Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSIGA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda maʼqullangan
2006-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 223-moddaning birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 224-moddaning:
birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar “ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda) 225-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismning sanksiyasidagi “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “besh baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar “yigirma baravaridan yuz ellik baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “ikki baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 15-dekabr,
OʻRQ-70-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 498-modda)