O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MADRID BITIMIGA DOIR BAYONNOMAGA (MADRID, 1989-YIL 27-IYUN) MUVOFIQ BELGILARNI XALQARO RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA UNDIRILADIGAN YAKKA TARTIBDAGI BOJLARNING STAVKALARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun)” qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining valyuta hisob raqamiga tushadigan yakka tartibdagi boj mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
92 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi;
8 foizi ulardan Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashganlik uchun a’zolik badallarini to‘lashda foydalanish uchun (kamida 50 foizi), shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-dekabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Madrid bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlar stavkalari
| Boj kodi | Bojning nomi | Stavkalar (AQSH dollari) |
| 1. | Belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida paydo bo‘ladigan muhofaza qilishni yoyish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun: | |
| 1.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1200 |
| 1.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun: | 120 |
| 2. | Jamoa belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida paydo bo‘ladigan muhofaza qilish yoyilishi to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek hududiy kengaytirish to‘g‘risidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilganligi uchun: | |
| 2.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1800 |
| 2.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 180 |
| 3. | Ko‘rsatib o‘tilgan Bayonnomaga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 3.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 600 |
| 3.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 60 |
| 4. | Ko‘rsatib o‘tilgan Bayonnomaga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamoa belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uzaytirilganligi uchun: | |
| 4.1. | belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining bir klassi uchun | 1200 |
| 4.2. | bir klassdan ortiq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning har bir qo‘shimcha klassi uchun | 120 |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 515-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 21-son, 395-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)