O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISh TIZIMI TAKOMILLAShTIRILGANLIGI HAMDA ULARNING MOLIYAVIY JAVOBGARLIGI ERKINLAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda ma’qullangan
2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi 625-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoxud uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 48-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘rsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”;
3) 50-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘rsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1741-modda bilan to‘ldirilsin:
“1741-modda. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Emitentlar va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki o‘z vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki o‘z vaqtida topshirmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Investorlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli daromadlarni investorlarga to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 227-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“227-modda. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi
Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib o‘tish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) quyidagi mazmundagi 2271—22727-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“2271-modda. Bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga noto‘g‘ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2272-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan holda chora ko‘rmaslik
Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2273-modda. Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda ko‘rsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik
Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 61-moddasida nazarda tutilgan muddatda bojxona organlariga ko‘rsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2274-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan, bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarini yo‘qotish yoxud yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2275-modda. Transport vositasini to‘xtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda to‘xtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2276-modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2277-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2278-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o‘tkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovni tuzatish, o‘rash, qayta o‘rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar va boshqa joylarni ochish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
2279-modda. Qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish
Bojxona organi tomonidan qo‘llanilgan qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22710-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya’ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22711-modda. Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini o‘tkazish uchun hudud va binoga kirishiga to‘sqinlik qilish
Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22712-modda. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida bo‘lib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22713-modda. Tovarlarni saqlash uchun qo‘yish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini buzish
Ushbu Kodeksning 2274, 2278, 2279 va 22711-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, tovarlarni saqlash uchun qo‘yishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash, xuddi shuningdek bojxona omborlarida va erkin omborlarda tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibiga va muddatlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22714-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, ya’ni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qo‘yish, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22715-modda. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Erkin bojxona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibni buzgan holda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22716-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar ularni qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22717-modda. Tovarlarni yo‘q qilish tartibini buzish
Tovarlarni yo‘q qilish tartibini buzish, ya’ni tovarlarni yo‘q qilishning, ularni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22718-modda. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik
Tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish va ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22719-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qo‘llanish tartibiga rioya qilmaslik
Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo‘llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo‘llanishning belgilangan tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22720-modda. Tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish
Ushbu Kodeks 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22721-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya’ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, ushbu Kodeksning 22722-moddasi va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22722-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 2277, 22710, 22719, 22720, 22721-moddalarida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22723-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22724-modda. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda bojxona organining ruxsatisiz foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22725-modda. Bojxona to‘lovlaridan g‘ayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, to‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, ushbu Kodeksning 22720-moddasi va 22721-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan noto‘g‘ri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu to‘lovlarni va boshqa haqni to‘liq bo‘lmagan hajmda qaytarganlik, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22726-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish
Bojxona to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
22727-modda. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “173” raqamidan keyin “1741” raqami bilan to‘ldirilsin, “227” raqami esa “2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi “227-moddasida” degan so‘zlar “227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining uchinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22715-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi 177-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summasining mavjudligi soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas”;
2) 4-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq bo‘lgan, muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 291-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“291-modda. Banklarning moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari bo‘yicha axborot taqdim etish majburiyati
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlari shart.
Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi, korxonaning to‘lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko‘zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son)
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi va o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“tovarni (ishni, xizmatni) iste’molchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan har qanday chora”;
2) 6-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “bahosi” degan so‘zdan keyin “(tarifi)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
3) 12-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga mo‘ljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi “tovar sifatini” degan so‘zlardan keyin “sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so‘rab oladilar;
iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko‘rsatma yuboradilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar”;
6) 27-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun:
yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega”;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi “yoxud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismidagi “yoki jarima solish haqidagi qarorning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
2) 11-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 41-moddaning birinchi qismidagi “ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shug‘ullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaxslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 42-modda chiqarib tashlansin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 353-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi O‘RQ-319-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 5-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi”;
o‘ninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 7-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 8-moddadagi “litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika o‘quv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi “saqlanganda ularni” degan so‘zlardan keyin “(xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“xo‘jalik yurituvchi subyektlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;
bojxona to‘lovlari va bunday to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlardan so‘zsiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismi:
3-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
8-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari hamda boshqa hisobvarag‘lari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”;
9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari bundan mustasno”;
10-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar-moddiy boyliklarini musodara qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 7-modda to‘rtinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar”;
6-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 26-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki topilgan;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”;
uchinchi qism tegishincha to‘rtinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 11-moddasining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
2) 91-moddaning:
birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan so‘zlar “sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisidagi “litsenziyani bergan organ tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Litsenziyani bekor qilish ushbu modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi O‘RQ-865-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan to‘ldirilsin:
“401-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qo‘llash
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi:
faoliyatni tugatish;
faoliyatni to‘xtatib qo‘yish, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno;
banklardagi hisobvarag‘lar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tadbirkorlik subyektining sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyani (ruxsatnomani) o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uning amal qilishini tugatish va litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevraldagi O‘RQ-676-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
33-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-oktabr,
O‘RQ-59-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son; 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)