Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 01.06.2006 yildagi PQ-363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 21.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDA RESPUBLIKA MAQSADLI KITOB JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni moliyaviy mablagʻlarni birlashtirish yoʻli bilan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan chop etish va yetkazib berish barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash, shuningdek ulardan maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, “Kamolot” Oʻzbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika “Mahalla” hayriya jamgʻarmasi, Umumtaʼlim maktablarining pedagoglar jamoatchiligi va oʻquvchilarning ota-onalari qoʻmitalarining yuridik shaxs maqomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarini darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va oʻqituvchilarini chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan budjet va homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablagʻlari, darsliklarning ijara toʻlovlarini jamlash, ushbu mablagʻlardan samarali foydalanishni tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari kutubxona fondlari, shu jumladan, ijara tizimi asosida darsliklar bilan oʻquvchilarni taʼminlash uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari va oʻqituvchilarini taʼminlash uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni bepul asosda moliyalashtirish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga qisqa muddatli maqsadli ssuda ajratish yoʻli bilan koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari tushumi, ulardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan monitoringni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi unga quyidagi asosiy vazifa va funksiyalarni yuklagan holda 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan keyingi oʻquv yili uchun taqdim etilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrdan chiqarish va sotish kvotalarini tasdiqlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning foydalanish manba va yoʻnalishlari boʻyicha daromad va xarajatlarning prognoz parametrlari, shuningdek Jamgʻarma ijroiya direksiyasi tomonidan kiritiladigan Jamgʻarma tushumlari va mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi faoliyatini Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish qismida nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi ijroiya direksiyasining tashkiliy tuzilmasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 11 nafar, va uning hududiy boʻlinmalarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalarida va Toshkent shahrida xodimlarning chegaralangan soniga 2-ilovaga* muvofiq yana qoʻshimcha 1 kishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartib-qoidalari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tavsiyasi bilan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri bilan kelishib, Jamgʻarma ijroiya direksiyasining tashkiliy tuzilmasiga, tasdiqlangan umumiy xodimlar soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darsliklarni ijaraga berishdan tushadigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik yordamlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ijara tizimini tadbiq etish boʻyicha tajriba doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ochilgan maktablarning maxsus depozit subhisob raqamlarida toʻplangan mablagʻlarni belgilangan tartibda Jamgʻarmaga oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda birinchi sinf oʻquvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini, kam taʼminlangan oilalarning bolalarini mazkur xarajatlarni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish orqali darsliklar bilan bepul taʼminlash, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi taʼminlash tizimiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma yagona ijtimoiy toʻlov hamda bojxona toʻlovlarini hisobga olmagan holda budjetga tushadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlardan ozod etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 1-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
363-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2006-yil 1-iyundagi 363-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda jamgʻarma) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari, Jamgʻarmani boshqarish tartibi, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma respublika umumtaʼlim maktablari, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxona fondlari uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar kutubxona jamgʻarmalarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan maqsadli moliya resurslarini jamlaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasi jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga, shuningdek oʻz nomi yozilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga ega.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Jamgʻarmaning maqsadi va asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma faoliyatining maqsadi budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobiga moliyaviy mablagʻlarni birlashtirish yoʻli orqali umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondlari uchun darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxona fondlari uchun chet tillari boʻyicha darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni barqaror va muttasil moliyalashtirishni taʼminlash hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlashga qaratilgan budjet va homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari, darsliklar uchun belgilangan ijara toʻlovlarini jamlaydi, ushbu mablagʻlarni samarali boshqarishni tashkil etish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish va yetkazib berish, shu jumladan oʻquvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan taʼminlashni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari va oʻqituvchilarini taʼminlash uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni bepul asosda moliyalashtirish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi tashkilotlariga darsliklarni ochiq savdosini rivojlantirishida qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma moliyalari kirimlari, ularni maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Jamgʻarmani boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi Jamgʻarma Vasiylik kengashi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Vasiylik kengashining yigʻilishlari zaruriyat tugʻilganda, ammo yiliga kamida ikki marotaba oʻtkaziladi. Jamgʻarmada kredit va grantlari jamlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari vakili Vasiylik kengashi yigʻilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma Vasiylik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan keyingi oʻquv yili uchun taqdim etilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrdan chiqarish va sotish kvotalarini tasdiqlash. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrdan chiqarish va sotish kvotalari taqdim etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun manfaatdor vazirliklar, muassasalar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma kirim va chiqimlarining manbalar va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taxminiy parametrlarini, shuningdek Jamgʻarma ijroiya direksiyasi kiritgan Jamgʻarmaga mablagʻning tushishi va sarflanishi yuzasidan hisobotini tasdiqlash;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi faoliyatini, jumladan, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darsliklar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va toʻlash tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darsliklar uchun yillik ijara toʻlovi hajmini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga xorijiy kredit va grantlarni jalb qilishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma ijroiya direksiyasi Jamgʻarmaning ijrochi organi boʻlib, joriy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Jamgʻarma faoliyati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi xarajatlari budjet tashkilotlari uchun oʻrnatilgan tartibda Vasiylik kengashi tasdiqlagan smeta xarajatlariga asosan, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarma ijroiya direksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmasining Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari yillik balansini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma kirim va chiqimlarining taxminiy parametrlarini, shuningdek, Jamgʻarma Vasiylik kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish uchun ularning bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablarining ayrim toifadagi oʻquvchilarini bepul taʼminlash uchun darsliklar sotib olish va yetkazib berish, shuningdek ijaraga berishga moʻljallangan darsliklarni yangilash xarajatlarini budjet va ijara mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari va oʻqituvchilarini bepul taʼminlash uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berish xarajatlarini Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari hisobiga darslik ijarasi uchun ota-onalardan kelib tushgan mablagʻlarni yuqori qimmatli va ishonchli aktivlarga aylantirish yoʻli bilan umumlashtirib boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash boʻyicha moliya va xalq taʼlimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini oʻrganish asosida ularning aylanma mablagʻlarini vaqtinchalik toʻldirish uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni xarid etilishi va yetkazib berilishi moliyalashtirilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish;
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalariga ajratilgan ssudalardan samarali foydalanish va qaytarilishini taʼminlash boʻyicha monitoring olib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarmaning ijrochi direktori Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Jamgʻarma mablagʻlari manbaalarining shakllanishi va jamlanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarma mablagʻlarining shakllanish manbaalari quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darsliklarning ijara toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
grantlar, kreditlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning homiylik yordamlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning erkin mablagʻlarini vaqtinchalik joylashtirilishidan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyinchalik foydalanishga yaroqsiz boʻlgan darsliklarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, yaʼni ularni makulatura qabul qilish punktlariga topshirishdan olinadigan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
va boshqa qonunda taʼqiqlanmagan tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasi hisob-kassa markazidagi yagona gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlarni Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi hisobiga qoʻshish orqali toʻplanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Jamgʻarmaning istiqbol daromad va xarajatlarini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Istiqbol tushumlar loyihasini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish keyingi yilga davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga tegishli qismida) hamda Xalq taʼlimi vazirligi zarur darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi boʻyicha umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari kutubxona fondlarini har yili inventarizatsiya qilish hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va oʻqituvchilarining darsliklar bilan taʼminlanganligini oʻrganish asosida keyingi kalendar yili uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga boʻlgan ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlarini chakana savdo tarmogʻi orqali, kutubxona fondi hisobidan bepul taʼminlanish va ijara asosida taʼminlanish kesimida har yili 1-iyunga qadar Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasiga taqdim etish. Bunda keyingi kalendar yili uchun oʻquvchilarning istiqbol kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan aniqlanadi va keyingi oʻquv yili uchun predmetlar boʻyicha taʼlim tili, nomi, sinflar va kurslar kesimida darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqarish va sotishga prognoz kvotalar shakllantirilgandan soʻng Jamgʻarmaga taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ijroiya direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan hamkorlikda har yili 1-iyulga qadar keyingi kalendar yil uchun Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari istiqbol parametrlarini ishlab chiqadilar va Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarma daromadi va xarajatlarining prognoz parametrlari keyingi yil uchun davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan soʻng 5 kun ichida Jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarf qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jamgʻarma mablagʻlari faqat quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan kvotalarga asosan budjet mablagʻlari hisobidan chop etilishi va qayta chop etilishi moʻljallangan darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni xarid etish va yetkazish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishga;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir umumtaʼlim maktabi boʻyicha shakllantirilgan kvota asosida va ijara toʻlovlaridan tushgan mablagʻlar doirasida ijara tizimi uchun darsliklarni xarid qilish va yetkazib berish shartnomalariga toʻlovlarni amalga oshirishga;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlari hisobidan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari hamda oʻqituvchilarini bepul taʼminlash uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish hamda yetkazib berish xarajatlarini moliyalashga;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdo korxonalari uchun ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirishga maqsadli ssudalar ajratishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarmaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlariga koʻra amalga oshirilgan boshqa operatsion xarajatlarni qoplashga.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jamgʻarma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maktab kutubxonalarini darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashga mablagʻlar ajratadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi sinf oʻquvchilari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara tizimi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berish xarajatlarini toʻlash uchun.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan mablagʻlarni (shu jumladan, nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi korxonalari, shuningdek darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagani uchun jarimalar va/yoki penyalarni qoʻllashdan olingan mablagʻlar)ni sarflash taqiqlanadi va mazkur mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytarilishi lozim.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xaridlar boʻyicha tasdiqlangan kvotalariga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish uchun buyurtmalarni tanlov asosida joylashtiradi. Bunda darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni umumtaʼlim maktablariga yetkazib berish “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish va yetkazib berish uchun buyurtmalarni tanlov asosida joylashtirishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish va yetkazib berish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha xarajatlarni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Chakana savdo tarmogʻi orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun taqsimlangan ham kvotalariga ega boʻlgan nashriyotlar, bosmaxonalar va kitobsavdo korxonalariga aylanma jamgʻarmalari yetmay qolgan taqdirda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan tartib asosida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ssudalar ajratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Darsliklar boʻyicha hisob va hisobot hamda Jamgʻarmaga ijara toʻlovlaridan mablagʻlarning kelib tushishi ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22.Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar boʻyicha buxgalterlik hisobi va hisoboti umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari tomonidan olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumtaʼlim maktablari tomonidan darsliklarning ijara haqi toʻlovlari va boshqa tushumlar boʻyicha ham hisob va hisobot olib boriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ijroiya direksiyaning hududiy vakillari talabnomalari boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalari umumtaʼlim maktablari yoki xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlarining mos hisob raqamlaridan koʻchirmalar taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ijroiya direksiyaning hududiy vakillari:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududdagi tuman va shahar maktablari boʻyicha ijara tizimining yuritilishi ustidan ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara toʻlovlari tushumlarining monitoringini olib boradi, hisobotlarni roʻyxatga oladi va yigʻadi hamda xalq taʼlimi hududiy organlari bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga buyurtmalarni umumlashtiradi;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun chet tili boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarga buyurtmalarni umumlashtiradi;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara tizimini ishlatilishi masalalari boʻyicha gʻaznachilik boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ulardan hududlar va maktablar kesimida ijara toʻlovlari tushumlari boʻyicha aniq hisobotlarni muntazam olib turadi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati yuzasidan Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga doimiy ravishda hisobot berib boradi.
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillari har yarim yilda bir marotaba tegishli hududlar boʻyicha darsliklar harakati va saqlanishi toʻgʻrisida umumlashtirilgan hisobotlarni, hisobotdan keyin keluvchi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasiga taqdim etishadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamgʻarma ijroiya direksiyasi buxgalterlik hisobini yuritadi va Jamgʻarma hisob raqamlari boʻyicha pul mablagʻlari harakatlari haqida hisobotlar tuzadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Jamgʻarma har yili Jamgʻarmaning hisob raqamlarini mustaqil auditorlik tekshiruvidan oʻtkazadi va hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida chop etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni xarid qilish uchun Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga yuklatiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ijara haqlarini toʻliq hisoblanishi va toʻlovlarining yigʻilishi, oʻz vaqtida naqd pul tushumlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrnatgan tartiblar asosida bank muassasalariga topshirish boʻyicha javobgarlik umumtaʼlim maktablari hamda xalq taʼlimining joylardagi boshqaruv idoralari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xalq taʼlimining hududiy boshqaruv idoralari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning oʻz vaqtida va talab darajasida yetkazilishi boʻyicha nazorat olib boradilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ijara haqi toʻlovlari tushumlarini, darsliklarning oʻrnatilgan tartibda saqlanishi va foydalanilishini taʼminlash, shuningdek maktablar tomonidan darsliklar va ijara haqlari boʻyicha dastlabki hisob-kitob hujjatlarining yuritilishini nazorat qilish tegishli hududiy xalq taʼlimi va moliya organlari hamda Jamgʻarmaning ijroiya direksiyasi hududiy vakillari tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tillari boʻyicha darsliklarning oʻrnatilgan tartibda saqlanishi va foydalanilishini taʼminlash, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari tomonidan ularning hisobini yuritishga oid dastlabki hujjatlarni nazorat qilish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli hududiy boshqarmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ-1967-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 21-son, 268-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 204-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda, 22-23-son, 220-modda; 52-son, 561-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2013-y., 21-son, 268-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)