1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlaydigan umumiy huquqiy asoslarni shakllantirishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ushbu Qonun amal qiladigan soha
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilgʻi qazib olish, yoqilgʻi, issiqlik va elektr energiyasi (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi) hosil qilish, ularni qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash va sarflash (matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni sarflash deb yuritiladi) bilan bogʻliq faoliyati ushbu Qonun amal qiladigan soha hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasida huquqiy tartibga solish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qilish va uni sarflash chogʻida energiyadan samarali va ekologik jihatdan xavfsiz foydalanilishini taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni, arzonroq neft mahsulotlari, tabiiy gaz, koʻmir va boshqa turdagi tabiiy yoqilgʻilarni (matnda bundan buyon yoqilgʻi deb yuritiladi) qazib olish va hosil qilishni ragʻbatlantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qilish va uni sarflash miqdori hamda sifatini oʻlchash va hisobga olishning aniq, toʻgʻri, bir xil boʻlishini taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyaning samarali hosil qilinishi va sarflanishi hamda uning sifati ustidan, energetika asbob-uskunalarining, energiya bilan taʼminlash va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy holati ustidan davlat tekshiruvi hamda nazoratini amalga oshirishga qaratilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Standartlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hosil qiladigan va energiya sarflaydigan asbob-uskunalar hamda mahsulotga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlari belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ hujjatlarda energiya hosil qilish va uni sarflash chogʻida energiyadan samarali foydalanish koʻrsatkichlari, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi, hududlar, binolar va inshootlarni isitish, harorati va namligini bir xilda saqlab turish, havosini almashtirish, issiqlik, suv, gaz va elektr bilan taʼminlash, elektr bilan yoritish uchun energiya sarflash koʻrsatkichlari belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanishga doir normativ hujjatlar, texnikaviy qoidalar va normalar energiya hosil qiluvchilar va uni sarflovchilarning barchasi uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyaning sifati tegishli normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Standartlash obyektlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya, energiya hosil qiladigan va uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib beradigan asbob-uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish, yoʻlsozlik va qishloq xoʻjalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari, isitish, harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni almashtirish tizimlari, xalq isteʼmoli mollari, issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar va qurilish konstruksiyalari, texnologiya jarayonlari, shuningdek energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish uchun energiya sarfi koʻrsatkichlarining majmui hamda qiymati energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi standartlash obyektlaridir.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-116-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifati koʻrsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat tekshiruvi va nazorati Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi) hamda boshqa organlar zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 5-moddasida sanab oʻtilgan obyektlar uchun energiya sarflash normativlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoki u vakolat bergan organlar belgilaydi.
(7-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-116-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya sarflash normativlari energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlarning texnika pasportlariga, tuzatish-taʼmirlash va rejim varaqalariga, ulardan foydalanish yoʻriqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshootlarni isitish, ularning havosini almashtirish, harorati va namligini bir xilda saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari qurilish normalari va qoidalarida belgilab qoʻyiladi. Energiya sarflash normativlari har besh yilda qayta koʻrib chiqiladi va ilgʻor texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda oʻzgartirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Sertifikatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar normativ hujjatlarda koʻrsatilgan energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqlik boʻyicha majburiy sertifikatlashtiriladi:
(8-modda birinchi qism birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-116-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarni, shu jumladan roʻzgʻorda foydalanish uchun moʻljallangan asbob-anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga doir qismida tamgʻalashni normativ hujjatlarda koʻrsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-116-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hosil qilish va uni sarflash chogʻida, majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-116-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik taʼminlash energiya hosil qilish va uni sarflash chogʻida oʻlchashning bir xilligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchov vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-oʻlchov tizimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda tarmoqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchash uslublari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini taʼminlash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati “Oʻzstandart” agentligi zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi 2003-yil 25-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING DAVLAT BOSHQARUVI ASOSLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqa dasturlari hamda loyihalarini roʻyobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur boʻlgan energiya hosil qilishni va uni sarflashni barqarorlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qilish va uni sarflash rejimlarini eng maqbul darajaga keltirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya tejamli sarflanadigan asbob-uskunalar va energiya kam sarflanadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga taalluqli normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlarini kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya sifati, ishlab chiqarishning energiya sarflanishi jihatidan samaradorligi va mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energiya jihatidan samaradorligi tekshirib borilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarning, ishlab turgan va qayta qurilayotgan obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya samaradorligi yuqori boʻlgan loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun energiya jihatidan samaradorlik namoyish etiladigan zonalar barpo etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samarador va ekologik jihatdan sof texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni pagʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqadi hamda ularni roʻyobga chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya tejamli sarflanadigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni roʻyobga chiqarishda vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumati, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samarali texnika va mahsulotlar, ilgʻor texnologiya, bu sohadagi boshqaruv usullari va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish boʻyicha ikkilamchi energiya resurslari va chiqindilardan foydalanish boʻyicha loyihalar, shuningdek quyosh, shamol, suv oqimlarining tabiiy harakati energiyasi va boshqa energiya manbalaridan (matnda bundan buyon qayta tiklanadigan energiya manbalari deb yuritiladi) foydalaniladigan texnologiyalar roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologik jihatdan xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqaruvchi sanoat bazasi rivojlantirilishiga yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energetika tadqiqotlari va ekspertizalari sohasidagi faoliyatga litsenziya beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya sarflashning maxsus rejimini oʻrnatishga rozilik beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-uskunalarini ishlatish masalalari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisida xabardor qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar tegishincha aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish tashabbuskori boʻladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Hukumati, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar besh yil va undan uzoqroq muddat uchun ishlab chiqiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi va ustuvor hisoblanadi. Ularni roʻyobga chiqarish masʼuliyati tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Energetika tekshiruvlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash samaradorligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻi yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻisiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Energetika ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar, shuningdek ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi va energiya sarflanishi miqdorini baholash uchun energetika ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning, texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan oʻtkazish majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Energiyani hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan taʼminlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyani hisobga olish normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hisobi toʻgʻri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat berilgan boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hosil qilish va uni sarflash hajmi hamda uning tarkibiy tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Aniq maqsadga qaratilgan dasturlar va loyihalarni moliyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar va loyihalarni moliyalash energiya jihatidan samarali dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqarishdan foyda oladigan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan daromadlari, budjetdan tashqari aniq maqsadga qaratilgan fondlar, ichki va chet el investitsiyalari, budjet manbalari va boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Tarmoqlararo energiyani tejash fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan budjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash fondi (matnda bundan buyon energiyani tejash fondi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar energiyani tejash fondini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar berganlik uchun va fondning boshqa moliya-xoʻjalik faoliyatidan olinadigan foyda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalarni roʻyobga chiqarishdan olinadigan foydaning ulushi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Energiya hosil qiluvchilar va uning isteʼmolchilariga beriladigan imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yuridik va jismoniy shaxslarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalarni davlat imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalash boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalash, energiya jihatidan samarador asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan maxsus asbob-uskunalar, asboblar va materiallarni import qilganlik uchun bojxona bojlari va soliqlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha imtiyozlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini taʼminlagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardagidan kam boʻlgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻidan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va kapital mablagʻlar qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob-uskunalar, asboblar, issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar va konstruksiyalar, koʻplab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali mahsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek mazkur asbob-uskuna, asbob, material konstruksiya, mahsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanilishini taʼminlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq soliq boʻyicha imtiyozlar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya va issiqlik taʼminotini takomillashtirish, uy-joylar, kvartiralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan asboblar bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslik va energiya sarflashni kamaytirishga, isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, mahalliy yoqilgʻi turlari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni qoʻshimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablagʻlaridan dotatsiya berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya taʼminoti tashkilotlari jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu tashkilotlarning tarmoqlariga energiya taʼminoti tashkilotlari bilan kelishilgan, markazlashtirilgan energiya taʼminoti tarmoqlari va manbalarining eng oqilona ish rejimini taʼminlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga ega. Energiya taʼminoti tashkilotlari mazkur ishlab chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar boʻyicha oʻz tarmoqlariga qabul qilib olishni taʼminlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi loyihalar va dasturlarga muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilarni ishlatadigan energetika qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va issiqlik energiyasining narxlari ana shu qurilmalar qurilishiga ketgan kapital mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika resurslaridan samarali foydalanilishini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tartibda neft mahsulotlari, qozon-pech yoqilgʻisi uchun mavsumiy narxlar hamda elektr va issiqlik energiyasi uchun mavsumiy tariflar, shuningdek elektr energiyasi uchun sutkaning turli vaqtlari boʻyicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Energiyadan nooqilona foydalanganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini istisno etadigan ishlab chiqarish, mahsulot, ishlar va xizmatlarning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini taʼminlashlari shart. Bu talablar buzilgan taqdirda yuridik shaxslarga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyaning sifat koʻrsatkichlari buzilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyaning bevosita nobudgarchiligi asboblar yordamida yoki normativ usul bilan aniqlangan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlari normativ hujjatlarning talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya sarflanishini asbob yordamida hisobga olish buzilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, energiya taʼminoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulushi taʼminlanmagan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiya yetkazib beruvchilarning kelishmasdan energiya taʼminotini toʻxtatib qoʻyishi natijasida energiyadan foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ayirboshlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanishni taʼminlovchi qoʻshma davlatlararo loyihalarni respublikada roʻyobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlarini xalqaro standartlarning talablariga moslash, shuningdek sertifikatlash natijalarini oʻzaro eʼtirof etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Xalqaro shartnomalar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan xalqaro shartnomada ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 25-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 402-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)