14.12.2006 yildagi PQ-531-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODIDA ISHLAB CHIQARISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA RESPUBLIKA AVTOTRANSPORT PARKINI YANGILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish, respublika avtotransport vositalari parkini toʻldirish va yangilash, shuningdek yoʻlovchilar va yuk tashish xavfsizligini oshirish hamda atmosferaga zararli chiqindilar chiqarishni qisqartirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzavtosanoat” AK Turkiyaning “Koch” kompaniyalari guruhiga tegishli “SamKochavto” YOTAJ aksiyalarining 50 foizini sotib oldi, natijada korxona 100 foizlik Oʻzbekiston kapitali bilan “Samarqand avtomobil zavodi” MChJga aylantirildi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zavodda “ISUZU Motors” kompaniyasi (Yaponiya)da ishlab chiqarilgan shassilarda avtobuslarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi, ularni yetkazib berish “ITOCHU Korporeyshn” Yaponiya kompaniyasi tomonidan 3752 avtokomplekt, shu jumladan 2006-yilda — 252 komplekt, 2007-yilda — 1500 komplekt, 2008-yilda — 2000 komplektni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand avtomobil zavodi negizida zamonaviy avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “Oʻzavtosanoat” AKning Yaponiyaning “ITOCHU Korporeyshn” hamda “ISUZU Motors” kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish loyihasining biznes-rejasi va texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzavtosanoat” AK va “Asaka” bankining “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ mahsulotlarini lizing asosida sotish uchun 6 mlrd. soʻm boshlangich ustav kapitaliga ega boʻlgan 5 yil muddatgacha va lizing kompaniyasi daromad stavkasi (marja)ni yiliga 5 foizdan oshirmagan holda “Oʻzavtosanoat-Lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish va moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ ishlab chiqargan avtobuslar va yuk mashinalarining xaridorlari, shu jumladan “Oʻzavtosanoat-Lizing” lizing kompaniyasi avtozavod mahsulotlarini birinchi marta sotib olishda Respublika yoʻl fondiga yigʻim toʻlashdan 2014-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2007-yilning 1-martidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“M2”, “MZ” va “N2” toifalaridagi foydalanilgan avtotransport vositalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zararli chiqindi chiqarish darajasi “Yevro-2” ekologik daraja talablariga javob bermaydigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yuqorida koʻrsatilgan toifalardagi yangi avtotransport vositalarini, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab esa, TR TIF 8703 va 8705 kodlariga toʻgʻri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, “Yevro-3” ekologik daraja talablariga javob bermaydigan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir oy muddatda, yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, foydalanish muddati 10 yildan oshgan avtobuslar va mikroavtobuslarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarning aniq dasturi va normativ bazasini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 14-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-531-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 506-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda)