OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TOʻLOVLARNI QARZDOR KORXONA VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TOʻGʻRISIDAGI XOʻJALIK SUDLARI QARORLARINI IJRO ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-noyabrda 1250-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-oktabrdagi 2, 7433, 76, 2012-30, 230-V-2-sonli ““Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1250-2, 10.10.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ–458-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 2003-yil 12-iyundagi 05-20-247, 01-226, 71, 01 va 230-V-sonli qaroriga (2003-yil 12-iyun, roʻyxat raqami 1250) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-noyabr,
31-son
Oliy xoʻjalik sudi raisi A. IShMETOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-noyabr,
SP-01/755-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-noyabr,
98-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-noyabr,
2006-50-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-noyabr,
230-V-1-son
Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorda:
a) muqaddimadagi “2003-yil 21-yanvardagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-sonli” degan soʻzlar “2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “boʻlimlari” degan soʻz “boshqarmalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
v) 2-banddagi “boʻlinmalari” degan soʻz “boʻlimlari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada:
a) muqaddimadagi “2003-yil 21-yanvardagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-sonli” degan soʻzlar “2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 21-bandda “boʻlimlari” degan soʻz “boshqarmalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 9, 12-bandlarda “boʻlinmasi” degan soʻz “boʻlimi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 20-bandda “boʻlinmalari” degan soʻz “boʻlimlari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Yoʻriqnomaga ilovada:
a) “boʻlimi” degan soʻz “boshqarmasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) “boʻlinmasi” degan soʻz “boʻlimi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda; 2012-y., 41-42-son, 487-modda)