI | IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI |
18-modda. Umumiy qoidalar | 18-modda. Umumiy qoidalar |
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar. |
2. Oʻzbekiston Respublikasining, maʼmuriy-territorial tuzilmaning budjet yoki boshqa mablagʻlari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻi hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining mulki yoki maʼmuriy-territorial tuzilmaning mulki boʻladi. | 2. Oʻzbekiston Respublikasining, maʼmuriy-hududiy tuzilmaning budjet yoki boshqa mablagʻlari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻi hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining mulki yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmaning mulki boʻladi. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi va maʼmuriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Maʼmuriy-territorial tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz maʼmuriy-hududiy tuzilmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Maʼmuriy-hududiy tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning maʼlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin. | 4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning maʼlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin. |
Davlatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. | Davlatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. |
19-modda. Davlat mulkining obyektlari | 19-modda. Davlat mulkining obyektlari |
1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga: | 1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga: |
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi; | yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi; |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki; | Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki; |
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari; | jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari; |
jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari; | jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari; |
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy oʻquv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi. | davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy taʼlim tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi. |
2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. | 2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. |
20-modda. Davlat mulkining subyekti | 20-modda. Davlat mulkining subyekti |
Oʻzbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi. |
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki | 21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki |
Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turiladi. | Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turiladi. |
22-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulki (kommunal mulk) obyektlari Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi. 23-modda. Maʼmuriy-territorial tuzilma mulkining subyektlari (kommunal mulk) Tegishli maʼmuriy-hududiy tuzilmaning aholisi kommunal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar. 24-modda. Davlat korxonasining mol-mulki 1. Davlat mulki boʻlgan va davlat korxonasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulk toʻla xoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir. Korxona oʻz mol-mulki bilan toʻla xoʻjalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan oʻz xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Toʻla xoʻjalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, mulkchilik huquqi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi. 25-modda. Davlat korxonasi mehnat kollektivi aʼzolarining mulki 1. Soliqlar va boshqa budjetga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi aʼzolarining mulkiga aylanib, undan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va korxona ustaviga muvofiq foydalaniladi. 2. Mehnat kollektivining aʼzosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi boʻladi. Korxona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi aʼzolariga (vorislarga) budjet, banklar bilan va korxonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan toʻlanadi. | 22-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulki (munitsipal mulk) obyektlari Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar munitsipal mulk hisoblanmaydi. 23-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining subyektlari (munitsipal mulk) Tegishli maʼmuriy-hududiy tuzilmaning aholisi munitsipal mulkning subyektidir. Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar. |
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki | 26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki |
1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi. | 1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi. |
2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar. | 2. Davlat budjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar. |
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi. | 3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablagʻlari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi. |
V BOʻLIM. ARALASH MULK | V BOʻLIM. ARALASH MULK |
27-modda. Aralash mulk huquqi | 27-modda. Aralash mulk huquqi |
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablagʻlarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablagʻlarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. | Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablagʻlarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablagʻlarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. |
Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. | Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi. |
27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish | 27-1-modda. Davlat mol-mulkini xususiylashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) boʻlmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga oʻtkazib berilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk) boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlari, davlat ulushlari (aksiyalari) va davlat muassasalari davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida jismoniy hamda nodavlat yuridik shaxslarga toʻliq yoki qisman xususiy mulk qilib realizatsiya qilinishi mumkin, bundan davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno. |
VI BOʻLIM. AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI | VI BOʻLIM. AJNABIY FUQAROLAR, TASHKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI |
29-modda. Chet el fuqarolarining mulki | 29-modda. Chet el fuqarolarining mulki |
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. | Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. |
30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki | 30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki |
Chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan taʼminlanadi. | Chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan taʼminlanadi. |
31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki | 31-modda. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning mulki |
Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi. | Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi. |
VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI | VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING KAFOLATI VA HIMOYA QILINISHI |
32-modda. Mulkiy huquqning kafolati | 32-modda. Mulkiy huquqning kafolati |
1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi. | 2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi. |
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi | 33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi |
1. Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir. | 1. Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir. |
2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin. | 2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin. |
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi. | 3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi. |
4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla xoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega. | 4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega. |
34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻxtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish | 34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻxtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish |
1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻxtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻxtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi. | 1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻxtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻxtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi. |
Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻxtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi. | Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻxtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi. |
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi. | 2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi. |
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi. | Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin. |
35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi | 35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi |
Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi. | Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi. |
Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablagʻ hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart. | Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablagʻ hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart. |
36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi | 36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi |
Davlat organlari mulkdorga yoxud toʻla xoʻjalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas. | Davlat organlari mulkdorga yoxud bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas. |
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar. | Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1990-yil 31-oktabr, | 1990-yil 31-oktabr, |
152-XII-son | 152-XII-son |