Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 30.08.1997 yildagi 479-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Hujjat 15.12.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi 1998-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlariga kelib tushgan va 1998-yil 1-yanvargacha koʻrilmagan ishlar Oʻzbekiston Respublikasining yangi Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiq koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlgan fuqarolar oʻrtasidagi xoʻjalik nizolarini koʻrish va hal qilish shartlari hamda tartibiga taalluqli normativ hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining yangi Xoʻjalik protsessual kodeksiga zid boʻlmagan qismi 1998-yil 1-yanvardan keyin ham amal qilaveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat boji stavkalarini va ularni undirish tartibini belgilovchi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgunga qadar apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari uchun davlat boji xoʻjalik sudi hal qiluv qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻgʻrisidagi arizalar uchun haq toʻlash yuzasidan belgilangan miqdorda va tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda uch oylik muddat ichida qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar 1998-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 371-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining IX boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 30-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
479-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 235-modda)