Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.07.2006 yildagi PQ-407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 10.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

2006—2008 YILLARDA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA
XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotda xususiy mulk rolini oshirishga, xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini tubdan qisqartirishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, shuningdek korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiyalashga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning joylashtirilmagan aktivlari toʻlaligicha xususiy mulk qilib sotiladigan korxonalar va obyektlar roʻyxati, 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning joylashtirilmagan aktivlari 2006-2007-yillarda investorlar tomonidan olinadigan investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan korxonalar va obyektlar roʻyxati, 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav jamgʻarmasida joylashtirilmagan davlat aktivlari (xoʻjalik birlashmalarining ustav jamgʻarmalariga avval berilganlarini ham hisobga olgan holda) 2006—2008-yillar mobaynida Davlat tender komissiyasi qarori boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish bilan xususiy mulk qilib sotiladigan strategik ahamiyatga ega korxonalar roʻyxati, 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1, 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar, obyektlar hamda davlatga qarashli boshqa aktivlarni baholash, savdoga qoʻyish va sotish jadvallarini tasdiqlasin hamda oʻz vaqtida va tegishli ravishda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyalari Kengashi hamda yirik korxonalar balansiga beriladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari roʻyxati, 4-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulki birja savdolarida sotilgan holda tugatiladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari roʻyxati, 5-ilovaga* muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini balansdan balansga topshirish daromad (foyda) soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlatning safarbarlik va strategik zaxiralari moddiy boyliklarini saqlash topshiriqlari biriktirilgan korxonalarning davlat aksiyalari paketlari va ulushlarini sotishda ushbu vazifalarni shartnoma asosida bajarish majburiyati xususiylashtirilgan korxonalar zimmasida saqlanib qolishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi sudlarda, shu jumladan xoʻjalik sudlarida oʻz zimmasidagi vakolatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga 6-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 6 - ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 10-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-407-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 264-modda, 45-son, 441-modda; 2007-y., 29-30-son, 300-modda; 2010-y., 14-15-son, 102-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)