ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Suv omborlari va ularga tutash hududlardagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.11.2026 yildagi 609-son

Nizom suv omborlari va ularga tutash hududlardagi bo‘sh turgan  qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida turizm xizmatlarini tashkil etish, turistik va rekreatsiya obyektlarini joylashtirish tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, bunda turizm xizmatlarini tashkil etish quyidagi majburiy talablar asosida yo‘lga qo‘yiladi:
 
qutqaruv xizmatini tashkil etish yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan shartnoma asosida navbatchilik xizmatini yo‘lga qo‘yish;
 
kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish;
 
turizm obyektlarida hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va boshqalar.
 
Turizm xizmatlarini tashkil etishda raqamli xaritalar, onlayn bron qilish tizimlari va QR-kodli navigatsiya vositalari va boshqa raqamli infratuzilma joriy etiladi.
 
Turizm obyektlarini joylashtirishda suvni muhofaza qilish zonalari, sanitariya muhofaza qilish zonalari, sel va ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan hududlar inobatga olinadi.
 
Turizm xizmatlarini tashkil etish uchun yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratiladi.