ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.09.2026 yildagi O‘RQ-1173-son

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga hujjatlar:
 
qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda jo‘natilganidan so‘ng 30 kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
 
Elektron tijorat ishtirokchilari hamda operatorlari turli davlatlar hududida joylashgan va ulardan biri O‘zbekiston hududida joylashgan holda amalga oshiriladigan elektron tijorat turi transchegaraviy elektron tijorat hisoblanadi.
 
Quyidagilar bo‘yicha sotuvchi asosiy javobgar hisoblanadi:
 
elektron tijorat operatorining axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma yuzasidan o‘zining faoliyati bo‘yicha majburiyatlarining ijro etilishi;
 
xaridorga sifatsiz tovar (ish, xizmat) yetkazib berilishi yoki nomaqbul sifatli nooziq-ovqat tovari almashtirilishi natijasida kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha.
 
Sotuvchi tomonidan xaridorning qonuniy talablarini qanoatlantirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, basharti shartnoma shartlarida yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat operatori xaridor oldida subsidiar javobgar bo‘ladi.