Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.10.2006 yildagi PQ-486-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“KAMOLOT” YoShLAR IJTIMOIY HARAKATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA UNING FAOLIYAT SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan ushbu maqsadda amalga oshirilayotgan barcha ishlarga, shu sohaga bevosita masʼul va daxldor boʻlgan davlat va jamoat birlashmalari faoliyatiga ana shu nuqtai nazardan baho berish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼkidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtgan davr mobaynida mazkur tashkilot Markaziy kengashi va uning joylardagi boʻlimlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, respublikamizning aksariyat tuman va shaharlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazi” tashkil etilgani, yoshlarning oldida turgan muammolarni echish, ularning madaniy saviyasini, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar, turli koʻrik-tanlov va uchrashuvlarni uyushtirish, oʻquvchi va talabalar oʻrtasida “Kamolot” faoliyatini targʻib qilish bilan bogʻliq qator ishlar qilinganini aytib oʻtish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, taʼkidlash lozimki, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga asos boʻlgan Dastur va Nizomning amalda bajarilishini, mazkur tashkilot tomonidan yoshlarning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy-maʼnaviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida oʻz joyini topishiga koʻmaklashish borasida olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholab boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harakat faoliyatini tashkil etishda aksariyat hollarda rasmiyatchilik, byurokratik yondashuv, kampaniyabozlikka yoʻl qoʻyilayotgani, uning yoshlar duch kelayotgan amaliy muammolardan uzoqlashib qolgani, isteʼdodli, tabiiy yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan yigit-qizlarni “Kamolot”ga jalb etish, ularga koʻproq erkinlik va oʻz tashabbuslarini namoyon qilishi uchun sharoit va imkoniyat yaratib berish bilan bogʻliq kamchiliklar jiddiy tashvish uygʻotmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan va davlat siyosati darajasida qabul qilingan, yoshlar muammolarini echishga qaratilgan dastur va tadbirlarni amalga oshirishda, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodning hayotda oʻz munosib oʻrnini topishi, ularni, birinchi navbatda qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan taʼminlash, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi, sogʻlom turmush kechirishi uchun imkoniyat tugʻdirish, farzandlarimiz ongida zamonaviy dunyoqarashni qaror toptirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi oʻta muhim masalalarda Harakatning hissasi, oʻrni va taʼsiri yetarli darajada sezilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy oʻquv yurtlari, kollej va maktablardagi oʻquv jarayonlarining darajasi va sifati haqida ijtimoiy soʻrovlar orqali yoshlarning fikr-mulohazalari, maqsad va intilishlarini oʻrganish, hayotimizdagi echilmagan muammolar, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish nimalarga bogʻliq ekani haqida bahs va muloqotlar oʻtkazish, kerakli xulosa chiqarish va takliflar tayyorlash masalalari ham “Kamolot” eʼtiboridan chetda qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hayotida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatining samarasini oshirish, uni birinchi navbatda yoshlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini har tomonlama himoya qilishga qodir boʻlgan taʼsirchan tashkilotga aylantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga daxldor boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan yoshlar masalalarini, avvalambor ularning dolzarb muammolarini echish, jamiyatdagi oʻrni va mavqeyini oshirishda yoʻl qoʻyilayotgan sovuqqonlik, beparvolik va masʼuliyatsizlik holatlarini bartaraf etish, eng asosiysi, hayotga kirib kelayotgan avlodning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bu borada “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga suyanish va tayanish vazifasi mazkur davlat tashkilotlari faoliyatining muhim yoʻnalishi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasi (R. Qosimov) “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tashkilotning Dasturi va Nizomiga tegishli oʻzgartishlar kiritish, uning tarkibiy tuzilmasini yangitdan tasdiqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Maslahat kengashining Harakatning navbatdagi II qurultoyini 2006-yil noyabr oyining oxirida oʻtkazish va uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan dasturni kun tartibining asosiy masalasi sifatida belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi qurultoyiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha boshlangʻich va quyi tashkilotlarning takliflari asosida tayyorlangan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq maʼqullansin va qurultoyni oʻtkazish hamda yoritishda Harakat faoliyatini chuqur tahlil qilib, tanqidiy baho berish, mamlakatimiz yoshlari oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Shamshiyev va Bosh vazir oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 10-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-486-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 412-modda)