ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
“Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.09.2026 yildagi PF-190-son

Farmonga ko‘ra, 2027 yil yakuniga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalaridan foydalangan holda Milliy statistika qo‘mitasida (Qo‘mita):
 
aholining statistik registrini shakllantirish va quyidagi shartlarni taʼminlash orqali aholi sonini hisoblash va eʼlon qilib borish amaliyoti joriy etiladi:
 
davlat organlarining aholiga oid maʼlumotlar bazalari o‘zaro muvofiqlashtiriladi va maʼlumotlarni doimiy yangilab borish uchun aholining statistik registriga integratsiya qilinadi;
 
aholining statistik registri “Kiberxavfsizlik markazi” DM tomonidan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilib, tegishli xulosa olinganidan so‘ng amaliyotga joriy etiladi va axborot tizimi xavfsizligi doimiy tartibda monitoring qilib boriladi;
 
aholining statistik registridan alohida ruxsat berilgan xodimlar tomonidan faqat statistik maqsadlarda jamlanma statistik maʼlumotlarni shakllantirish uchun foydalaniladi. Bunda mazkur registrda yuritiladigan individual maʼlumotlardan davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi;
 
qishloq xo‘jaligining statistik registri shakllantiriladi va undagi maʼlumotlarning doimiy ravishda yangilab borilishi taʼminlanadi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
 
barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar faoliyatini yagona yondashuv asosida muvofiqlashtirish, maʼlumotlar sifatini taʼminlashning institutsional salohiyatini oshirish;
 
xalqaro standartlar va zamonaviy statistik modellarga muvofiq statistika uslubiyatlarini takomillashtirish;
 
raqamli transformatsiya, hisobot yukini kamaytirish va maʼlumotlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqalar.
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida biznesni ro‘yxatga olish 2026 yil 1 oktyabr holatiga 2026 yil 15 oktyabr 30 noyabr sanalarida o‘tkaziladi.
 
2027 yil 1 yanvardan statistika organlari tomonidan har chorakda o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuvlar uchun mikrofirmalar va kichik korxonalar yilda faqat 1 marotaba tanlab olinishi mumkin.