05.05.1994 yildagi 1040-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.05.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“MUSTAQILLIK” ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Mustaqillik” ordeni taʼsis etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Mustaqillik” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Mustaqillik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1040-XII-son

1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Mustaqillik” ordeni toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. “Mustaqillik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mustaqillik” ordeni bilan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Mustaqillik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Z. “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Mustaqillik” ordenini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining ellik karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Mustaqillik” ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga taqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Mustaqillik” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-mayda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“MUSTAQILLIK” ORDENINING TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mustaqillik” ordeni dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi. Orden ikki yon bagʻridan zarhal nur taralgan sakkiz qirrali yulduz koʻrinishida boʻladi. Yulduzning burchaklari orasida taram boʻlib tarqalayotgan yoqutrang emal bilan qoplangan nurlar joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlarining orasi 48 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri 44 millimetr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning markazida mustaqillik ramzi boʻlmish kumush rangdagi Humo qushi tasvirlangan. Humo qushi ortidagi, rangli emaldan ishlangan manzara Oʻzbekiston goʻzalligi va boyligining ramziy ifodasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Humo qushini oʻrab turgan aylananing yuqori qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi — yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan sath aylanasining diametri 9 millimetr, yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo boʻlgan sath aylanasining diametrlari tegishlicha 5 va 3 millimetrdir. Aylananing tepa qismida oʻn ikkita insoniy fazilat ramzi boʻlgan, diametri 2 millimetrli oʻn ikkita yoqut tosh bor. Aylananing diametri 31 millimetr, eni esa 5 millimetrdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylananing pastki qismida yoqutrang emal bilan qoplangan “MUSTAQILLIK” degan yozuv bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning orqa tomoni botiq boʻlib, markazida ordenni taqish uchun oʻyma shtift va burab kirgiziladigan murvat bor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pastki qismida ordenning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning qalinligi 4 millimetr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ordenning ogʻirligi 32,5 gramm.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 115-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)