20.06.2006 yildagi PQ-381-son
Hujjat 19.06.2017 sanasi holatiga
Hujjat 28.09.2020 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi PREZIDENTINING
Oʻzbekiston Respublikasi PREZIDENTINING
Qarori
Qarori
Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmogʻini tashkil qilishni takomillashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yoʻnaltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi kutubxonalarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OOʻMTVning Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi ixtiyoriga oʻtkazish yoʻli bilan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari huzurida axborot-resurs markazlarini tuzish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Respublika kutubxonasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek Toshkent shahar markaziy kutubxonasi negizida idoraviy jihatdan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga boʻysunuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Respublika kutubxonasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek Toshkent shahar markaziy kutubxonasi negizida idoraviy jihatdan Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga boʻysunuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam taʼlim olishi va mustaqil ravishda taʼlim olishiga koʻmaklashish;

milliy maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni keng koʻlamda targʻib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand boʻlishni taʼminlash, maʼnaviy boy va uygʻun kamol topgan shaxsning ijodiy oʻsishi uchun imkoniyat yaratib berish;

yangi axborot texnologiyalari (maʼlumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati koʻrsatish;

madaniy, taʼlim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun taʼlim muassasalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

3. Axborot-kutubxona markazlari zimmasiga:

aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, uning ilmiy, taʼlim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish;

kitobxonlarga anʼanaviy kutubxona xizmati koʻrsatishdan oʻz axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-taʼlim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yoʻli bilan axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishga oʻtishni taʼminlash;

universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqa) fondlarni shakllantirish, saqlash va foydalanish uchun berish;

yigʻma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va maʼlumot bazalarini yaratish;

joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy-metodik jihatdan taʼminlash vazifasi yuklansin.

4. Quyidagilar:
axborot-resurs tarmogʻi va axborot-kutubxona markazlari sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarini yaratish topshirigʻi 2-ilovaga* muvofiq;
respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2 va 3-ilovar berilmaydi.
5. Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash:
bir oy muddatda belgilangan tartibda kutubxonalarni, 4-ilovaga* muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OOʻMTVning Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi ixtiyoriga bepul oʻtkazishni hamda ular oqilona qayta tashkil etilishini;
* 4-ilova berilmaydi.
ikki oy muddatda barcha kutubxona fondlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun ekspert komissiyalari tuzilishini;
ikki oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini belgilab beruvchi tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilishini;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tanlov asosida malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari yuksak samara bilan faoliyat koʻrsatishini hamda aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol foydalana olishlarini taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Amalga oshirilgan ishlarning yakunlari toʻgʻrisida 2006-yilning 1-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga maʼlumot berilsin.
6. Belgilansinki, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari va homiylarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2007-yilning yanvaridan boshlab axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida elektron kutubxonalarni tashkil qilgan hamda ilgʻor axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda ushbu markazlarni kompyuterlashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2007-yilning yanvaridan boshlab axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida elektron kutubxonalarni tashkil qilgan hamda ilgʻor axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda ushbu markazlarni kompyuterlashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-resurs markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashishni taʼminlasin.

7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga:

axborot-kutubxona markazlarini belgilangan tartibda “ZiyoNET” axborot tarmogʻiga bosqichma-bosqich ulash va ularning resurslariga aholi keng qatlamlarining kirishini taʼminlash;

elektron kutubxonalar tizimini rivojlantirish, kutubxona axborot resurslarini tizimlashtirish vazifasi yuklansin.

8. 2006-2007 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat madaniyat instituti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat kadrlari hamda magistratura tegishli mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

bir oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga nisbatan qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

elektron darsliklar va kutubxonalar, multimedia tizimlari va dasturlari yaratilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
2006-yil 20-iyun,
PQ-381-son
PQ-381-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi
PQ–381-sonli qaroriga
1-ILOVA
Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari tarmogʻi sxemasi