Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 24.08.2006 yildagi PQ-449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 24.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIShLOQ XOʻJALIGI UChUN MINITEXNOLOGIYALAR VA IXChAM USKUNALARNING XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN KOʻRGAZMA-SAVDOSINI OʻTKAZIShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalarni yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy, ilgʻor minitexnologiyalar va uskunalar bilan tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga va shu asosda qishloq xoʻjaligi xomashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashni taʼminlash, sifatli, raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Fermer xoʻjaliklari uyushmasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 21-oktabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrida “Oʻzekspomarkaz” MKK” OAJning koʻrgazma maydonlarida qishloq xoʻjaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilning 10-noyabridan boshlab “Oʻzekspomarkaz” MKK” OAJ hududida fermer va dehqon xoʻjaliklari, agrofirmalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalar uchun minitexnologiyalar va uskunalarning doimiy ishlaydigan koʻrgazma-savdosini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosiga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng koʻlamda jalb qilish va ularning ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Oʻzekspomarkaz” MKK” OAJning koʻrgazma maydonlari koʻrgazma ishtirokchilariga tekin berilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosi (“Uzbekistan Agrominitech Expo-2006”)ni oʻtkazishning mavzu-ekspozitsiya rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashkiliy qoʻmita (Sh.M. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda shu yilning 20-oktabrigacha Germaniya, Vengriya, Italiya, Belgiya, Avstriya va boshqa mamlakatlardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyalarni koʻrgazma-savdoda qatnashishga jalb etish boʻyicha faol reklama — axborot va tashkiliy ishlarni olib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining rahbarlari, shuningdek respublikaning barcha mintaqalaridagi agrofirma va fermer xoʻjaliklarining vakillari tomonidan koʻrgazmani borib koʻrish jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari va lizing kompaniyalari bilan birgalikda koʻrgazma doirasida import minitexnologiyalari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga taalluqli tematik seminarlarni 4-ilovaga* muvofiq tashkil qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrgazma qatnashchilari orasida tarqatish uchun chet ellarda ishlab chiqariladigan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning batafsil katalogini nashr etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari Savdo-sanoat palatasi hamda Fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha kichik korxonalar tomonidan ehtiyoj mavjud boʻlgan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning turlari boʻyicha takliflarni taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasiga 2 yilgacha boʻlgan muddatga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar namunalarini vaqtincha olib kirish rejimida keyinchalik ularni tuzilgan import yoki lizing shartnomalari asosida agrofirmalar va fermer xoʻjaliklariga sotilishiga sharoit yaratish uchun, istisno tariqasida, bojxona toʻlovlarisiz rasmiylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrgazma-savdolarda ishtirok etish maqsadida qishloq xoʻjaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib keluvchi kompaniyalar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), shuningdek mazkur minitexnologiyalar va uskunalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining talabnomalariga koʻra koʻrgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan tezkor rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladigan joylar va koʻrgazma ishtirokchilarining yashash joylarida toʻlov undirilmagan holda jamoat tartibi saqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-savdosi ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-449-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 342-modda)