| | | | |
|
4. Notarial idoralarning hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullarning fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari, hujjatlar va ulardan koʻchirmalar tayyorlab berganliklari uchun: | |||
| a) uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bogʻliq boʻlgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida | |
| b) kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini: | |||
| — mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun | — | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida | |
| — boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun | — | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida | |
| — xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kim oshdi savdosi orqali sotilganda shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — | 1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida | |
| Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi) va dala hovlilar uchun stavka turar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. Garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlar uchun stavka umumiy maydondan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. | |||
| v) garov, kafillik shartnomalarini va mikromoliyalashtirishni hamda ipoteka kreditini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — | shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida | |
| g) banklar bilan qarz oluvchilarning kredit boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida | |
| d) baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — | shartnoma summasining 1,0 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining kamida 20 foizi miqdorida | |
| e) mulkni boʻlish shartnomalarini, kafillik shartnomalarini (ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari) va baholanmaydigan boshqa bitishuvlarni tasdiqlaganlik uchun: | | ||
| jismoniy shaxslar uchun | — | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida | |
| tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlgan taqdirda | — | eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida | |
| j) nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida | |
| z) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | |
| i) merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun: | | | |
| — birinchi navbatdagi vorislarga | — | meros summasining 0,1 foizi miqdorida | |
| — ikkinchi navbatdagi vorislarga | — | meros summasining 0,5 foizi miqdorida | |
| — qolgan vorislarga | — | meros summasining 2 foizi miqdorida | |
|
Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida oʻtayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxoʻrlik tayinlangan kunda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli kadastr va koʻchmas mulk xizmati tomonidan belgilangan baholash maʼlumotlari hisobga olingan holda belgilanadi. | |||
|
k) mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema boʻyicha boj undiriladi: | |||
| Transport turi |
Foydalanish muddatiga qarab: | ||
| |
3 yilgacha boʻlganda |
3 yildan ortiq boʻlganda |
7 yildan ortiq boʻlganda |
|
1. Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi: |
| | |
|
a) yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobus, traktor, oʻzi yurar mashina uchun |
eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 7 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida |
|
b) chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun |
eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida |
|
2. Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun davlat boji stavkalari |
eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 3 foizi miqdorida |
eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida |
|
Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning koʻp summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi. | |||
| Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: | |||
| er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar oʻrtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; | |||
| bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun boj belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi; | |||
|
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga koʻra va davlat notariusining topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan belgilanadi. | |||
| l) quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun: | | | |
|
— ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun |
— | eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida | |
|
— avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun |
— |
eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida | |
|
— avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun |
— |
eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida | |
| m) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun | — |
eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | |
| n) meros mulkni muhofaza qilish choralarini koʻrganlik uchun | — |
eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida | |
| o) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun | — |
har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida | |
| p) ijro xatlari yozib berganlik uchun | — |
undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda | |
|
Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi boʻyicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan toʻlanmagan toʻlovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi. | |||
| r) hujjatlarning nusxalari va ulardan koʻchirmalarning toʻgʻriligini tasdiqlaganlik uchun: | | ||
| jismoniy shaxslar uchun | — | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida | |
| yuridik shaxslar uchun | — | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida | |
| shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun | — | har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | |
| s) hujjatlardagi yozuvlarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun: | | | |
| jismoniy shaxslar uchun | — | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida | |
| yuridik shaxslar uchun | — | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida | |
| t) notarial idoralarda mavjud boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida | |
| u) banklarda hisob raqamlari ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun | — | eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida | |
|
f) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial ishlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “u” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno. |
— | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida | |
|
Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji 2 baravar miqdorida undiriladi (ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlashdan tashqari), shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bogʻliq amalda sarflangan xarajatlar toʻlanadi. | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.06.2006 yildagi 109-son
Дата вступления в силу
07.06.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
|
Hujjat 07.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NOTARIAL IShLARNI BAJARGANLIK UChUN DAVLAT BOJI STAVKALARI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Notariat faoliyatini yanada takomillashtirish, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlarni notarial tasdiqlashda yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlarini kamaytirish, tadbirkorlikni yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turar joy bozori rivojlanishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandiga oʻzgartirishlar kiritilsin va u ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-iyun,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 207-modda)