06.02.2006 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIYMAT VA MODDIY BALANSLARNING TASDIQLANGAN PARAMETRLARI BAJARILISHINING SAMARALI MONITORINGI OLIB BORILISHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etilsinki, qayta-qayta koʻrsatmalar va topshiriqlar berilayotganligiga qaramay, qiymat va moddiy balanslarning tayyorlanayotgan loyihalari sifati va asoslanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, axborot-tahlil departamentlari, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tomonidan zarur darajada eʼtibor berilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlarning bunday ahvoli 2006-yilga neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, neft mahsulotlari resurslari va ularni taqsimlash balanslarini tasdiqlashda asosli tanbehlar berilishiga, shuningdek, 2006-yilda paxta tolasi ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini koʻrib chiqish choʻzilib ketishiga olib keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi ustidan nazorat qilish rasmiyatchilik tusini olmoqda, ularning bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash uchun iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlarning ahvoli yetarlicha tahlil qilinmayapti, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkorlik bilan zarur chora-tadbirlar koʻrilishi taʼminlanmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni tugatish, balanslar loyihalari sifatli tayyorlanishi uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish, qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining samarali monitoringi olib borilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2006-yilga neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, neft mahsulotlari resurslari va ularni taqsimlash, paxta tolasi ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslari loyihalari sifatli ishlab chiqilishi taʼminlanmaganligi uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri R. M. Mamadaliyevga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri vazifasini bajaruvchi Oʻ. I. Barnoyevga, Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi R. Sh. Akbarxoʻjayevga koʻrsatib oʻtilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi raisi A. A. Azizov, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi E. 3. Zikriyoyev, Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻ. Oʻ. Rozuqulov, Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari A. X. Salimov qatʼiy ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2006-yilga neft va gaz kondensati, tabiiy gaz, neft mahsulotlari resurslari va ularni taqsimlash, paxta tolasi ishlab chiqarish va yetkazib berish balanslari loyihalarini ishlab chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi 3. 3. Abrorovga, Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi T. A. Yoʻldoshevga hayfsan berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining yil choragi va oylik jadvallar asosidagi monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jadvallarga muvofiq qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishi har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari tomonidan koʻrib chiqilishi va ularni soʻzsiz bajarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik chora-tadbirlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jadvallarga muvofiq balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishini yilning har choragida (zarurat boʻlganda — har oyda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumida koʻrib chiqish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qiymat va moddiy balanslar parametrlari yil choragida va har oyda bajarilishining jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (Rozuqulov) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining har oylik monitoringini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi toʻgʻrisidagi tahliliy axborot qoloqlikning aniq sabablari koʻrsatilgan holda, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga doir takliflar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining yil choragi va oylik jadvallar asosidagi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari mudirlari va masʼul xodimlari qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari jadvallarga muvofiq oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R. V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 6-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
6-fevraldagi 16-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining yil choragi va oylik jadvallar asosidagi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishining yil choragi va oylik jadvallar asosidagi monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qiymat yoki moddiy balans tasdiqlangan kundan boshlab bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda yil choragi va oylar boʻyicha balans parametrlari bajarilishi jadvalini ishlab chiqadi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga taqdim etadi va u keyinchalik tegishli Kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot tahlil departamentlari jadval tasdiqlangan kundan boshlab ikki kun muddatda uni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalariga — balansni ijro etuvchilarga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari — moddiy va qiymat balanslarini ijro etuvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil choragi va oylik jadvallarga muvofiq qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qoloqlik sabablarini batafsil koʻrsatgan, mavjud muammolarni va ularni hal etishga doir takliflarni bayon etgan holda qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari jadvalga muvofiq bajarilishi toʻgʻrisida batafsil axborot taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari choraklik va oylik jadvallarga muvofiq bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini har oyda umumlashtiradi va tahlil qiladi, prognoz bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan mavjud muammolarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik jadvallar bajarilishini oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha, shuningdek, yil choraklari jadvallari bajarilishini oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda qoloqlikning aniq sabablarini, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga doir takliflarni koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga batafsil axborot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborotni koʻrib chiqadi va tahlil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 15-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tegishli rahbarlari koʻrib chiqishi uchun qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari oylik jadvallarga muvofiq bajarilishi toʻgʻrisidagi materiallar tayyorlanishini va kiritilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishidagi qoloqlikning sabablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining koʻrsatmalari boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari va mansabdor shaxslari ishtirokida muhokama qilinishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yil choragi jadvallari (zarurat boʻlganda — oylik jadvallar) bajarilishi toʻgʻrisidagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezidiumida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari bajarilishida qoloqlikka yoʻl qoʻyayotgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining majlisida ishtirok etishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qiymat va moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompleksi Rahbari huzuridagi kengashlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidiumi majlislarida koʻrib chiqilishi natijalari boʻyicha tasdiqlangan parametrlar soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻriladi, tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mansabdor shaxslarining javobgarligi darajasi belgilanadi.