Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.09.2006 yildagi O‘RQ-53-son
Дата вступления в силу
21.09.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni MIKROKREDIT TASHKILOTLARI TOʻGʻRISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Mikrokredit tashkiloti Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir. Mikrokredit tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli. Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shugʻullanishga haqli emas. 4-modda. Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikka muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. (4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. (4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 5-modda. Mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlari Mikrokredit tashkiloti taʼsis hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi. Mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak: (5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi; boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari toʻgʻrisidagi; mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarni shakllantirish manbalari toʻgʻrisidagi; mikrokredit tashkilotida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi. 6-modda. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablagʻlaridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablagʻlaridan shakllantirilgan boʻlishi kerak. 7-modda. Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” soʻz birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga oʻxshash boʻlmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “mikrokredit tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas. Mikrokredit tashkiloti oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan muhriga ega boʻlishi kerak. Muhrda ayni vaqtning oʻzida firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti oʻz nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqlidir. 8-modda. Mikrokredit tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Mikrokredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. (8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 9-modda. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. (9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi. 10-modda. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: litsenziya berish haqidagi ariza; (10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) (10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati. 11-modda. Litsenziya berishni rad etish Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin. (11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. (11-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 12-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda; (12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: mikrokredit tashkiloti toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda; mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilganda; (12-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan eʼtiboran olti oydan ortiq kechikkanda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan hollarda amalga oshiriladi. (12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida litsenziyasi mavjud boʻlgan mikrokredit tashkilotlari qoʻshib yuborilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. (12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda) Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi. Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi. (12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari Mikrokredit tashkiloti: qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini taʼminlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga; buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etishga; mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan soʻrab olishga; maqsadli mikrokredit oʻz vaqtida toʻlanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga; maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishga; mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga; mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablagʻlar jalb etishga haqli. Mikrokredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. (121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari Mikrokredit tashkiloti: buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻgʻrisida, shuningdek koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmat boʻyicha foiz stavkasi haqida toʻgʻri hamda toʻliq axborotni yozma shaklda xabar qilishi; shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi; shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi; belgilangan eng kam miqdordan past boʻlmagan ustav fondiga ega boʻlishi; moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi; qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi; (122-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) hisobotni belgilangan tartibda oʻz vaqtida taqdim etishi; tekshirish oʻtkazish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart. Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (122-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 13-modda. Mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi mumkin: mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish; qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi); qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan isteʼmol kreditlari berish. (13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti: qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga; jismoniy shaxslardan qarz mablagʻlarini jalb qilishga, bundan oʻz muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno; mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashga, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishga, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga; (13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari boʻyicha kafil boʻlishga yoki kafolat beruvchi boʻlishga, shuningdek ularga oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas. (13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 14-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarning manbalari Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatadi: oʻz mablagʻlari, shu jumladan olgan daromadlari; investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablagʻlar; banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari; xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablagʻlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. (14-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda: (15-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi; koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlaydi; mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi; (15-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan oʻtkazishga doir talablarni belgilaydi; mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi; mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undiradi; (15-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklaydi; mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi. (15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 151-modda. Ichki audit xizmati Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi. Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonunchilikka, taʼsis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yoʻli bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi. (151-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi. (151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) 16-modda. Mikrokredit tashkilotining filiallari Mikrokredit tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli. (16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) Mikrokredit tashkilotining filiali oʻz faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi Mikrokredit tashkilotlari oʻz qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari boʻyicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari aʼzolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari boʻyicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar boʻyicha sirni saqlashi shart. Maxfiy axborot oʻziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qoʻllaniladi. (161-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 17-modda. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 18-modda. Nizolarni hal etish Mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. (18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 19-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. (19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish (20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. 21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2006-yil 20-sentabr, OʻRQ-53-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) |
Закон Республики Узбекистан О МИКРОКРЕДИТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ Принят Законодательной палатой 28 июня 2006 года Одобрен Сенатом 25 августа 2006 года Статья 1. Цель настоящего Закона Целью настоящего Закона является регулирование отношений в области создания и деятельности микрокредитных организаций. Статья 2. Законодательство о микрокредитных организациях Законодательство о микрокредитных организациях состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о микрокредитных организациях, то применяются правила международного договора. Статья 3. Микрокредитная организация Микрокредитной организацией является юридическое лицо, осуществляющее деятельность по оказанию услуг в сфере предоставления микрокредита, микрозайма, микролизинга и оказывающее иные микрофинансовые услуги в соответствии с настоящим Законом. Микрокредитная организация вправе в установленном порядке открывать банковские счета на территории Республики Узбекистан. Микрокредитная организация не вправе непосредственно заниматься производственной, страховой, торгово-посреднической и иной деятельностью, не предусмотренной настоящим Законом. Статья 4. Создание микрокредитных организаций Микрокредитные организации могут быть созданы юридическими и (или) физическими лицами в любой организационно-правовой форме в соответствии с законодательством. Микрокредитные организации не могут быть созданы государственными органами, политическими партиями, профессиональными союзами религиозными организациями, другими микрокредитными организациями и ломбардами. (часть вторая статьи 4 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 5. Учредительные документы микрокредитной организации Микрокредитная организация действует на основании учредительных документов. Учредительные документы микрокредитной организации дополнительно к сведениям, установленным законодательством для определенных организационно-правовых форм юридических лиц, должны содержать следующие сведения: о деятельности по предоставлению микрокредитов, микрозаймов, микролизинга и оказанию иных микрофинансовых услуг; о структуре и полномочиях органов управления; об источниках формирования средств для предоставления микрокредитов, микрозаймов, микролизинга и оказания иных микрофинансовых услуг; о порядке проведения аудита микрокредитной организации. Статья 6. Уставный фонд микрокредитной организации Уставный фонд микрокредитной организации формируется из денежных средств, а также иного имущества, не превышающего двадцати процентов от размера уставного фонда данной организации. При формировании уставного фонда микрокредитной организации использование средств, полученных в кредит, под залог и других привлеченных средств не допускается. Минимальный размер уставного фонда микрокредитной организации должен быть сформирован только из денежных средств до дня обращения для получения лицензии. Статья 7. Фирменное наименование и печать микрокредитной организации Фирменное наименование микрокредитной организации должно содержать словосочетание «микрокредитная организация» и не быть похожим на фирменное наименование других микрокредитных организаций. Юридическое лицо, не отвечающее требованиям настоящего Закона, не вправе использовать в своем наименовании словосочетание «микрокредитная организация». Микрокредитная организация должна иметь печать, содержащую ее полное фирменное наименование на государственном языке и указание на место ее нахождения. В печати может быть одновременно указано фирменное наименование на другом языке. Микрокредитная организация вправе иметь штампы, бланки со своим наименованием и собственную эмблему. Статья 8. Государственная регистрация микрокредитных организаций Микрокредитные организации подлежат государственной регистрации в соответствии с законодательством. Статья 9. Лицензирование деятельности микрокредитной организации Микрокредитная организация осуществляет деятельность по оказанию микрофинансовых услуг после получения лицензии. (часть первая статьи 9 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Решение о выдаче или мотивированном отказе в выдаче лицензии микрокредитной организации принимается в течение тридцати календарных дней со дня обращения с заявлением о выдаче лицензии и предоставления документов, необходимых для получения лицензии. Статья 10. Документы, предоставляемые для получения лицензии Для получения лицензии микрокредитная организация должна предоставить в Центральный банк Республики Узбекистан или его территориальные управления следующие документы: заявление о выдаче лицензии; (часть третья статьи 10 исключена Законом Республики Узбекистан от 20 августа 2015 года № ЗРУ-391 — СЗ РУ, 2015 г., № 33, ст. 439) (часть четвертая статьи 10 исключена Законом Республики Узбекистан от 20 августа 2015 года № ЗРУ-391 — СЗ РУ, 2015 г., № 33, ст. 439) сведения о составе органов управления микрокредитной организации; документ банка, подтверждающий формирование уставного фонда микрокредитной организации. Статья 11. Отказ в выдаче лицензии Центральный банк Республики Узбекистан может отказать в выдаче лицензии микрокредитной организации в случаях несоответствия представленных документов требованиям, установленным законодательством, и наличия в них недостоверных или искаженных сведений. Решение об отказе в выдаче лицензии микрокредитной организации направляется заявителю в письменной форме с указанием причин отказа и срока, в течение которого заявитель, устранив указанные причины, может представить документы для повторного рассмотрения. При этом срок, указанный в решении об отказе в выдаче лицензии, должен быть соразмерным времени, необходимому для устранения недостатков. Повторное рассмотрение документов, представленных для выдачи лицензии микрокредитной организации, осуществляется в срок, не превышающий пятнадцати дней со дня получения заявления со всеми необходимыми документами. Заявление, поданное по истечении срока, указанного в решении об отказе в выдаче лицензии микрокредитной организации, считается вновь поданным. При повторном рассмотрении заявления о выдаче лицензии микрокредитной организации не допускается отказ в выдаче лицензии по новым основаниям, ранее не указанным в уведомлении об отказе. Решение об отказе в выдаче лицензии микрокредитной организации может быть обжаловано в суд в установленном законодательством порядке. (текст статьи 11 в редакции Закона Республики Узбекистан от 30 апреля 2013 года № ЗРУ-352 — СЗ РУ, 2013 г., № 18, ст. 233) Статья 12. Приостановление или прекращение действия лицензии, а также ее переоформление и аннулирование Решение о приостановлении действия лицензии принимается в случаях: нарушения микрокредитной организацией требований законодательства о микрокредитных организациях, в том числе лицензионных требований и условий; невыполнения микрокредитной организацией решений, обязывающих устранить выявленные в ее деятельности нарушения. Решение о прекращении действия лицензии принимается в случаях: наступления неплатежеспособности микрокредитной организации; систематического нарушения требований законодательства о микрокредитных организациях, установленных экономических нормативов и искажения отчетных данных; задержки осуществления деятельности по предоставлению микрофинансовых услуг более чем на шесть месяцев с момента выдачи лицензии. Решение о прекращении действия лицензии может приниматься и в иных случаях в соответствии с законом. Переоформление лицензии осуществляется в случаях преобразования микрокредитной организации, изменения ее наименования, местонахождения (почтового адреса) в порядке, предусмотренном законодательством. Переоформление лицензии допускается в случае слияния микрокредитных организаций, имеющих на дату государственной регистрации вновь возникшей микрокредитной организации лицензии. (статья 12 дополнена частью пятой Законом Республики Узбекистан от 18 апреля 2017 года № ЗРУ-429 — СЗ РУ, 2017 г., № 16, ст. 265) Лицензия аннулируется в случае установления факта получения лицензии с использованием подложных документов. Аннулирование лицензии не влечет признания недействительными ранее совершенных операций микрокредитной организации. (статья 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 121. Права микрокредитной организации Микрокредитная организация вправе: оказывать микрофинансовые услуги с условием обеспечения исполнения обязательств заемщиком или без такового в соответствии с договором; мотивированно отказать заявителю в оказании микрофинансовой услуги; запрашивать у заявителя документы, необходимые для оказания микрофинансовой услуги и исполнения обязательств по договору; требовать досрочного выполнения обязательств заемщиком в случае несвоевременной оплаты или использования целевого микрокредита не по назначению; оказывать консультационные и информационные услуги; устанавливать размер неустойки (штрафа, пени) за неисполнение или ненадлежащее исполнение обязательств заемщиками микрокредитной организации в соответствии с договором; привлекать средства для оказания микрофинансовых услуг в соответствии с настоящим Законом. Микрокредитная организация может иметь и иные права в соответствии с законодательством. (статья 121 введена Законом Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 122. Обязанности микрокредитной организации Микрокредитная организация обязана: сообщать в письменной форме заявителю достоверную и полную информацию о его правах и обязанностях, в том числе о последствиях неисполнения или ненадлежащего исполнения обязательств по договору, всех затратах, связанных с оказанием микрофинансовой услуги, а также о процентной ставке по оказываемой микрофинансовой услуге; оказывать микрофинансовые услуги в порядке и сроки, установленные договором; возмещать заемщику убытки, причиненные в результате неисполнения или ненадлежащего исполнения обязательств по договору; иметь уставный фонд не ниже установленного минимального размера; соблюдать правила проведения финансовых и кассовых операций, а также установленные экономические нормативы; вести бухгалтерский учет, отчетность и другую документацию в соответствии с законодательством; своевременно представлять отчетность в установленном порядке; обеспечивать представителям Центрального банка Республики Узбекистан, направленным для проведения проверки, доступ к документам и другим источникам информации о деятельности микрокредитной организации. Микрокредитная организация может нести и иные обязанности в соответствии с законодательством. (статья 122 введена Законом Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 13. Услуги, оказываемые микрокредитной организацией Микрокредитная организация может оказывать следующие виды микрофинансовых услуг: предоставление микрокредитов или микрозаймов; покупка и продажа долговых обязательств (факторинг); микролизинг (финансовая аренда), по которому микрокредитная организация выступает в качестве лизингодателя; оказание других видов микрофинансовых услуг, включая предоставление потребительских кредитов, в соответствии с законодательством. Микрокредитная организация может оказывать консультационные и информационные услуги, связанные с предоставлением микрокредитов, микрозаймов, микролизинга и оказанием иных микрофинансовых услуг. Микрокредитная организация не вправе: выпускать долговые обязательства и принимать вклады (депозиты) от юридических и физических лиц; привлекать заемные средства от физических лиц, за исключением учредителей (участников, собственников); начислять проценты, взимать комиссионные платежи и неустойку (штраф, пеню), применять иные меры ответственности по договорам оказания микрофинансовых услуг в сумме, составляющей более половины размера заимствования в год; (часть третья статьи 13 дополнена абзацем четвертым Законом Республики Узбекистан от 3 октября 2018 года № ЗРУ-494 — Национальная база данных законодательства, 04.10.2018 г., № 03/18/494/1992) выступать поручителем или гарантом по обязательствам своих учредителей (участников, собственников), а также предоставлять им иные способы обеспечения исполнения их обязательств. (часть третья статьи 13 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 14. Источники средств для оказания микрофинансовых услуг Микрокредитная организация предоставляет микрофинансовые услуги за счет: собственных средств, в том числе полученных доходов; средств, предоставленных инвесторами, в том числе иностранными, на основании инвестиционных договоров; кредитов банков и средств государственных целевых фондов; грантов и займов международных финансовых институтов, негосударственных некоммерческих организаций, в том числе иностранных; других источников, не запрещенных законодательством. Статья 15. Полномочия Центрального банка Республики Узбекистан по регулированию и надзору за деятельностью микрокредитных организаций Центральный банк Республики Узбекистан осуществляет регулирование и надзор за деятельностью микрокредитных организаций с целью поддержания стабильности финансовой системы, обеспечения защиты интересов заемщиков и кредиторов в соответствии с Законом Республики Узбекистан «О Центральном банке Республики Узбекистан». Центральный банк Республики Узбекистан в порядке, предусмотренном законодательством: устанавливает минимальный размер уставного фонда микрокредитных организаций, правила проведения финансовых и кассовых операций, ведения бухгалтерского учета и отчетности, а также экономические нормативы; утверждает порядок начисления процентов за оказываемые микрофинансовые услуги; проверяет деятельность микрокредитных организаций и дает обязательные для исполнения предписания об устранении выявленных в их деятельности нарушений требований законодательства о микрокредитных организациях; устанавливает требования к проведению аудита деятельности микрокредитной организации; устанавливает квалификационные требования к руководителю исполнительного органа микрокредитной организации; взыскивает штраф в размере до пяти процентов от собственного капитала в случае нарушения микрокредитной организацией требований законодательства о микрокредитных организациях и законодательства о противодействии легализации доходов, полученных от преступной деятельности, финансированию терроризма и финансированию распространения оружия массового уничтожения, а также установленных экономических нормативов. (абзац седьмой части второй статьи 15 в редакции Закона Республики Узбекистан от 12 октября 2021 года № ЗРУ-721 — Национальная база данных законодательства, 12.10.2021 г., № 03/21/721/0952) ограничивает проведение отдельных финансовых операций микрокредитной организации на срок до трех месяцев; приостанавливает или прекращает действие либо переоформляет и аннулирует лицензию микрокредитной организации. (статья 15 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 151. Служба внутреннего аудита В микрокредитной организации с балансовой стоимостью активов более одного миллиарда сумов решением высшего органа управления микрокредитной организации создается служба внутреннего аудита. Служба внутреннего аудита подотчетна только высшему органу управления микрокредитной организации. Руководитель и иные работники службы внутреннего аудита назначаются высшим органом управления микрокредитной организации. Служба внутреннего аудита осуществляет контроль и оценку работы исполнительного органа и филиалов микрокредитной организации путем проверок и мониторинга соблюдения ими законодательства, учредительных и других документов, обеспечения полноты и достоверности отражения данных в бухгалтерском учете и отчетности, установленных правил и процедур осуществления финансово-хозяйственных операций, а также сохранности активов. Служба внутреннего аудита осуществляет свою деятельность в соответствии с порядком, определяемым Центральным банком Республики Узбекистан. (статья 151 введена Законом Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 16. Филиалы микрокредитной организации Микрокредитная организация вправе создавать филиалы в порядке, установленном Центральным банком Республики Узбекистан. (часть первая статьи 16 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Филиал микрокредитной организации осуществляет свою деятельность на основании лицензии, выданной для микрокредитной организации. Статья 161. Конфиденциальность информации в микрокредитных организациях Микрокредитные организации гарантируют конфиденциальность информации по финансовым операциям и счетам своих заемщиков и кредиторов. Члены органов управления, работники службы внутреннего аудита и исполнительного органа микрокредитной организации обязаны хранить тайну по операциям и счетам микрокредитной организации, ее заемщиков, а также по операциям с кредиторами. За разглашение конфиденциальной информации лица, которым эта информация была доверена или стала известной в связи с выполнением ими служебных обязанностей, несут ответственность в установленном порядке. К микрокредитным организациям применяются правила, установленные законодательством о банковской тайне. (статья 161 введена Законом Республики Узбекистан от 29 декабря 2012 года № ЗРУ-345 — СЗ РУ, 2013 г., № 1, ст. 1) Статья 17. Реорганизация и ликвидация микрокредитной организации Реорганизация и ликвидация микрокредитной организации осуществляются в соответствии с законодательством. Статья 18. Разрешение споров Споры в области создания и деятельности микрокредитных организаций разрешаются в порядке, установленном законодательством. Статья 19. Ответственность за нарушение законодательства о микрокредитных организациях Лица, виновные в нарушении законодательства о микрокредитных организациях, несут ответственность в установленном порядке. Статья 20. Приведение законодательства в соответствие с настоящим Законом Кабинету Министров Республики Узбекистан: привести решения правительства в соответствие с настоящим Законом; обеспечить пересмотр и отмену органами государственного управления их нормативно-правовых актов, противоречащих настоящему Закону. Статья 21. Вступление в силу настоящего Закона Настоящий Закон вступает в силу со дня его официального опубликования. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 20 сентября 2006 г., № ЗРУ-53 (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2006 г., № 37-38, ст. 372; 2013 г., № 1, ст. 1, № 18, ст. 233; 2015 г., № 33, ст. 439; 2017 г., № 16, ст. 265; Национальная база данных законодательства, 04.10.2018 г., № 03/18/494/1992; 12.10.2021 г., № 03/21/721/0952) |